Ergashev E. (Aviachiptalarni onlayn xarid qilishni tashkil etish)
III BOB. Aviabiletlarni onlayn xarid qilish tizimi bilan tanishish “Uzbekistan airways” AJ “Uzbekistan airways sales” davlat unitar korxonasi “Uzbekistan airways” AJning O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatashuvlarni sotish bo‘yicha Bosh agenti hisoblanadi.Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatashuvlarni sotish bo‘yicha agentlik tarmog‘ining o‘zaro aloqalarini tashkillashtirish;
2.Aviatashuvlarni oldindan bron qilish, qayta rasmiylashtirish va sotishni amalga oshirish.
“Uzbekistan airways sales” O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatashuvlarni sotish bo‘yicha agentlik tarmog‘iga ega, bu yo‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududida aviachiptalarni sotib olish imkonini beradi.Tegishli aviakompaniyalar bilan tuzilgan interlayn-kelishuvlarga binoan agentlik boshqa aviakompaniyalarning turli yo‘nalishlardagi qatnovlariga aviatashuvlarni oldindan bron qilish va sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Agentlik tomonidan yoki uning agentlari tomonidan sotiladigan aviatashuvlar elektron aviachipta vositasida rasmiylashtiriladi, bu esa o‘z navbatida yo‘lovchilarga qulaylik yaratadi. “Uzbekistan airways sales” va uning agentlari aviatashuvlarni naqd pulda, shuningdek pul o‘tkazish yo‘li bilan, shu jumladan plastik kartochkadan pul ko‘chirish orqali sotish imkoniyatiga egalar.Agentlikda yo‘lovchilarning aviatashuvlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ish olib boriladi. Korxona zamonaviy, ixtisoslashgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan, uning texnologik jihozlanganligi –ixtisoslashgan, shu jumladan turli ovqatlarni zudlik bilan tayyorlash imkonini beradigan, kompyuterlashgan 150 birlikdagi asbob-uskunalardan iborat. Texnologik jarayonlarga «Gabriel», «SITA», AFTN xalqaro tizimlari tadbiq etilgan, buning natijasida qisqa muddatlarda yo‘lovchilarning buyurtmalari to‘g‘risida axborotlar qabul qilinadi.
Korxona quvvatlari nafaqat “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJning, balki “Toshkent” aeroportiga qo‘nadigan xorijiy aviakompaniyalarning qatnovlarini ham minglab porsiyadagi tayyorlangan sahn taomlari, issiq va yaxna ovqatlar, turli-tuman ichimliklar va mevalar bilan ta’minlash imkonini beradi. “Ketring” davlat unitar korxonasida tayyorlanadigan 300 dan ortiq nomdagi sahn taomlari “Global test” muvofiqlik sertifikatiga ega. Bugungi kunda korxonada chuqur muzlatish yo‘li bilan tayyorlangan taomlarni taqdim etish imkoniyati bor. Muzlatish qaytish yo‘nalishida ham qatnovlarni ta’minlash uchun mahsulotlarning yaroqlilik muddatini uzaytirishning eng yaxshi tabiiy usuli hisoblanadi.
Yo‘lovchilar uchun taomlar ratsioni “Ketring” mutaxasissislari tomonidan xalqaro texnologik standartlarga muvofiq ishlab chiqiladi. Taomlarni tayyorlashda foydalaniladigan barcha mahsulotlar xalqaro standartlarga va me’yorlarga muvofiqligi yuzasidan sinchiklab tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ularni tayyorlashda yo‘lovchining mintaliteti, uning qanday taomlar iste’mol etishi hisobga olinadi. Yo‘lovchilarga mol go‘shti, baliq va tovuq go‘shtidan tayyorlangan taomlar taklif etiladi. Quruq mevalar, ko‘katlar va sabzavotlarning mo‘lligi o‘zbek taomlariga sharqona tarovat baxsh etadi. Faqatgina “Uzbekistan Airways” AJning qatnovlaridagina korxona oshxonalarida tayyorlangan o‘zbek somsasini tatib ko‘rish mumkin.
Korxonada har hafta Sifat kuni o‘tkaziladi- yetakchi mutaxassislar yangi taomlar ratsionlarini ko‘rib chiqishadi, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishadi, o‘z takliflarini kiritishib, tajriba almashishadi.
Taomlar mazasi va ko‘rinishi mijozlarning maqtovlariga sazovor bo‘lmoqda, O‘zbekiston aviakompaniyasi Travel.ru tomonidan o‘tkazilgan eng mazali sahn taomlari taqdim etadigan dunyo aviakompaniyalari reytingidan joy olganligi ham buning tasdig‘idir. Bunga korxonaning “Biz uchun har bir yo‘lovchi muhim” shioriga rioya etish orqali erishilmoqda.
Sahn yeguliklari parvozdan olinadigan taassurotlarning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi va unga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Bugungi kunda “Ketring” DUK mutaxassislari bunday yuksak talablarga javob berish uchun butun kuchlarini ishga solishadi va dunyoning istalgan nuqtasidagi yo‘lovchilarning eng nozik ta’bini qondirishga ham tayyordirlar.
3.1-rasm: Mijozning tizimga kirishi
Mijoz ish yoki sayohat maqsadida boshqa joyga borish uchun aviakompaniyalar xizmatlaridan foydalaniladi.Buning uchun mijoz o’zi xoxlagan aviakompaniyaning sayti yoki hozirgi kunda keng tarqalgan ilovalar orqali aviabiletlarga buyurtma berishi mumkin.
3.2-rasm: Mijozning xizmat turini tanlashi.
Mijoz kerakli bo’limlarni tanlagandan so’ng biznes klass yoki ekonom klassdan birini tanlashga to’g’ri keladi.Bu klasslardan tanlashdan maqsad bu joyning sifati va xizmatlarni sifati va tayyorlanishi bilan bog’liq.Har bir klassning tarkibida yana 5ta dan ortiq klass turlari mavjud.
3.3-rasm:Klass turlari.
Klasslarning turlari ushbu xizmatlarga qarab toifalanadi.Bu yerda qo’l yuki,bagaj joyi(qo’shimcha yuk),qayta rasmiylashtirish imkoniyati,chipta qaytarilishi kabi ko’plab xizmatlarga qarab klasslarga ajratiladi.Ularning mavjud ekanligi yoki mavjud emasligiga qarab ularning narxi toifalanadi.
3.4-rasm: Tasdiqlovchi.
Bu yerda Mijoz to’lovni amalga oshirilgandan so’ng barcha ish tugallanadi.Keyin mijozga to’lov amalga oshirilganligi haqida xabar beriladi.To’lov mijozning tanlagan klassiga qarab belgilanadi.QQSdan ozod qilingan xolda to’lovlar amalga oshiriladi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkunki bugungi axborotlashgan davrda dasturlash sohasi zamonaviy kasblardan biridir. Ushbu kurs ishi davomida avtomatlashtirilgan axborot tizimida kredit olishning online tizimi ko’rib chiqilgan loyihasini tuzildi. Loyiha BPMN texnologiyasi asosida tuzildi va BPMN texnologiyasi va uning elementlari haqida ham yetarlicha ma’lumotga ega bo’lindi. Ushbu texnologiya asosida loyiha to’liq yoritildi. Loyiha online kredit oluvchilar uchun foydalanilsa bo’ladi. Loyiha asosida mijozlarning online kredit olishiga bilim ko’nikma va tushunchalar berilib borildi. Bu loyihada kredit olish uchun qanday ariza berish kreditga so’rov berish kredit so’rovini tanlash va moliyaviy masalalar ko’rib chiqildi. Hozirgi kunda avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan ko’plab foydalanilmoqda shu jumladan biz kredit olish uchun axborot tizimlaridan online kredit olish uchun foydalanildi. Foydalanuvchi sayt orqali kredit so’rov yuborishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Clemson University. Department of Industrial Engineering, SC, USA, "Flow Charts", Web- Tutorial, deming.eng.clemson.edu.
Бойт, Маркус и др. "Fachinformatiker/-in Systemintegration, IT-System- Elektroniker/-in, Prufungsvorbereitung" (Спе-циалист по информатике, системной интеграции, специа лист по электронике ИТ-систем, подготовка к экзамену), Тройсдорф, 2004.
Sh. Nazirov, G. Divald, Dasturlash asoslari, Toshkent 2007.