3.IMS optronlarni tadqiq etish.
Optronlar ishlashini va parametrlarini o‘lchash uslublarini o‘rganish.
Optronlar – funksional elektronikaning zamonaviy yo‘nalishlaridan biri –
optoelektronikaning asosiy struktura elementi hisoblanadi.
Eng sodda diodli optron (15.1. a – rasm) uchta elementdan tashkil topgan:
fotonurlatgich 1, nur o‘tkazgich 2 va foto qabul qilgich 3 bo‘lib, yorug‘lik nuri
tushmaydigan germetik korpusga joylashtirilgan. Kirishga
elektr signali berilsa
fotonurlatgich qo‘zg‘otiladi. Yorug‘lik nuri nur o‘tkazgich orqali foto qabul
qilgichga tushadi va unda chiqish elektr signali yuzaga keladi. Optronning
asosiy
xususiyati shundaki, undagi elementlar o‘zaro nur orqali bog‘langan bo‘lib, kirish
bilan chiqishlar esa elektr jihatdan bir – biridan ajratilgan. SHu xususiyatidan kelib
chiqqan holda, YUqori kuchlanishli va past kuchlanishli zanjirlar bir – biri bilan
oson muvofiqlashtiriladi. Diodli optronning shartli belgisi 15.1. b – rasmda, uning
konstruksiyasi esa 15.1. v – rasmda keltirilgan.
a)
b)
v)
4.Raqamli IMESlar kllasifikatsiyasi,markalanishi va sxemalarda shartli
belgilanishi.
IMS tayyorlash texnologiyasining
asosiy bosqichlari, ularning topologiyasi bilan
tanishish va IMS belgilanish tizimini o‘rganib chiqish. Qisqacha nazariy ma’lumot:
Elektronika o‘zining yarim asrlik tarixi davomida IMSlar elementlari o‘lchamlarini
kamaytirish yo‘lida rivojlanmoqda. 1999 yilda
mikroelektronika texnologik
ajratishning 100 nmli dovonini engib nanoelektronikaga aylandi. Hozirgi vaqtda 45
nmli texnologik jarayon keng tarqalgan. Bu jarayon optik litografiyaga
asoslanishini
aytib
o‘tamiz.
\Mikroelektron qurilmalar (IMSlar)
yaratishning ananaviy, planar jarayon kabi,
usullari yaqin 10 yillik ichida iqtisodiy, texnologik va intellektual chegaraga kelib
qolishi mumkin, bunda qurilmalar o‘lchamlarini kamaytirish
va ularni tuzilish
murakkabligining oshishi bilan harajatlarning eksponensial oshishi kuzatiladi.
Muammoni nanotexnologiyalar usullarini qo‘llagan holda yangi sifat darajasida
echishga to‘g‘ri keladi. 1. Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun topshiriqlar.
ta listga IMS tayyorlash texnologiyasining asosiy
bosqichlarini yozish va
rams,chizmalarini chizish va baholangandan keyin xemis tizimiga joylash.
Laboratoriya prinsipal va ishchi sxemasini o‘qish va tushuntirib berish.
Laboratoriya ishini sxema yordamida stentda yig‘ish va ishlatib ko‘rsatish.
Programmasini tuzish IMS belgilanish tizimini o‘rganib chiqish va berilgan IMSlar
majmuidagi har bir IMS uchun qisqacha xarakteristika berish: funksional vazifasi,
texnologiyasining turi, qo‘llanish sohasi, asosiy parametrlari.
Namoyish qiluvchi
maket va ko‘rgazmali qurollar bilan tanishib chiqing. Berilgan majmuadagi
IMSning nomini, turining klassifikatsiyasini va har bir IMS turkumini aniqlang.
Ma’lumotnomadan foydalanib o‘rganilayotgan IMSga xarakteristika bering:
bajaradigan vazifasi,
qo‘llanio‘sohasi, asosiy elektr parametrlari. IMS tayyorlash asosiy bosqichlaridan
IMS tayyorlash texnologik bosqichlarining ketma – ketligi haqida
umumiy bayon
bering va ularga qisqacha xarakteristika bering. Kuzatilayotgan tasvir qaysi
texnologik bosqichga ta’luqli. Mikroskop ostida tugallangan kichik va o‘rta
darajali integratsiyadagi IMS topologiyasini ko‘rikdan o‘tkazing. 0 1 2 3 4 5 IMS
prinsipal sxemalari - berilgan sxemalarda asosiy belgilanishlari; - berilgan
sxemalarda har bir IMS
uchun qisqacha xarakteristika; - yarimo‘tkazgich va gibrid
IMSlar tayyorlash texnologik bosqichlarini bayoni;