1
Kompyuter lingafon sinflari turlari
Reja:
1. Kompyuter lingafon sinflari haqida ma’lumot.
2.
Kompyuter lingafon sinflari uchun dasturiy vositalar.
3. Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llash.
2
Virtual
laboratoriya
mashg'ulotlarining
imkoniyatlari.
Virtual
laboratoriyalarni yaratishning maqsadlaridan biri-o'rganish jarayonini har tomonlama
to'liq vizuallashtirish, asosiy vazifalardan biri-o'quvchini jarayonining mazmun-
mohiyati to'liq idrok etish va tushunishdir. Virtual laboratoriyaningvazifalari:
-ko'rgazmali illustratsiya va o'rganiladigan qonunlarning to'g'riligini isbotlash;
-o'tkaziladigan tajriba (eksperiment)larning mutlaqo xavfsizligi hamda
Sinfda havoning tozaligini ta'minlash;
-tajribalarni yakka tartibda bajarish imkoniyati, bu esa ta'lim oluvchilar
mustaqilligining, ularning konstruktorlik qobiliyati va texnik uddaburonligining
rivojlanishiga ta'sir o'tkazmay qolmaydi;
-dars vaqtida virtual laboratoriya ishlarini bajarish nazariy hamda amaliy
mashg'ulotlar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etadi, bu o'qitish sifat va,
samaradorligi o'quvchilarning mustaqil bilish faolligi ortishiga ko'maklashadi;
-virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi tadqiqotchilik harakteridagi tadqiqotlarni
o'tkazish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi,ma'lum metodik jihatdan asoslangan
vaziyatlarda ulardan real laboratoriya qurilmalariga qo'shimcha sifatida foydalanish
mumkin;
-kompyuterdagi laboratoriya nostandart va muammoli vaziyatlarda o'quvchilarning
subektiv tajribasini ta'minlaydi.
-ta'lim muassasasi o'quv jarayoniga ochiq dasturiy mahsulotlar va axborot
texnologiyalarini joriy qilish;
-seminar mashg'ulotlari doirasida amaliy topshiriqlarni bajarish;
-malaka oshirish bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazish.
Virtual laboratoriyalarningimkoniyatlari: qimmat laboratoriya asboblarini sotib
olishga ehtiyojning yo'qligi.
3
Virtual jarayonni boshqarish kompyutеrning zimmasiga tushishini hisobga olib,
kiritilayotgan paramеtrlarni o'zgartirib, tajribalar sеriyasini o'tkazish imkoniyati
mavjudligi; o'tkazilayotgan laboratoriya tajribasini vaqtning boshqa masshtablarida
kuzatish mumkinligi. Bundan tashqari, virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi
sharoitida o'quv modеllashtirish orqali bilimning yangi sohalarini o'rganishda
o'quvchilarning atrof olamdagi hodisalarni bilishga oid mustaqil faolligi ortadi,
hayotiy faoliyati davomida yuzaga kеladigan muammolarning yеchimi, variantlarini
mustaqil topish malakasi, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llashgatayyorlik
shakllanadi.
Dеmak, o'quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga ko'maklashadigan virtual
laboratoriyalardan foydalanish, elеktron ta'limiy kompyutеr mahsulotin ijoriy
qilishda muvaffaqiyatning uzviy qismi sanaladi. Topshiriqlarning elеktron shaklda:
audio, vidеo, animatsiyalarni qo'llagan holda bеrilishi talabalarda kuchli qiziqish
uyg’otadi. Laboratoriya topshiriqlari natijalarining avtomatik tarzda jamlanishi,
o'qituvchiga yеngillik yaratadi. Laboratoriya mashg’uloti
topshiriqlarining talabalar tomonidan qayta takroriy bajarilishi asosida ko'nikma va
malakalarningtarkib topish jarayoni jadallashadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimediya vositalarini mashg'ulotlarda qo'llash
afzalliklari asosida bolalarga kompyuter texnalogiyasini o'rgatish, bolada
-har bir mavzu bo'yicha dinamik ko'rinishda aks etuvchi jarayonlarning
animatsiyalarinitasavvur qilish.
O'qituvchilar komp'yuter texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish
bilan birga quyidagilarni amaliyotda qo'llay olishi lozim:
Yangi o'quv materiallarini tushuntirishda kompyuterning namoyish imkoniyatlaridan
foydalanish;
4
-internet, o'rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy mahusulotlar asosida darslarni
tashkil etishi;
-darsga
metodik
tayyorlanish,
qo'shimcha
axborotlarni
izlash
va
tizimlashtirish,didaktik materiallarni tayyorlash;
-kompyuter texnologiyalari asosida o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarishda
foydalanish malakalari. Elektron taqdimot darsda slaydlardan ko'rgazmali material
sifatida foydalanish o'qituvchi uchun keng imkoniyat yaratadi. O'quv materialining
elektron taqdimotida animatsiyalar asosida o'tilayotgan materialning berilishi
mavzuni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishini yengillashtiradi va ko'rgazmalilikni
oshiradi. Namoyish slaydlarini o'quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish
mumkin. Slaydlarga o'quvchilar o'zlarini munosabatini bildirishi,uni tahlil qilishi
mumkin.
Bu orqali o'quvchilar quyidagi malakalarga ega bo'ladilar:
-grafika axborotlarni matn shakliga keltirish yoki aksincha;
-muhokama etilayotgan mavzu bo'yicha xulosalar va savollarni shakllantirish;
-o'zining o'quv- biluv faoliyatini rejalashtirish;
Boshlang'ich ta'lim o'quv darslarida axborot majmui-ma'lumotnomalar,
entsiklopediyalar, virtual kutubxonalar, geografik xaritalar, rasmlar, chizmalar,
animatsiyalar,matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, ovozli
obrazlar (yozilgan ovoz,musiqa va boshqalar) foydalanish mumkin.
Bugungi kun o'qituvchilariga qo'yilayotgan talab,dars jarayonida axborot
texnologiyalarni qo'llay olishi,o'quvchilarni kompyuterdan erkin
foydalanishga,zamonaviybilimlarni puxta egallashga,ma'nan yetuk shaxs bo'lib
yetishiga o'rgatishdan iborat.
5
Boshlang'ich ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot
texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot
texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga
ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga
yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan
qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida maqsadga erishish motivasiya
bo'lib, bu o'qituvchi vao'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim
etishda barcha imkoniyatlarni o'zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har
qanday texnologiya- bu axborot texnologiyalari bo'lib, uning negizini ma'lumotlarni
qabul qilish va qayta ishlash tashkil etadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi
sifatida,
yangiliklardan boxabar bo'lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim.
.Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning
kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy
ko'nikmalarini
namoyon
qiladi.Internet
texnologiyalarining
kirib
kelishi
o'quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar
samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va
mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va
metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.
6
Kadrlar
tayyorlash
Milliy
dasturining
asosiy
talablaridan
biri
axborot
texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etib, o'quvchilarni mustaqil bilim
olishga, erkin fikrlashga o'rgatishdan iboratdir.
Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'qituvchiga:
- darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
- bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo'lish;
- nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.
Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'quvchilarga:
- fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;
- ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish;
- mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va o'zlashtirish darajasini
tanlash;
- zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va
unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.
Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki
fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir
.
Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi:
- fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish;
- o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash;
-o'z - o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish;
- bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish;
- o'quvchilarni o'quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o'quv - metodik
yordam ko'rsatish.
Boshlang'ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o'qitish katta
samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning har bir mavzusi bo'yicha dars
7
ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid
axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va
amaliy materiallarning electron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga
taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali o'quvchilarga tushuntirilsa
maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali
balki ovozli, animatsiyali bo'lishi o'quvchilartomonidan mavzuni mukammal
o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga joriy etilishidan
asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo'lgan o'quv
faoliyatlariningyangi turlarini yaratishdir.
Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta'lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishdan
ko'zlangan bosh maqsadimiz- barkamol insonni shakllantirish orqali o'z
kelajagimizni ta'minlashdan iboratdir. Darhaqiqat, kelajagimiz egalari bo'lmish yosh
avlodni tarbiyalash, biz pedagoglardan ma'suliyat talab qiladi. Ayniqsa, kelajak
avlodda mustaqil fikrlash, mantiqiy fikr yuritish kabi ko'nikmalarni hosil qilish
bugungi kun o'qituvchisining asosiy vazifasidir
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TA`LIM JARAYONINI
TASHKIL ETISH.
“Ta`lim to'g'risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ belgilab bergan
vazifalarni amalga oshirish borasida ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar
natijasida tashkil qilingan va qilinayotgan ta`lim muassasalari zimmasiga har
tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda ulkan hissa qo'shish topshirilgan.
Ta`lim tizimiga pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini olib kirish
8
bugungi kunning muhim masalalari sirasiga kiradi. Ta`lim-tarbiya jarayoniga
axborot kommunikativ texnologiyalarni joriy etish orqali bir qancha qulayliklar
yaratiladi.
An`anaviy
o'qitish
texnologiyalarining
kamchiliklari
to'g'risida
pedagogika
sohasidagi ko'pgina adabiyotlarda ba`zi fikrlar mavjud. Jumladan, V.I.Oneshinko va
M.N.Gendillarning fikricha, hozirgi vaqtda ma`ruza - bu umumlashtiruvchi
jarayonni bildirib, bir tomondan o'qituvchining ma`lumotlarini jamlab berishini
ta`minlasa, ikkinchi tomondan, talabalarning tushunish va fikrlash jarayonini
ifodalaydi. Ma`ruza o'qishda o'qituvchi berilayotgan materialni har xil ko'rinishda
(nutqning darajasi, past yoki baland, takrorlash, qo'shimcha namoyish qilish)
bayon qilishi mumkin. Boshqa tomondan, o'qituvchi talabalarga bunga qachon
ehtiyoj tug'ilayotganligini aniq bilmasligi mumkin. Ko'rgazmali qurollardan
foydalanib
dars berish ta`limning ko'rgazmali metodlari qatoriga kiradi. Ko'rgazmali
qurollarning xarakteri o'quv materiallarini tushunishga muhim ta`sir ko'rsatadi,
talaba fikrining mazmuni va tuzilishini belgilaydi. Ta`lim jarayonining pedagogik-
psixologik qonuniyatlari shu narsani ko'rsatadiki,o'qish - o'qitishdagi ko'rgazmalar,
nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv (ko'z bilan kuzatiladigan) vazifani
bajargan taqdirdagina o'zlashtirish unumdorligi oshadi. Aynan shuning uchun
kognitiv grafika- su`niy intellect nazariyasiga asosan murakkab ob`yektlar
kompyuter suratchalari ko'rinishida tasvirlanadi. Bunda o'quv materialining tarkibiy
tuzilmasi sifatida
rangli ko'rinishdagi kognitiv - grafik o'quv elementlari (rasmlar bloki) xizmat qiladi.
Shuning uchun rasmlar o'quv materialining asosiy bosh elementi hisoblanadi. Bu esa,
o'z navbatida birinchidan talabaning ko'rish va fazoviy fikrlash qobilyatini
rivojlantiradi, chunki bunda o'rganish jarayoniga miyaning o'ng yarim shari boy
9
imkoniyatlari qo'shiladi, ikkinchidan, o'quv materiali mazmunini o'zida zich
joylashtirib, uni ravshan ifoda etuvchi surat (rasm) talabada tizimli bilim
shakllanishiga
,yordam beradi. Uchinchidan, kompyuter ekranidagi rangli suratlar, o'quv - axborot
materialini talaba tomonidan qabul qilish va eslash samarasini oshiradi hamda
talabalarni estetik tarbiyalash vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Axborot texnologiyalari vositasida talabaning bilim olishi, fikrlashida, xuddi ikkita
mexanizmdan foydalangandek bo'ladi: ularning biri belgili (simvolli) bo'lsa,
ikkinchisi
geometric (algebrik)bo'ladi.Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish
jarayonini faollashtiruvchi fikrlashning simvolli va geometrik mexanizmlarini o'z
ichiga olgan, bilim berish-uyg'unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir. Grafik
axborot miyaning o'ng yarimsharlari imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma`lumotli
mutaxassis uchun zarur bo'lgan tasviriy fikrlash qobilyatini, intuitsiyani
rivojlantiradi. Intuitsiyaning eng katta boylik ekanligi ta`kidlanib, A.Eynshteyn
shunday degan edi: ”Mening ishonchim komilki, bizning fikrlashimiz asosan belgilar
orqali,shu bilan birga biz anglamasdan kechadi”. Shuning bilan birga ko'rgazmali
axborotning o'g'zakidan ko'ra ahamiyatliroq va samaraliroq ekanligini ta`kidlash
lozim. Odam fiziologiyasi fanining ma`lumotlariga ko'ra, ko'rish analizatorining
axborotni o'tkazish qobilyati, eshitish analizatoriga nisbatan juda yuqoridir. Bu esa,
o'z navbatida, ko'rish tizimiga inson qabul qiladigan axborotning qariyib 90 foizini
yetkazish imkoniyatini beradi. Shu bois ham o'quv
materiali (axborot) qabul qilish va eslashga og'zaki axborotni qabul qilish hamda
eslashga nisbatan kam vaqt sarf qilinadi.
Ta`lim jarayonida ko'rgazmali axborot ishlatilganda talabalarda taassurot hosil
10
bo'lishi uni og'zaki bayon qilishga nisbatan o'rtacha 5-6 marotaba tezroq kechadi.
Talabaning ko'rgazmali axborotdan ta`sirlanishi, hayratlanishi og'zaki yetkazilgan
axborotga nisbatan ancha yuqori bo'lishini ta`kidlash joizdir. Ta`lim- tarbiya
jarayonini tashkil etishda, o'quv materialini yetkazishning og'zaki usuliga qayta -
qayta takrorlash osonligini va uning aniqligini hisobga olish zarurligini ta`kidlash
lozim. Kompyuter texnologiyalari yordamida ta`lim jarayonini rejalashtirishda o'quv
materialini talabaga ko'gazmali tarzda uzatishda uning yana bir muhim afzalligini,
ya`ni ko'rgazmali axborotda, uning talaba tomonidan qabul qilinishi va eslash
samarasi, mazkur axborot ko'rsatilgandan keyin o'tgan muddatning uzoqligiga
bog'liq emasligini yodda tutish lozim. Ayni paytda, buni og'zaki axborotni
o'zlashtirish uchun aytib bo'lmaydi. Shuning bilan bir qatorda ko'rgazmali metodlarni
og'zaki metodlardan ajratib bo'lmaydi, chunki har bir ko'rgazmali qo'llanma
tushuntiriladi, tahlil qilinadi, o'rganilayotgan
masalani yorituvchi qo'shimcha yoki asosiy axborot manbai hisoblanadi. Shuning
uchun ta`limning ko'rgazmali metodlari suhbatni ham, ta`rif- u tavsifni ham,
hikoyani ham, tushuntirishni ham, mustaqil o'rganishni ham o'z ichiga oladi.
Ko'rgazmali
qo'llanmalardan foydalanishda talabaning hissiy obrazlariga, sezgi va idrokiga
ko'proq tayanib ish tutish, uning bilish faoliyatiga o'ziga xos struktura baxsh etadi.
Talaba obrazli, konkret fikr yuritadi, bu holalarni tushuntirishga o'rganish uchun
yaxshi negiz bo'ladi. O'qituvchi avvalo, talabaning ma`lum bir o'quv materialini
o'zlashtirishi jarayonida hissiy obraz qanday o'rin egallashini va qanday ahamiyatga
molik bo'lishini bilishi kerak. Nazariya qanchalik chuqurlashsa, hissiy idrokdan
bilimlar shuncha ko'proq abstraktlashadi.
Talabalarning fikrlash faoliyatini kompyuter texnologiyalari yordamida ko'rgazmali
11
tashkil qilishda uch asosiy vazifani bajarish lozim. Birinchi vazifa - ko'rgazmali
qurol
asosida o'rganilayotgan narsa yoki hodisaning original obrazini yaratish;
Ikkinchidan,
ko'rgazmali qurolning o'zi talabalarning muayyan maqsad bilan kuzatishini tashkil
etish; uchunchidan, vazifa - nazariy bog'liqlik va mazmuniga mos tushunchalarni
hosil qilish yoki o'quv vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona
foydalanib, uning mazmunini ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirishdir. Bundan
ko'rinib turibdiki, kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv materiallarini obrazlar
yordamida o'quv materiallarini obrazlar ko'rinishida ifodalash orqali ta`lim
metodlaridagi: og'zaki tushuntirish, ko'rgazmali va amaliy metodlarga xos
xususiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish mumkin ekan. Ta`lim
metodlarining birgalikda bajarilishi talabalarning o'quv materialini o'zlashtirishni
oshirish, tushunchalar ko'rinishida fikr mulohaza yuritishi va aqliy o'sishiga zamin
yaratadi.
Kompyuter taqdimotini tayyorlashda o'qituvchi mavzuni aniq, qisqa va lo'nda tarzda
berishi, tezislardan foydalanishi, ko'proq uning multimedia xususiyatlari, ya`ni
ranglar, ovoz va suratlardan fodalanishi zarur. Birdaniga, juda ham ko'p mavzuga oid
raqamlar va faktlarning berilishi o'quvchilarni charchatish bilan birga, ularni
zeriktirishi ham mumkin. O'tilgan mavzuni qaytarish va uyga vazifa berishda ham
o'qituvchi slaydlar orqali namuna sifatida yechilgan misollarni ko'rsatishi maqsadga
muvofiqdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kompyuterning didaktik imkoniyatlarini boshqa
hech qanday texnik vosita bilan taqqoslab bo'lmaydi. Shunday ekan, axborot
texnologiyalari ta`lim jarayonida quydagi vazifalarni yechish imkonini beradi:
didaktik-kompyuter dasturlaridan ko'rgazmali qurol sifatida foydalanish, uslubiy-
12
mavzuni tushuntirishda, dars natijalarini tahlil etishda kompyuterni ishlatish
usullarini belgilash, tashkiliy-ta`lim jarayonini qisqa vaqt ichida samarali
tashkillashtirish, ta`limiy -o'quvchilarda o'tilgan mavzuni mustahkamlash va ularda
axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. Darsda
kompyuterdan
foydalanish nafaqat ta`lim vaqtini tejaydi, shu bilan birgalikda ta`lim jarayonining
samaradorligini oshiradi.
.
Axborot obyektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. Olingan
axborotlar belgili, matnli va grafikli ko`rinishda ifodalanadi. Belgili ko`rinishdagi
axborot asosan harflar,raqamlar, belgilar ko`rinishidan iborat bo`ladi. Undan turli
hodisalar haqida murakkab bo`lmagan signallarni uzatish uchun foydalaniladi..
Jahonda juda ko`plab kitoblar, jurnallar, gazetalar matnli ko`rinishda chop
etilmoqda. Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkab ko`rinishi grafikali
ko`rinish hisoblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko`rinishi,fotografiya,
chizmalar, sxemalar va rasmlar kiradi.
XX asrning 70-yillarida mikroprotsessor texnologiyasini kashf etilishi va shaxsiy
kompyuterlarning hayotimizga keng kirib kelishi, yangi axborot inqilobini vujudga
keltirdi. Bu inqilob yangi soha hisoblanmish, ya'ni bilimlarni ishlab chiqish uchun
yangi texnologiyalar,uslublar, kompyuter vositalarini ishlab chiqarish bilan bog`liq
axborot sanoatini rivojlanishini ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, xususan
telekommunikatsiyaning barcha turlari axborot sanoatiningeng muhim tarkibiy
qismlaridan biridir.
Axborot texnologiyasi - obyekt, jarayon va hodisaning holati haqidagi yangi
sifat
13
axboroti olish uchun ma'lumotlar yozish, ishlov berish va uzatishning vosita va
uslublarning jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon
olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni
odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
sohalarda axborotni qayta ishlashni axborotlashtirishning yuqori darajasini
ta`minlashga imkon beradi.
Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas,
balki axborot ishlab chiqarish bo'lmog'i lozim.
Axborotlashtirilgan jamiyat - jamiyatning ko'pchilik a`zolari axborot, ayniqsa
uning oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va
amalga
oshirish bilan band bo'lgan jamiyatdir.Axborotlashgan jamiyatga konpyuter va
telekommmunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash
sanoati yuzaga keladi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi komyuter texnikasi va aloqa vositalari
sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Hozirda kompyuter texnikasi va axborot
texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan unumli foydalanishga
qaratilgan axborot jamiyatining rivojlanishiga turtki bo`ldi. Bu jamiyatda ko`pchilik
ishlovchilar axborot, uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash,
ishlov berish va amalga oshirish bilan band bo`ladilar. Axborot jamiyatida
kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalaridan foydalanish,
ishlab
chiqarish
va
ijtimoiy
sohalarda
axborotga
ishlov
berishni
avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu jamiyatda
nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o`zgaradi.
Jami faoliyat mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste'mol etishga yo`naltirilgan sanoat
14
jamiyatiga nisbatan axborot jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va
iste'mol etiladiki, bu holatlar aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Har bir
insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladiki,natijada bilimlarga bo`lgan ehtiyoj
yanada oshadi. Ushbu jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter
texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari,telekommunikatsiya
aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatni axborotlashtirish
jarayonida eng muhim tushunchalardan biri axborot zahiralari hisoblanadi.
Axborot zahiralari - alohida hujjatlar, axborot tizimlari, ya'ni kutubxona, arxiv, fond,
ma'lumotlar banklari, shuningdek boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar to`plamidir.
Ta`limni axborotlashtirish esa quyidagilarga imkon beradi:
ta`lim tizimini avtomatlashtirilgan ma`lumotlar bazalari yordamida boshqarish,
axborot vositalari va texnologiyalari bilan ta`minlash;
ta`lim va tarbiyaning mazmuni, metodlari va mazmuniy shakllarini tanlash
metodologiyasinitakominlashtirish;
ta`lim oluvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularda mustaqil axborot izlash,
tajribalar o'tkazish, tadqiqotlar olib borish qobilyatini shakllantirishga yo`naltirilgan
metodikalarni yaratish;
ta`lim oluvchilarning bilim darajasini obyektiv, tizimli va tezkor nazorat qilish va
baholashga imkon beruvchi testlar va diagnostik metodikalarni ishlab chiqish;
ta`lim oluvchilarning salohiyatini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash,
axborotlarniqayta ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o'qitish
tizimlarini yaratish.
Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida
axborotning an'anaviy va original turlari asosida o`quv materiallarini o`quvchilarga
15
yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko`rinishidir. Multimedia hozirda juda
tez gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo`lib, u quyidagilarni
o`z ichiga oladi: an'anaviy axborot turlari, ya'ni matn, jadval, turli xil bezaklar va
original axborot turlari, ya'ni nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar,
animatsiya (ob'ektlarning fazodagi harakati) ko`rinishidagi axborot turlarini bir
dasturiy mahsulotda mujassamlashtirilganligi;
video va audio axborotlarini kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uning
markaziy
protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o`tkazish qobiliyati,
operativ va video-xotira, katta hajmli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish
kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
“Inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasini ta'minlanishi.
Bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni
oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon
beradi.
Ta'lim
jarayonida
multimedia
vositalari
yordamida
darslarning
samaradorligini
oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda
o`qitishning bu usulini ta'lim sohasining barcha yo`nalishlari bo`yicha tadbiq
qilinmoqda. Hozirgi amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, multimedia vositalari
yordamida o`quvchilarni o`qitish ikki barobar samarali bo`lmoqda. Mazkur vosita
yordamida o`qitishda an'anaviy ta'lim usullariga nisbatan o`rtacha 30%gacha vaqtni
tejash mumkin hamda olingan bilimlar o`quvchilar xotirasida uzoq muddat saqlanib
qoladi. Ma'lumki, eshitgan materialning to`rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo`lsa,
o`quvchilarga beriladigan materialning video (ko`rish) orqali amalga oshirsak,
axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 25-30%gacha
ortadi. Shuningdek,mazkur o`quv materiallari audio, video, grafika ko`rinishida
16
mujassamlashtirilgan holatda o`quvchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab
qolish 75%ga ortishi kuzatilmoqda. Ta'lim sohasida multimedia vositalari yordamida
o`quvchilarga bilim berish quyidagi afzalliklarga ega: ta'lim jarayonida berilayotgan
materiallarni
chuqurroq
va
mukammalroq
o`zlashtirish
imkoniyatining
mavjudligi;ma'lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati; dars jarayonida bilim olish
vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishuvi; olingan bilimlar
kishi
xotirasida
uzoq
muddat
saqlanib,
kerak
bo`lganda
amaliyotda
qo`llashimkoniyatiga erishuvi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir ta'lim vositasi talab darajasida ishlab
chiqilib,o`z o`rnida va samarali foydalanilsa, ta'lim jarayonida mazmunni
o`zlashtirishga katta yordam beradi. Ta'lim jarayonidagi eng muhim vositalar
yuqorida ta'rif berilgan kompyuter vositalari hisoblanadi. Bu vositalar dars jarayonini
ko`rgazmali qilishga, o`quv materialining o`zlashtirilishini yengillashtirishga va
ta'lim oluvchilarning motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. “Yuz marta
gapirgandan ko`ra, bir marta ko`rgan afzal” degan xalq iborasi bunga yaqqol misol
bo`la oladi. Ko`rgazmalilik, tushunarlilik va misol-namunalardan foydalanish kabi
didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi. Chunki bu vositalardan foydalanishning
mohiyati,
ta'lim oluvchilarda bilimlarni ko`rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda
shakllantirishdan iboratdir.
. Bu qobiliyatlar kеrakligicha yuqori darajada ro'yobga chiqishi uchun pеdagogning
axborot tеxnalogiya soxasidagi bilimdonligi zarur. Pеdagoglarda bu bilimdonlikni
rivojlantirishni oliy o'quv yurtlaridagi o'qish davomida boshlash kеrak. Axborot
tеxnologiya soqasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa bo'ladi: zamonaviy
axborot muqitida tajribani baholash va faoliyatda qo'llash qobiliyati: shaxsiy
ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish: umumiy kommunikativ
17
madaniyatining, axborot almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy
bilimlarning mavjudligi axborotni olish, tanlash, saqlash, qayta ishlash, o'zgartirish,
taqdim etish, uzatish va qo'llash madaniyatini o'zlashtirish zarur. Ta'lim tarbiyaning
asosiy maqsadlardan biri yosh avlodni ezgu fazilatlariga oshno qilib kamolga
еtkazishdir. Yosh avlodni insonparvar, vatanparvar qilib tarbiyalashda estеtika
fanlarining o'rni bеqiyos. Bu jihatlarga e'tibor qaratmoq lozim. Bolalarni estеtik
ruhda tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimiz, odob-axloq
normalariga amal qilish, estеtik did va go'zal odatlarni tarbiyalash, insonparvarlik
asosini tashkil etuvchi saxovat, saxiylik va oliyjanoblik xislatlarini ochib bеrish juda
muqim. Estеtika fanlari haqida gap kеtganda birinchi navbatda ko'z oldimizga
musiqa,mеhnat ta'limi, tasviriy san'at kabi fanlar kеladi.Ayniqsa umumta'lim
maktablarida musiqa fanini o'qititlishi va amalga oshiriladigan ishlar haqida gap
kеtganda,o'qitishning nazariy va amaliy jihatlarinibir-biridan ayro qilmagan holda
komplеks olib borish zarurligini esdan chiqarmagan ma’qul. Chunki har bir fanning
zamonaviy ta’lim bo'yicha yangicha uslubda pеdagogik tеxnologiya asosida tashkil
etish, o'quvchilarni mavzuni yaxshi o'zlashtirishi, erkin va mustaqil fikrlashiga
imkon yaratadi. O'tilayotgan mavzuni o'quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirilishi,
albatta pеdagogik mahoratga boqliq. Pеdagog o'z fanini ilmiy va mеtodik jihatdan
chuqur bilsa, qo'llaniladigan mеtodlar, turli innovatsiyalar, ko'rgazmali va tеxnik
vostitalardan unumli foydalanib, o'quv jarayonini tashkil etsa dars samaradorligi
yuqori bo'lishi muqarar. Mеtod tanlash nafaqat o'quv maqsadini balki mazuni va
murakkabligiga ham bog’liq.
Ma'lumki musiqa darslari ham nazariy, ham amaliy olib borilishiga ko'ra
quyidagi to'rt bosqich amalga oshiriladi:
1. Musiqa tinglash
2. Kuylash
18
3. Musiqiy savodxonlik
4. Ijodkorlik
Musiqa darslarida fan o'qituvchisi mohirlik va tеzkorlik bilan vaqtni to'g’ri
taqsimlay olmog’i lozim. Aks holda o'z oldiga qo'ygan maqsadga aniq erisha
olmaydi. Musiqa dars jarayonida tanlangan musiqani tinglash, kuylash va o'tiladigan
mavzu bo'yicha musiqiy savodini chiqarishda aloqida mavzuga mos mеtodlarni
tanlash zarur. Har bir mеtodni qo'llash vaqtida o'quvchilarni faolligini oshiruvchi ,
baxs-munozaraga
va
erkin
fikrlashga
undovchi
mеtodlarni
qo'llagan
ma'qul.Zamonaviy dars o'tish tеxnologiyalari o'quvchilar dunyoqarashini , bilim
doirasini, fanga bo'lgan qiziqishi, intilishini oshiribgina qolmay, tasavvurni boyitadi,
mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Hozirgi vaqtda o'quvchi yoshlarni e'tiborini jalb
qiladigan vosita bu tеlеvidеniya bo'lib, unda bеriladigan qo'shiqlar, ma'lumotlar kеng
jamoatchilikka erkin va ochiqnamoyish etilmoqda. Jumladan “Navo shou”, “Oltin
mikrafon”, “Kaura uf”, “Yulduzcha”,“Do-mi-sol” va boshqa san'at haqidagi turli
ko'rsatuvlar, kontsеrtlar, tеlе-shoular va tanlovlar har bir tomoshabinni bеe'tibor
qoldirmasligi bilan birga musiqani his qilish, sеzish, eshitish va tinglash qobiliyatini
kuchaytiradi, fikrlashga undaydi.
Axborot asri dеya ta'riflanayotgan XXI asrda o'quvchilarni oddiy
ma'lumotlar,kundalik xabarlardan iborat darslar bilan qiziqtirish juda mushkul. Bu
esa har bir o'qituvchi oldiga aniq, maqsadli ta'lim-tarbiyani yеtkazishdеk ulug’vor
vazifani qo'yadi. Bu borada o'qituvchiga zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarga
asoslangan noan'anaviy darslar va turli mеtodlar ko'makchi vazifasini o'taydi.
Quyida musiqa va ashula darslarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan ayrim mеtodlarni
tavsiya etmoqchimiz:
“Ovozidan top” o'yini
19
Bu o'yinda tеxnik vosita yordamida mikrafon orqali cholg’u sozida kuy eshittiriladi .
Slayd orqali “ Bu qaysi soz” dеgan savol qo’yiladi. Bolalar ovozidan topadilar.
To'g’ri topgan bolaga rag’bat kartochka bеriladi. Shu tariqa bir nеcha sozlarning
ovozlari eshittiriladi va bolalar cholg’usozlarining nomlarini topadilar.
“
Xulosa o'rinda shuni aytish mumkinki, musiqa darslarida ilg’or pеdagogik va
axborot tеxnalogiyalaridan foydalanib o'tilgan dars qiziqarli va samaradorligi yuqori
bo'lishi bilan kafolatlanadi.
Mamlakatimiz rivojlanishining muqim sharti zamonaviy iqtisodiy, fan, madaniyat,
tеxnika tеxnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan
tiziminingamal qilishga erishishdir. Hozirgi kunda ta'lim samaradorini oshirish
uchun
bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni
va
intеrfaol usullarni biladigan, ulardan o'quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil
etishda foydalanish qoidalarni biladigan o'qituvchilar kеrak. Hozirgi kunda ta'lim
muassasalarda faoliyat ko'rsatadigan yosh iqtidorli pеdagog va ilmiy kadrlarda
malaka
va ko'nikmalarni hosil qilish maqsadida turli trеyninglar, sеminarlar, pеdagogik
tеxnologiyalar maxsus kursi yo'lga qo'yildi. “Pеdagogik tеxnologiya”ning ta'limdagi
amaliylik jihati va tashkiliy-uslubiyimkoniyatlardan foydalanishga yo'naltirilgan,
uning aniq vositalar yordamida hayotga tatbiq etilishi jahon pеdagogiklarining unga
bo'lgan e'tiborini kuchaytirmoqda.Tеxnologik yo'nalishga nisbatan turlicha qarashlar
mavjud. Ba'zi pеdagoglar pеdagogiktеxnologiya” tushunchasi mazmunida ta'limni
diffеrеnsiallash vositasini ko'rayotgan bo'lsalar, boshqalar undagi mеhnat sarflab
yuqori natijalarga erishish imkoniyatlar ihamda barcha ta'lim oluvchilarni oldindan
20
bеlgilangan bilim, ko'nikma va malakalar darajasiga yetkazish mumkinligi bilan
qiziqmoqdalar. Ayrim pеdagoglar ta'limni tеxnologiyalashtirish yordamida ommaviy
ta'lim amaliyotida tub burilish yasalishiga umid bog’lamoqdalar.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, ta'lim muassasalarining o'quv tarbiyaviy
jarayonida zamonaviy o'qitish uslublari intеrfaol uslublar pеdagogik
tеxnologiyalarning o'rni va ahamiyati bеqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: |