6
mazkur tadqiqotlar rus tili bo’yicha jahon kompyuter tarmoqlarida malumotlar bazasi yaratilishiga
va buning natijasi sifatida rus tilidagi matnlarni avtomatik tarzda boshqa
tillarga tarjima qiluvchi
dasturlarning vujudga kelishi uchun asos bo’ldi. o’zbek tilida ham shu kabi malumotlar bazasini
yaratish bugungi kundagi eng dolzarb vazifadir.
Rus kompyuter tilshunosligida taraqqiy qilgan yana bir yo’nalish
matnlarni avtomatik
tahrirlovchi yo’nalishdir. Mazkur yo’nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlar sirasiga
R.R.Kotov,
V.E.Berzon,
V.G.Britvin,
Đ.A.Melchuk,
L.Đ.Belyaeva,
V.A.Chijakovskiy,
G.G.Belonogov, Đ.S.Duganova, A.B.Kuznetsov kabilarni kiritish mumkin.
2
Ushbu olimlarning
asosiy xizmati shundaki, ular avtomatik tahrir qiluvchi dasturlar uchun
lingvistik tamin yaratib berishgan. Buning natijasida kompyuterlardagi
ruscha matnlarni
tahrirlovchi dasturlar ishlab chiqilgan. Bu dasturlar bugungi kunda barcha kompyuterlarda mavjud.
Yani bunda noto’g’ri yozilgan so’zning tagiga qizil chiziq chiziladi, so’z to’g’ri yozilganidan so’ng
chiziq yo’qoladi. Ko’rinadiki, bu dastur asosan imloni tekshirishga mo’ljallangan, unda uslubiy
xatolarni aniqlash ko’zda tutilmagan. Kelajakda
yaratiladigan dasturlar, umid qilamizki, avtomatik
tahrirning bu jihatlarini ham etibordan chetda qoldirmaydi.
Takidlash
lozimki,
bunday
dasturlarni ishlab chiqish uchun til birliklarining nafaqat fonetik, semantik, morfologik xususiyatlari
balki aynan sintaktik – valentlik xususiyatlari hisobga olingan lingvistik tamin yaratish lozim
bo’ladi.
2
Rus tilshunosligida avtomatik tarzda tilga o’qitish yo’nalishida
ham izchil tadqiqotlar olib
borilgan. Ular oliy va o’rta maktabda til o’qitishni optimallashtirishning psixologik- kibernetik,
semiotik, lingvo–statistik, injener-lingvistik va lingvodidaktik
asoslarini ishlab chiqishga
yo’naltirilgan. Xususan, G.G.Piotrovskiyning «Kompyuterizatsiya prepodavaniya yazo’kov» o’quv
qo’llanmasida EHM vositasida o’qitish, yani lingvodidaktik vazifalarni kompyuter yordamida
echish, til o’rgatish jarayonini optimallashtirish, o’qituvchi lingvistik avtomat (OLA) uchun nutqiy
materiallarni tayyorlash (tanlash) kabi masalalar tadqiq qilingan.
3
Tadqiqotlar natijasida ko’plab
o’LA (OLA) lar uchun lingvistik tamin yaratilgan bo’lib, bu dasturlar rus tilini o’qitish
jarayonini
optimallashtirishga xizmat qiladi.
немецко-русского автоматического словаря для публицистических и научных текстов). КД.-Кишинов, 1971;
Dostları ilə paylaş: