5
dasturlarning yaratilishiga asos bo’ldi. Xususan, L.L.Nelyubin va uning shogirdlari tomonidan
ishlab chiqilgan so’zma-so’z tarjima qilishning ilmiy strategiyasi (rasmiy-idoraviy uslub asosida)
o’sha davr jahon injener lingvistikasi talablari va ilg’or tajribasiga monand bo’lgan edi.
1
L.L.
Nelyubin tadqiqotlarining quyidagi o’ziga xos jihatlarini takidlash lozim:
birinchidan,
ushbu
ishlarda so’z va iboralarning avtomatik lug’ati bilan birgalikda to’liq tarjima qilish imkoniyatini
beruvchi morfologik-sintaktik algoritm-freym yaratishga harakat qilingan;
ikkinchidan,
vujudga
keltirilgan tarjima dasturlari asosida o’qituvchi lingvistik avtomat (OLA-obuchayuhiy
lingvisticheskiy avtomat) yaratish meyorlari ishlab chiqilgan. Yani u o’quvchilarga ingliz tilidagi
rasmiy hujjatlarni rus tiliga tarjima qilishni o’rgatish imkoniyatini beradi. Prof. L.L.Nelyubinning
ilmiy faoliyatida mashina tarjimasi uchun (ingliz tili bo’yicha) algoritmlar va dasturlar ishlab
chiqish asosiy o’rinni egalladi. L.L.Nelyubin,
tabiiyki, mashina tarjimasida ingliz tili leksikasini
butunligicha qamrab ololmas edi. Shuning uchun u o’z tadqiqotlarining obekti sifatida AQSh harbiy
hujjatlarini belgiladi va bu sohada ko’plab ilmiy asarlar yaratdi.
2
Shuningdek, Yu.N.Marchuk tadqiqotlarida ham bir tabiiy tildan boshqa tilga bo’lgan tarjimani
modellashtirish tamoyillari,
tarjima birligi, tarjima jarayonining statikasi va dinamikasi
tushunchalari hamda EHM ishtirokidagi tarjimaning texnologik liniyalari tavsiflangan.
3
Yu.N.Marchuk ham tarjimani modellashtirish metodlari va uni avtomatlashtirish yo’llarini ishlab
chiqqan holda bugungi rus kompyuter lingvistikasiga asos solgan olimlardan hisoblanadi.
Shuningdek, ko’plab rus, ukrain, moldovan olimlari ham mashina
tarjimasi masalalari bilan
shug’ullanishgan, ularning izlanishlari kompyuter lingvistikasida muhim o’rin tutadi.
4
Xususan, bu
sohada ko’plab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlanganini alohida takidlash lozim. Bu
tadqiqotlar rus tilining nazariy va eng muhimi amaliy (barcha uchun foydali) jihatlarini tadqiq
qilishga sezilarli hissa qo’shgan. Ayniqsa, o’tgan asrning 60-80 yillarida mashina tarjimasi
jihatlarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan ko’plab ilmiy tadqiqotlar yuzaga keldi.
1
Takidlanganidek,
1
Dostları ilə paylaş: