Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 349,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/32
tarix06.05.2023
ölçüsü349,08 Kb.
#108533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
kompyuter lingvistikasi 2019

6.4. 
6.5. 
6.6. 
Dastur algoritmi. 
Dasturning ishlash tamoyili.
O’zbek tilining axborot – kompyuter uslubini yaratish. 
Tilning axborot uslubi nazariyasi. 
O’zbek tilining axborot – kompyuter uslubini yaratish mezonlari. 
Axborot – kompyuter uslubida sinonimlar, frazeologizmlar va 
polisemantik so’zlarning mavqei. 
 
 
JAMI:
12 
 



1 – MA’RUZA 
FANNING BO’LIMI VA MAVZUSI, MA’RUZA MAZMUNI 
REJA: 
1.1. Kompyuter lingvistikasi kursining mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati.
1.2.Tilning ijtimoiy va informativ funktsiyasi. 
1.3. Matematik va kompyuter lingvistikasi fani, tarixi va zamonaviy holati. 
1.4. Tilshunoslik tarixida kompyuter lingvistikasining tutgan o’rni. Ananaviy tilshunoslikdan
kompyuter lingvistikasining farqlari. 
1.5. Evropadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. 
1.6. Rossiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. 
1.7. Turkologiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. 
1.8. O’zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar 
 
Tayanch tushunchalar: Tilshunoslik tarixida kompyuter lingvistikasining tutgan o’rni.
Ananaviy tilshunoslikdan kompyuter lingvistikasining farqlari. Evropadagi kompyuter 
lingvistikasiga oid tadqiqotlar. Rossiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. 
Turkologiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. o’zbek tilshunosligidagi kompyuter 
lingvistikasiga oid tadqiqotlar, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida kompyuterdan unumli 
foydalanish, lingvistikaga doir masalalar (tillarga o’qitish, bilimlarini baholash, matnlarni tahrir 
qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish)ni kompyuter vositasida hal qilish yo’llarini o’rganish, 
matematik mantiq asoslari, tabiiy tillarning matematik modeli, o’zbek tilining matematik modeli, 
o’zbek tilining kompyuter uslubi va b. 
O’zbek tilining Davlat tili maqomiga ega bo’lishi, uning jahon miqyosida obro’-etiborining 
ko’tarilishi, o’zbek tilini o’rganishga jahon xalqlari intilishining kuchayishi o’zbek tilini o’rgatishga 
mo’ljallangan kompyuter dasturlariga bo’lgan ehtiyojni yanada orttirmoqda. Negaki, bunday dasturlar 
o’zbek tili leksikasini oson o’zlashtirishga, u yoki bu tushunchalarni ifodalovchi so’zning manosi, 
sinonimik variantlarini sanoqli soniyalar yordamida topishga, xususan, fe’lning shaxs-son va zamonda 
tuslanishi, valentligi haqida to’liq malumot olishga imkoniyat yaratishi mumkin. o’zbek tilidagi barcha so’z 
turkumlari asosida kompyuter dasturlarini yaratish juda katta hajmli, keng qamrovli ish bo’lganligi tufayli 
tadqiqotchi ish doirasini chegaralab olishi zarur. Malumki, har qanday kompyuter dasturi lingvistik taminga 
ehtiyoj sezadi. Lingvistik tamin, yani malumotlar bazasi muayyan tilning grammatik qonuniyatlari, 
qolaversa, semantik imkoniyatlari asosida yaratiladi. o’zbek tilidagi barcha fe’llar asosida birdaniga 
lingvistik tamin yaratish mumkin emas. Shunga kûra fe’llarni leksik-semantik guruhlarga bo’lgan holda 
lingvistik tamin yaratish tadqiqotchiga sistem ravishda ishlash imkonini beradi. Xususan, o’zbek tilidagi 
harakat fe’llarining semantikasi va valentligini tadqiq qilish asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik 
tamin yaratish mumkin. Shu tariqa o’zbek tilidagi barcha so’z turkumlari asosida malumotlar bazasini 
yaratish va uni jahon axborotlar bankiga kiritish zarurdir. Ushbu vazifalarni hal qilish nazariy va amaliy 
tilshunoslikning uzviyligini taminlab, nazariy tadqiqotlar natijalarini jamiyat manfaatlari yo’lida 
qo’llashga imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan bugungi o’zbek tilshunosligi fanida hal qilinishi 
lozim bo’lgan masalalar xalq manfaati va mustaqil davlatning rivojlanishi uchun xizmat qilishi 
kerak. Zero, yurtimiz sardori Đ.A.Karimov takidlaganlaridek: «Fanning vazifasi kelajagimizning 

Yüklə 349,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin