3
1 – MA’RUZA
FANNING BO’LIMI VA MAVZUSI, MA’RUZA MAZMUNI
REJA:
1.1. Kompyuter lingvistikasi kursining mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati.
1.2.Tilning ijtimoiy va informativ funktsiyasi.
1.3. Matematik va kompyuter lingvistikasi fani, tarixi va zamonaviy holati.
1.4. Tilshunoslik tarixida kompyuter lingvistikasining tutgan o’rni. Ananaviy tilshunoslikdan
kompyuter lingvistikasining farqlari.
1.5. Evropadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar.
1.6. Rossiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar.
1.7. Turkologiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar.
1.8. O’zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar
Tayanch tushunchalar: Tilshunoslik tarixida kompyuter lingvistikasining tutgan o’rni.
Ananaviy tilshunoslikdan kompyuter lingvistikasining farqlari.
Evropadagi kompyuter
lingvistikasiga oid tadqiqotlar. Rossiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar.
Turkologiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. o’zbek tilshunosligidagi kompyuter
lingvistikasiga oid tadqiqotlar, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida
kompyuterdan unumli
foydalanish, lingvistikaga doir masalalar (tillarga o’qitish, bilimlarini baholash, matnlarni tahrir
qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish)ni kompyuter vositasida hal qilish yo’llarini o’rganish,
matematik
mantiq asoslari, tabiiy tillarning matematik modeli, o’zbek tilining matematik modeli,
o’zbek tilining kompyuter uslubi va b.
O’zbek tilining Davlat tili maqomiga ega bo’lishi, uning jahon miqyosida obro’-etiborining
ko’tarilishi, o’zbek tilini o’rganishga jahon xalqlari intilishining kuchayishi o’zbek tilini o’rgatishga
mo’ljallangan kompyuter dasturlariga bo’lgan ehtiyojni yanada orttirmoqda. Negaki,
bunday dasturlar
o’zbek tili leksikasini oson o’zlashtirishga, u yoki bu tushunchalarni ifodalovchi so’zning manosi,
sinonimik variantlarini sanoqli soniyalar yordamida topishga, xususan, fe’lning shaxs-son va zamonda
tuslanishi, valentligi haqida to’liq malumot olishga imkoniyat yaratishi mumkin.
o’zbek tilidagi barcha so’z
turkumlari asosida kompyuter dasturlarini yaratish juda katta hajmli, keng qamrovli ish bo’lganligi tufayli
tadqiqotchi ish doirasini chegaralab olishi zarur. Malumki, har qanday kompyuter dasturi lingvistik taminga
ehtiyoj sezadi.
Lingvistik tamin, yani malumotlar bazasi muayyan tilning grammatik qonuniyatlari,
qolaversa, semantik imkoniyatlari asosida yaratiladi. o’zbek tilidagi barcha fe’llar asosida birdaniga
lingvistik tamin yaratish mumkin emas. Shunga kûra fe’llarni leksik-semantik guruhlarga bo’lgan
holda
lingvistik tamin yaratish tadqiqotchiga sistem ravishda ishlash imkonini beradi. Xususan, o’zbek tilidagi
harakat fe’llarining semantikasi va valentligini tadqiq qilish asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik
tamin yaratish mumkin. Shu tariqa o’zbek tilidagi barcha so’z turkumlari asosida malumotlar bazasini
yaratish va uni jahon axborotlar bankiga kiritish zarurdir. Ushbu vazifalarni hal qilish nazariy va amaliy
tilshunoslikning
uzviyligini taminlab, nazariy tadqiqotlar natijalarini jamiyat manfaatlari yo’lida
qo’llashga imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan bugungi o’zbek tilshunosligi fanida hal qilinishi
lozim bo’lgan masalalar xalq manfaati va mustaqil davlatning rivojlanishi uchun xizmat qilishi
kerak. Zero, yurtimiz sardori Đ.A.Karimov takidlaganlaridek:
«Fanning vazifasi kelajagimizning
Dostları ilə paylaş: