Aloqa (lotincha: communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladiganlar mavjud.
Kommunikatsion kanal
Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo’lga qo’yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqqiyatini ta’minlaydi.
Kommunikatsion kanal
So’rovlar shuni ko’rsatadiki, 73 % amerikalik, 85 % yapon, 63 % angliyalik rahbarlar, kommunikatsiya, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lidagi bosh to’siq deb hisoblaydilar. Yana bir boshqa so’rovga ko’ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming xodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb biladilar.