Kompyuter injinerligi



Yüklə 28,88 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü28,88 Kb.
#81736
Fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beruvchi dasturiy vositalar orqali fizikaviy jarayonlarni modellash


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZIMI NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


UNVIRERSITETI


FARG’ONA FILIALI

KOMPYUTER INJINERLIGI” FAKUL’TETI


FIZIKA” FANIDAN

TABIY FANLAR “KAFEDRASI




IQTIDORLI TALABASI


Muhtorov Nodirbekning
«FIZIKA»


Fanidan


R E F E R A T

MAVZU : FIZIKAVIY JARAYONLAR MODELASHTIRISH




IMKONIYATINI BERUVCHI DASTURIY VOSITALAR ORQALI FIZIKAVIY


JARAYONLARNI MODELASHTIRISH


TOPSHIRDI: N.Muhtorov
QABUL QILDI: P.MAVLONOV

REJA:



  1. Jarayonlarni modellashtirish.



2. Iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish.


3. Fizik jarayonlarni modellashtirish. 

Mavzunnig maqsadi: Modellashtirishni o‘rgatish 
   
Model (lot.modulus o‘lchov, meyyor) biror ob‘yekt yoki ob‘yektlar tizimining obrazi yoki 
namunasidir. 
Masalan, Yerning modeli-globus,osmon va undagi yulduzlar modeli -planyetariy ekrani,pasportdagi 
sur‘atni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.

Insoniyatning farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish,tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash 


muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan.Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini 
o‘rganishi tabiiy holdir. 
Aniq fan sohasi mutahassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan hossalarinigina 
o‘rganadi. Masalan, geologlar Yerning rivojlanish tarixini, ya‘ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar 
yashaganligi, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma 
konlarini topishlarida yordam beradi.Lekin ular Yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini 
o‘rganishmaydi-bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi. 
Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma‘lumotlar olinishi mumkin. 
Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va 
boshqalarga halaqit etmaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model 
ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur. 
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tajriba 
o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijasining aniqligiga ta‘sir etadi. 
Modellashtirish-bilish ob‘yektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida 
tadbiq qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir. 
Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini 
yengillashtiradi, ba‘zi hollarda esa murakkab ob‘yektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. 
Mavhum ob‘yekt, olisda joylashgan ob‘yektlar, juda kichik hajmdagi ob‘yektlarni o‘rganishda 
modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashterish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod 
fanlarida ob‘yektning faqat ma‘lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. 
Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik, va 
biologik guruhlar. Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar 
kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajerlar va shu 
kabilar kiritiladi. 
Modellarning mazmuni bilan qiskacha tanishib chiqamiz. 
1. Fizik model. Tekshiralayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, 
ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, 
kema, avtomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘ladi. 
2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi, vazifasiga oid 
qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma‘lumotlariga ko‘ra 
yoki mantiqiy asosda tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi. 
3. Biologik modellar Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati 
kabilar tajriba asosida o‘rganiladi. Biologik modelda har hil usullar genetik apparatga ta‘sir qilish, 
mikroblar yuqtirish, ba‘zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo‘lgan garmonlarni kiritish 
va boshqa usullar qo‘llaniladi. bunday modellarda genetika, fiziologiya, farmakologiya sohasidagi bilimlar 
tadbiq qilinadi. 
4. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy 
vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir. 
5. Iqtisodiy model taxminan XVIII asrdan qo‘llanila boshlandi. F.Kenening ‗‘Iqtisodiy jadvallar‘‘ 
ida birinchi marta ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini ko‘rsatishga harakat qilingan. 
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har hil modellaridan 
foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq ho‘jaligi modellari yordamida 
tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste‘mol, 
jamg‘armalar, investisiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish 
uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq ho‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy 
tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarini tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi. 
Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning 
matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma‘lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy 
asosda tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi.
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyutyerda o‘rganish tekshirilayotgan biologik 
jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, bunday 
jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish va o‘tkazish ba‘zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi. 
Matematik modellashtirish aniq fanlardagi turli amaliy masalalarini yechishda muvaffaqiyat bilan 
qo‘llanib kelinmoqda. Matematik modellashtirish uslubi masalani xarakterlaydigan u yoki bu kattalikni 
miqdor jihatdan ifodalash, so‘ngra bog‘liqligini o‘rganish imkoniyatini beradi. 
Uslub asosida matematik model tushunchasi yotadi. 
Matematik model deb o‘rganilayotgan ob‘yektni matematik formula
yoki algoritm 
ko‘rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog‘lanishga aytiladi. 
Kompyuter ixtiro etilgandan so‘ng matematik modellashning ahamiyati keskin oshdi. Murakkab 
texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish, so‘ngra ularni kompyuterlar yordamida tatbiq etishning 
haqiqiy imkoniyati paydo bo‘ldi. Endilikda ob‘ek, ya‘ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi 
matematik model ustida tajriba o‘tkazila boshlandi. 
Kosmik kemalarning harakat trayektoriyasi, murakkab muhandislik inshootlarini yaratish, transport 
magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan ulkan hisoblashlarning 
kompyutyerda bajarilishi matematik modellash uslubining samaradorligini tasdiqlaydi. 
Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini o‘tkazish haqiqiy ob‘yektni tajribada tadqiq 
etish mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda o‘tkaziladi. 
Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy ob‘yekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda juda 
aniq emasligini ham hisobga olish kerak. Lekin shunday misollarni keltirish mumkinki, kompyutyerda 
o‘tkazilgan hisoblash tajribasi o‘rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona 
manbai bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, faqat matematik modellashtirish va kompyutyerda hisoblash 
tajribasini o‘tkazish yo‘li bilan yadroviy urushning iqlimga ta‘siri oqibatlarini oldindan aytib berish 
mumkin. Kompyuter yadro qurolli urushda mutlaq g‘olib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Kompyuterli tajriba Yer 
yuzida bunday urush oqibatida ekologik o‘zgarishlar, ya‘ni haroratning keskin o‘zgarishi, atmosferaning 
changlanishi, qutblardagi muzliklarning erishining ro‘y berishi, xatto, Yer o‘z o‘qidan chiqib ketishi 
mumkinligini ko‘rsatadi. 
Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modelashtiriladi. 
Matematik model tashqi dunyoning matematik belgilar bilan ifodalangan qandaydir hodisalar sinfining 
taqribiy tavsifidir. Matematik model tashqi dunyoni bilish, shuningdek, oldindan aytib berish va 
boshqarishning kuchli uslubi hisoblanadi. 
Matematik modelni tahlil qilish o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatiga singish imkoniyatini beradi. 
Hodisalarni matematik model yordamida o‘rganish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. 
Birinchi bosqich—modelning asosiy ob‘yektlarini bog‘lovchi qonunlarni ifodalash. 
Ikkinchi bosqich—modeldagi matematik masalalarni tekshirish. 
Uchinchi bosqich—modelning qabul qilingan amaliyot mezonlarini qanoatlantirishni aniqlash. 
Boshqacha aytganda, modeldan olingan nazariy natijalar bilan olingan ob‘yektni kuzatish natijalari mos kelishi masalasini aniqlash. 
To‘rtinchi bosqich—o‘rganilayotgan hodisa haqidagi ma‘lumotlarni jamlash orqali modelning 
navbatdagi tahlilini o‘tkazish va uni rivojlantirish, aniqlashtirish. 
Shunday qilib, modellashtirishning asosiy mazmunini ob‘yektni dastlabki o‘rganish asosida modelni 
tajriba orqali va nazariy tahlil qilish, natijalarni ob‘yekt haqidagi ma‘lumotlar bilan taqqoslash, modelni 
tuzatish (takomillashtirish) va shu kabilar tashkil etadi. 
Matematik model tuzish uchun, dastlab masala rasmiylashtiriladi. Masala mazmuniga mos holda 
zarur belgilar kiritiladi. So‘ngra kattaliklar orasida formula yoki algoritm ko‘rinishida yozilgan funksional 
bog‘lanish hosil qilinadi. 
Aytib o‘tilganlarni aniq misolda ko‘rib chiqamiz. 
O‘ylagan sonni topish masalasi (matematik fokus). Talabalarga ixtiyoriy sonni o‘ylash va u bilan 
quyidagi amallarni bajarish talab etiladi: 
Olib boruvchi biroz vaqtdan so‘ng talaba o‘ylagan sonni topishi mumkiligini ta‘kidlaydi. 
Ravshanki, talaba o‘ylagan son matematik fokusga mos model yordamida aniqlanadi. 

Masalani rasmiylashtiramiz: X-o‘quvchi o‘ylagan son, U-hisoblash natijasi, N-sana, M-joriy yil. 


Demak, olib boruvchining ko‘rsatmalari: 
Uq(X5QN) 2QM 
formula orqali ifodalanadi. 
Ushbu formula masalaning (matematik fokusning) matematik modeli bo‘lib xizmat qiladi va X 
o‘zgaruvchiga nisbatan chiziqli tenglamani ifodalaydi. 
Tenglamani echamiz: 
Xq(U-(MQ2N))/10 
Ushbu formula o‘ylangan sonni topish algoritmini ko‘rsatadi. 

Tayanch iboralar: model, modellashtirish, matematik modellashtirish 

Bosqichlarni sanab o‘ting. 

Adabiyotlar: 


1. A.Abduqodirov. „Axborot texnologiyasi― 40-45 bet.
2. A.Ahmedov ―Informatika‖ 8-11 bet.
3. U.Yuldashev ―Informatika‖ 24-28 bet.

Kompyuterli modellashtirish va uning dasturiy vositalari 


Reja: 
1. Kompyuterli model haqida tushuncha. 
2. Kompyuterli modellashtirishning bosqichlari.
3. Kompyuterli modellashtirishning dasturiy vositalari. 
Ma‘lumotlar omborini loyihalash va yaratishdan oldin shu ma‘lumotlar omboriga joylashtiriladigan 
axborotlarning umumiy tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Ma‘lumotlar omboridan kerakli 
savollarga javob olish va ma‘lumotlarga turli o‘zgartirishlar kiritish uchun ham uning umumiy tuzilishini 
bilish maqsadga muvofiq. Chunki ma‘lumotlar omborida qanday ma‘lumotlar borligini bilsangizgina, 
ularga mos savollarni qo‘ya olasiz. Bir axborotni turli xil vositalar orqali va turli shaklarda ifodalash 
mumkin. 
Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmuini ma‘lumotlar modeli deb ataladi. 
Albatta, turli odamlar tashqi dunyoni turlicha talqin qiladilar va ular haqida turlicha bilimga ega 
bo‘ladi. Shuning uchun ham haqiqiy dunyo va undagi hodisalarni anglashda turlicha modellardan 
foydalaniladi. Modellashtirish yoki modellashning rasmiy muammolarini o‘rganadigan va tadqiq etadigan 
yaxlit nazariya mavjud (bunday nazariyalar oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladi). 
Hozirgi kunda kompyutyerda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo‘lib, uning maqsadi 
atrofimizni o‘rab turgan tabiat, unda ro‘y beradigan hodisa, voqealarni va jamiyatdagi o‘zgarishlarni 
anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir. Kompyutyerda 
modellashtirish texnologiyasini o‘zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida) yaxshi 
bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishni talab qiladi. 
Kompyutyerda dasturlash tillaridan foydalanish matematik modellashtirish usulida jiddiy burilish 
yasadi. XX asr oxirlarida yaratilgan yuqori quvvatli Pentium prosessorli kompyuterlarda o‘rganilayotgan 
jarayonlar modellarining turli ko‘rinishlarini (grafik, diagramma, animatsiya, multiplikatsiya va h.k.) 

kompyuter ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada 


(tekislik, fazo bo‘yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud. 
Ekranda hosil qilingan modelni kompyuter xotirasida fayl ko‘rinishida saqlash va undan bir necha 
marta foydalanish mumkin.
Umuman olganda, kompyuterli modellashtirishning metodologiyasida quyidagi yo‘nalishlarni 
ajratish mumkin: 
1. Geometrik yo‘nalishdagi tajribalarni tashkillashtirish koordinatalar tekisligida amalga oshiriladi. 
Kompyuter geometrik ob‘yektlarning hossalarini o‘rganish va matematik farazlarni tekshirishda modellarni 
qurish va ularni tadqiq etish vositasi sifatida ishlatiladi. 
2. Ikkinchi yo‘nalish turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog‘liq. Kompyuter modellari orqali 
turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu ro‘y beradigan jarayonlarning mohiyatini chuqurroq va 
kengroq his qilishga, olingan natijalarni haqiqiy baholash va kompyutyerda modellashtirish imkoniyatlari 
haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi. 
3. Uchinchi yo‘nalish—kompyuter ekranida funksiya grafiklarini modellashtirish—kasbiy 
kompyuter tizimlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, Logo dasturi funksiya grafiklari, tenglama va 
tenglamalar tizimini yechish va ularning natijalarini olish imkoniyatlarini beradi. Eng muhimi shundaki, 
kompyutyerda modellashtirish texnologiyasidan foydalanish haqiqiy anglashda, bilish jarayonini amalga 
oshirishda yangi bosqich rolini o‘ynaydi. 
Ma‘lumotlar modellari shakli qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar quyidagi talablarni bajarishi kerak: 
1. Soddalik. Ma‘lumotlar modeli kam sondagi bog‘lanishli tuzilish turlariga ega bo‘lishi lozim. 
2. Yaqqollik. Ma‘lumotlar modeli vizual (ko‘zga ko‘rinadigan, tasvirlanadigan) bo‘lishi kerak. 
3. Qismlarga bo‘linishi. Ma‘lumotlar modeli ma‘lumotlar omborida oddiy o‘rin almashtirish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
4. O‘rin almashtirish. Ma‘lumotlar modeli o‘ziga o‘xshash modellar bilan almashtirilish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
5. Erkinlik. Ma‘lumotlar modeli aniq bo‘lakchalarnigina o‘z ichiga olmasligi lozim.
Yuqoriai ko‘rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini ta‘minlay olmaydi. Chunki 
modellashtirishda haqiqiy ob‘yektning ba‘zi bir muhim xususiyatlarigina ishtirok etadi holos. 
Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma‘lumotlar olinishi mumkin. 
Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va 
boshqalarga xalakit etmaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model 
ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur. 
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tajriba 
o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning aniqligi ta‘sir etadi. 
Modellashtirish-bilish ob‘yektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning modellari yordamida tadqiq 
qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir. 
Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini 
yengillashtiradi, ba‘zi hollarda esa murakkab ob‘yektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. 
Mavhum ob‘yekt, olisda joylashgan ob‘yektlar, juda kichik hajmdagi ob‘yektlarni o‘rganishda 
modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod 
fanlarida ob‘yektning faqat ma‘lum xususiyat va munosbatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. 
Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrak, fizik va 
biologik guruhlar.
Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik 
modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar 
kiritiladi. 
Yüklə 28,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin