2.IMS chiqish kaskadlari haqida tushuncha
-Chiqish
kaskadlari haqida
tushuncha.
Umumiy ma’lumotlar.
Signal manbai quvvati yetarli bo‘lmaganda yuklama
R
Yu
deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich
qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi.
Akustik tizimlar, elektron-nur
trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo‘lib
xizmat qilishi mumkin.
Kirish signali manbai yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr signalga
birlamchi o‘zgartiradi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, avvalgi kuchaytirgich
qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi
kuchlanish manbaidan
(to‘g‘rilagich, akkumulyator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbaidan
yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich «vositachilik»
qiladi.
Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quvvati
R
KIR
ni
R
ChIQ
ga quyidagicha ko‘rinishda o‘zgartirishdan iborat:
kir
chiq
Р
K
P
=
(6.1)
Ya’ni chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan sha-roitga,
xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbaining ichki qarshiligiga bog‘liq
bo‘lmasligi kerak.
Bu shart ideal kuchaytiirgichlardagina bajariladi.
Ularning chiqishida
cheksiz quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. Real
kuchaytirgich xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz
yaqinlashadi.
Kuchaytirgich
deb, manba energiyasini kirish
signali qonuniyatiga mos
ravishda chiqish signali energiyasiga o‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi.
Kuchaytirishni ta’minlash uchun ideal kuchaytirgich o‘z tarkibida kirish
signali ta’sirida qarshiligini chiziqli o‘zgartuvchi elementga ega bo‘lishi zarur.
Lekin hozirgi kungacha qarshiligini chiziqli o‘zgartuvchi kuchaytirgich elementlar
mavjud emas. Shuning uchun kuchaytirishni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan
boshqariluvchi element sifatida BT va MTlar ishlatiladi.
Nochiziqli Qarshilik
qiymati tranzistorning ulanish usuli, boshqaruvchi signal
qiymati va ishorasiga
bog‘liq bo‘ladi. Tranzistorlarning asosiy kamchiliklari bo‘lib VAXining
nochiziqligi
va
temperaturaga
bog‘liqligi
hisoblanadi.
a) b)
Dostları ilə paylaş: