4
bugungi kunda dastlabki manba, yani axborot olish hayotiy zaruriyatga aylandi. Shunga kûra jahon
bozorida
axborot - malumot oltindan ham qimmatroq baholanadi. Mazkur axborotni topish,
saqlash, qayta ishlash va boshqalarga etkazishning qulay usullariga bo’lgan ehtiyoj kun
sayin oshib
bormoqda. Bu esa XX asrning buyuk kashfiyoti bo’lgan kompyuter va kompyuter texnologiyalari
sohasi uchun katta vazifalarni vujudga keltirdi. Kompyuter texnologiyalari fanning barcha
tarmoqlariga, xalq xo’jaligi, sport, sanat,
tibbiyot, umuman, ijtimoiy hayotning har bir sohasiga
kirib keldi. Fan yo’nalishlarini kompyuterlashtirish ilmning asosiy shartlaridan bo’lgan
obektivlik
va
aniqlikka amal qilishi munosabati bilan tez rivojlana boshladi va u qo’llanilgan barcha sohalarda
yutuqlarga erishildi. Xususan, kompyuter bemorni tekshiradi, aniq tashxis qo’yadi,
muolajalar
belgilaydi, musiqa yozadi, rasm chizadi va hokazo. Bugungi kunda gumanitar sohalar, xususan, til
va kompyuter, adabiyot va kompyuter masalalariga juda katta etibor berilmoqda. Chunki
takidlanganidek, axborot asri bo’lgan XXI asrda oltindan qimmatroq bo’lgan
malumotni zarar
etkazmay qabul qilish, ishonchli saqlash va eng qulay tarzda boshqalarga etkazib berish
til bilan
bevosita bog’liqdir. Shunga ko’ra
kompyuter lingvistikasi fani vujudga keldi. Mazkur fan XX
asrning o’rtalarida paydo bo’lgan matematik lingvistika fani asoslaridan kelib chiqqan. Matematik
lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqish edi. Shuning
uchun matematika lingvistika hal qilishi lozim bo’lgan vazifalar umumiy lingvistikaning formal va
aksiomatik nazariyalarini va aniq tillarning matematik modellarini ishlab chiqishdan iborat bo’ldi.
Shu tariqa tabiiy tillar grammatikasi formal modelining tuzilishi kompyuterda tarjima qilish, tillarga
o’rgatish, bilimlarni matndagi testdan o’tkazish, matnlarni tahrirlash kabi amaliy dasturlarni ishlab
chiqishga asos bo’lgan holda kompyuter lingvistikasini yaratdi. Kompyuter
lingvistikasi fanining
asosiy maqsadi lingvistik masalalarni hal qilishning kompyuter dasturlarini yaratishdir.
1
Uning
asosiy vazifalariga tillarga o’qitish, bilimlarni tekshirish , matnlarni turli jihatdan tahrirlash va
mashina tarjimasi uchun mo’ljallangan dasturlarni ishlab chiqish kabilar kiradi. Bularni kompyuter
tilshunosligining o’ziga xos yo’nalishlari deb atash mumkin. Ayni vazifalarni kompyuter o’z-
o’zidan amalga oshirmaydi, albatta. Buning uchun zarur dasturlarni muayyan algoritmik tilda inson,
yani tilshunos dasturchi yaratadi. U bu dasturlarni tuzishda maxsus suniy tillardan foydalanadi.
Hozirda internet malumotlariga ko’ra suniy tillarning quyidagi turlari mavjud:
a) sintez qiluvchi dasturlar uchun:
Paskal, Si, Prolog, Lisp, Okkamyu tillari;
b) yig’uvchi dasturlar uchun:
Modula-2, Ada, Eyfe’l, Component Paskal tillari;
v) aniqlashtiruvchi dasturlar uchun:
Si
++++++++
Dostları ilə paylaş: