10
suyangan. Yani uning «Statisticheskiy analiz leksiko–morfologicheskoy strukturo’ uzbekskix
gazetno’x tekstov» (nomzodlik dissertatsiyasi)
3
va «o’zbek tilining alfavitli–chastotali lug’ati
(gazeta tekstlari asosida)»
4
asarlari yuqoridagi asarning yozilishida manba bo’lib xizmat qilgan.
S.Rizaev «Kibernetika va tilshunoslik» asarida tilshunoslikda aniq metodlarning qo’llanilishi
va bunda EHMni qo’llash, til va nutq hodisalariga statistik yondashishining sabablari hamda
matnlarni avtomatik qayta ishlash va
mashina tarjimasi muammolari, shuningdek, harflar
chastotasini aniqlashda EHMdan foydalanishga
doir malumotlar bergan
5
. S.Rizaevning ko’plab
boshqa ilmiy ishlari ham asosan kompyuter lingvistikasining statistik tahlil yo’nalishiga oiddir
6
.
Shu jumladan, olimning nomzodlik dissertatsiyasi ham o’zbek adabiy
tilining grammatik va
fonologik sistemasini statistik tekshirishga bag’ishlangan
7
.
A.Ayimbetovning doktorlik dissertatsiyasida statistik metodlardan foydalanilgan holda
o’zbek, qozoq va qoraqalpoq tillarining yaqinligi isbotlangan.
Ko’rinadiki, o’zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasining avtomatik tahrir (AT),
mashina tarjimasi (MT), avtomatik tarzda tilga o’qitish (ATo’) kabi yo’nalishlarida deyarli asarlar
yaratilmagan, kûrsatilganidek, mavjudlari statistik tahlilga doirdir.
Takidlash lozimki, bugungi kunda, axborot va kompyuter texnologiyalari
rivojlangan XXI
asrda o’zbek kompyuter lingvistikasi qayta tug’ilishni o’z boshidan kechirmoqda. « http: //
cl.nuu.uz» internet saytining malumotlariga ko’ra, o’zbek tilshunosligida
kompyuter
lingvistikasining barcha yo’nalishlari bo’yicha tadqiqotlar olib borishga asos solingan va bu borada
bir nechta ilmiy maqolalar ham elon qilingan
1
. o’zMU magistrlari U.Do’simova va
G.Valievalarning magistrlik dissertatsiyalarida o’zbek tilshunosligida ilk bora (rasmiy-idoraviy
uslub asosida) ayrim fe’l va otlarni modellashtirish
muammolari tadqiq qilindi
2
. Ayniqsa, ushbu
ilmiy ishlar sirasida «Razrabotka formalnoy modeli grammatiki uzbekskogo yazo’ka» maqolasi
etiborga molik bo’lib, unda o’zbek tili grammatikasi formal modelining namunasi keltirilgan.
Tilning formal modeli matematik mantiqning aksiomatik nazariyalari kontseptsiyasi asosida ishlab
chiqilgan.
Bizningcha, shu kabi maqolalar o’zbek tilini yangicha qarashlar asosida ham nazariy,
ham amaliy jihatdan tadqiq qilishga birdek hissa qo’shadi.
Malum bo’ldiki, S.Muhamedov va S.Rizaevlarning kompyuter tilshunosligiga oid yaratgan
asarlari bugungi kun kompyuter tilshunosligiga asos hisoblanadi. Ammo o’zbek kompyuter
tilshunosligini yangicha, zamonaviy texnologiyalar, dasturlar asosida rivojlantirish hamda samarali,
Dostları ilə paylaş: