30
Đngliz tilidagi matnlarni o’zbek
tiliga va aksincha, o’zbek tilidagi matnlarni ingliz tiliga
o’girishning ommaviy kompyuter metodlarini qo’llash, tillarga kompyuter yordamida o’qitish,
bilimlarni baholash, matnlarni tahrirlash eng dolzarb muammolar hisoblanadi.
Đnglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha kompyuter tarjimasi
dasturlari ham juda katta
ahamiyatga ega. Malumki, ingliz va o’zbek tillari leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra bir-
biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ingliz tilidan o’zbekchaga va o’zbekchadan inglizchaga
kompyuter tarjimasini yaratish o’ziga xos qiyinchliklarni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda rus tili
vositasida ingliz tilidan o’zbek tiliga avtomatik tarjima qiluvchi dasturlarning
versiyalari elon
qilingan.
Ammo biz taklif qilayotgan ingliz tilidan o’zbek tiliga kompyuterda tarjima qilish dasturi
vositachi tilsiz amalga oshiriladi.
Takidlash lozimki, mazkur ish gaplarning sintaktik analiz qilish
algoritmlari va formal modellari bazasi asosida amalga oshiriladi.
Đngliz tilidan o’zbek tiliga kompyuterda tarjima qilish algoritmi
Algoritm quyidagi vazifalarni hal qilish uchun mo’ljallangan:
I.I. Analiz-bunda ingliz tilidagi gap quyidagi soddalashtirilgan
model ramkasida sintaktik
tahlil qilinadi.
1.1.
Ushbu model faqat sodda gaplarni qamrab oladi.
2.
Gapning har bir bo’lagi bitta so’zdan iborat bo’ladi.
3.
Gaplarda aniqlovchilar bo’lmaydi.
4.
Gaplarning standart tiplari ko’rib chiqiladi (darak gap (ega Q kesimQ to’ldiruvchi Q
hol), so’roq, inkor va so’roq-inkor gaplar).
5.
Felning quyidagi tuslanishli shakllarni qamrab oluvchi kesimli gaplar ko’rib
chiqiladi:
a) shaxs (I, II, III shaxs);
b) son (birlik va ko’plik);
v) zamon (o’tgan, hozirgi, kelasi);
g) harakat tipiga ko’ra (Simple)
d) maylga ko’ra (in)
e) nisbatga ko’ra (Active)
II.
Tarjimada gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga o’giriladi.
Algoritm quyidagi etaplardan tashkil topadi:
1)
gap kiritiladi;
2)
gapning har bir so’zi
i
α
massivining elementlariga qo’shiladi;
3)
i
α
massivining elementlari yordamida lug’at elementlari bilan taqqoslanadi, bu
lug’atda olmosh, ko’makchilar, ko’makchi va modal fe’llar, artikllar va noto’g’ri fe’llar ro’yxati
mavjud bo’ladi;
4)
agar so’zlar yordamchi lug’atda topilmasa, unda taqqoslash maxsus lug’at yordamida
davom ettiriladi;
5)
topilgan so’zlar yordamchi lug’atga
beriladi, bu erda so’zga ushbu so’zni va uning
tarjimasini saqlovchi kod beriladi;
6)
bunday so’z lug’atlarda mavjud bo’lmasa, so’z shakl yasovchi
affikslardan ajratib
olinadi va 5-ish bajariladi;
7)
agar so’zlar yordamchi va maxsus lug’atlardan topilmasa, ushbu so’zning yo’qligi
haqida malumot kiritiladi;
31
8)
gap 2 guruhga bo’linadi: kesimgacha bo’lgan so’zlar ega guruhiga kiradi (ega
guruhiga ega);
9)
kesimdan boshlanib gapning oxirgacha bo’lgan so’zlar
kesim guruhi hisoblanadi
(kesim guruhga: kesim, to’ldiruvchi, hol);
10)
kesim guruhidan kesim ajratib olinadi;
11)
so’ngra to’ldiruvchi ajratiladi;
12)
gapning qolgan qismi hol hisoblanadi;
13)
gapning har bir bo’lagi shakl yasovchi qo’shimchalarsiz arjima qilinadi;
14)
tarjima qilingan gap bo’laklaridan o’zbek tilidagi gap tuziladi, u albatta ingliz tilidagi
gap konstruktsiyasiga mutanosib bo’ladi;
15)
o’zbek tilidagi so’zlarga ingliz tilidagi so’zlarga mutanosib ravishda affiks va
ko’shimchalar qo’yib chiqiladi;
16)
tarjima chiqarib beriladi («tarjima» rejimida);
17)
analiz chiqarib berilad («analiz» rejimida).
Dostları ilə paylaş: