28
moddiy asosiga (obektiga) ko’ra kengligi va murakkabligi, serqirraligi
va materiyaga xos turlicha
harakatlarni ifodalashi, doimiyligi bilan boshqa semantik maydonga kiruvchi fe’l leksemalardan
ajralib turadi. Harakatning realligi, obektivligi, uning muayyan jonli mavjudot
tomonidan amalga
oshirilishi, unda «moddiylashishi» bilan bog’liq ekan, demak, mantiqiy subektning mavjudligi
uning mutlaq harakati bilan ham o’lchanadi. Aniqrog’i, harakat materiyaning yashash shakli
hisoblanadi.
Obektiv borliqdagi kauzallanuvchi narsa-predmetlarga, shaxs hamda hayvonlarga xos turlicha
faol harakatlarni ifodalovchi fe’llar nutqda juda ko’p ishlatilishi va
murakkab semantik tuzilishi
bilan farqlanib turadi. Harakat fe’llari sememasining mushtarak semasi «faol harakat» bo’lib, u
fe’llarni bir makrosistemaga (semantik maydonga) birlashtirib turadi. Yani mushtarak sema
xarakteridagi «faol harakat» semasi asosida fe’llarning semantik maydoni yuzaga keladi.
1
Semantik tasnifda harakat fe’llari sememasidagi faqat atash (denotativ)semalar aniqlanadi.
Fel-semema tarkibidagi ifoda (konnotativ) va boshqa semalarni tekshirish alohida yirik
tadqiqotlarni
talab qiladi, fe’llar asosida yaratiladigan kompyuter dasturlari uchun lingvistik tamin
ishlab chiqishda hozircha ularning ko’chma manolari hisobga olinmaydi.
LSGlarda «dinamik (faol) harakat» mushtarak sema, «gorizontal», «vertikal», «aylanma»,
«tebranma», «predmetning tik holatdan boshqa (yotiq) holatga o’tishini bildiruvchi», «nafas va
tovush chiqarish harakatini ifodalovchi», «natijali ijro», «natijasi mavhum ijro», «og’iz
bo’shlig’idagi harakatlar» kabi semalar esa birlashtiruvchi sema hisoblanadi. o’zbek
tilidagi
harakat fe’llarida namoyon bo’luvchi mantiqiy subekt harakati yuqoridagi ko’rinishlarda sodir
bo’ladi. Demak, obektiv borliqdagi turlicha harakatlarni aks ettiruvchi fe’llar semantikasining
murakkab xarakteri mantiqiy ravishda harakat fe’llarining qayd etilgan 9 ko’rinishdan
iborat
semantik guruhlanishga olib keldi.
O’zbek tilidagi harakat semali fe’llar asosidagi mazkur malumotlar bazasi lingvistik
kompyuter dasturlari (tarjima, tahrir va h.k.) uchun mo’ljallangan. Malumotlar bazasi asosida
yaratilgan dasturdan, shuningdek:
a) o’zbek, ingliz tilidagi harakat semali fe’llarning tuslanishini o’rganmoqchi bo’lgan ixtiyoriy
inson;
b) o’zbek, rus, ingliz tillari bo’yicha tilshunos mutaxassis;
v) lingvistika sohasidagi kompyuter dasturchilari foydalanishlari mumkin.
Lingvistik taminga izoh beramiz. 1-jadvalda berilgan axborot bankida o’zbek, rus va ingliz
tillaridagi harakat semali fe’llarning lug’at vokabulasidagi shakllari keltirilgan. Malumotlar bazasini
yaratishda rus tilidan foydalanishimizga quyidagilar sabab bo’ldi:
a) o’zbek va ingliz tillarini bog’lashda rus tili asosiy vosita hisoblanadi.
Negaki hozircha
mukammal darajadagi o’zbekcha-inglizcha lug’atlar yaratilmagan. Shunga kûra dastlab tarjimada
o’zbekcha-ruscha, so’ngra ruscha-inglizcha lug’atlardan foydalandik
2
;
b) rus tilining ham dunyoviy tillardan biri sifatida yaxshi bilish dolzarb masala bo’lganligi
tufayli o’zbek tilidagi harakat semali fe’llarining rus tilidagi muqobillarini tekshirish qiziqarli
nazariy va amaliy natijalarni berishi mumkinligi hisobga olindi.
1-jadval, asosan, fe’l semantikasi asosida tuzildi. Demak,
lingvistik tamin yaratishda
semantik guruhlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jadval uchun fe’l-sememalarning semantik
tasnifi asos hisoblanadi (fe’llarning har bir semantik guruhi qora chiziq bilan ajratib ko’rsatilgan).
Takidlash zarurki, jadvaldagi fe’llar tarjimasidan kelib chiqqan holda: «rus va ingliz tilidagi fe’l-
sememalarni ham xuddi shu tarzda semantik tasnif qilish mumkin»,-deb xulosa qilish maqsadga
muvofiq emas (biz bunday davodan yiroqmiz), faqat tarjimada keltirilgan fe’llarning mano-
mohiyati ayni fe’llarning o’zbekchasiga to’liq
mos keladi, xolos. 2-jadvalda o’zbek tilidagi
1
Áó ùà=äà =àðàíã:
Кузнецов А.М. О применении метода компонентного анализа в лексике. –С.260.;
Цветков
Dostları ilə paylaş: