Kompyuter lingvistikasi


Avtomatik tarjimaning ishlash algoritmi quyidagicha bo‘ladi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə62/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Avtomatik tarjimaning ishlash algoritmi quyidagicha bo‘ladi:

  1. Boshlanish - dasturlar paneli va menyu satri ko‘rinadi.

  2. Ishlash rejimi tanlanadi (tarjimaning yo‘nalishi - inglizchadan rus­chaga yoki ruschadan inglizchaga).

  3. Jumla kiritiladi va xotiradagi kodi qidirib topiladi.

  4. Topilgan kod maxsus dasturlar yordamida qayta ishlanadi va tarjima oynada paydo boiadi.

  5. Joriy rejimda ishlashni davom ettirish haqida so‘raladi.

  6. Dasturni yopish haqida savol so‘raladi.

  7. Dastur yopiladi.

Avtomatik tarjimada samaradorlikning yuqori bo‘lishiga tabiiy tillar- ning ayrim jihatlari - polisemiya (ko‘p ma’nolilik), omonimlik, frazeolo- gizmlar, idiomalar, paremalar, troplar to‘sqinlik qiladi. Shularni istisno qilganda, hozirda avtomatik tarjima yo‘nalishida yuqori samaradorlikka erishilgan. Hatto hozirda faqat avtomatik tarjima yo‘nalishiga bag‘ishlangan saytlar ham yaratilgan. Bu avtomatik tarjimaning keng qamrovda taraqqiy etayotgan sohalardan ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Hozirgi kunda inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha kompyuter tarjimasi dasturlari juda katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, ingliz va o‘zbek tillari leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan tubdan farq qila­di. O‘zbek tilida gap qurilishi SOV (ega+to‘ld+kes) qolipida bo‘lsa, ingliz tilida SVO (ega+kes+to‘ld) qolipidadir; o‘zbek tili agglutinativ tillar sirasi- ga kiradi, ingliz tili esa flektiv til hisoblanadi. Shuning uchun ingliz tilidan o‘zbekchaga va o‘zbekchadan inglizchaga kompyuter tarjimasini yaratish o‘ziga xos qiyinchliklarni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda rus tili vositasida ingliz tilidan o‘zbek tiliga avtomatik tarjima qiluvchi dasturlarning ver- siyalari e’lon qilingan.
Ammo biz taklif qilayotgan ingliz tilidan o‘zbek tiliga kompyuterda tar­jima qilish dasturi vositachi tilsiz amalga oshiriladi. Ta’kidlash lozimki, mazkur ish gaplarning sintaktik analiz qilish algoritmlari va formal model- lari bazasi asosida amalga oshiriladi.
Ingliz tilidan o‘zbek tiliga kompyuterda tarjima qilish algoritmi quyidagi vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan:

  1. Analiz - bunda ingliz tilidagi gap quyidagi soddalashtirilgan model ramkasida sintaktik tahlil qilinadi.

        1. Ushbu model faqat sodda gaplarni qamrab oladi.

  1. Gapning har bir bo‘lagi bitta so‘zdan iborat bo‘ladi.

  2. Gaplarda aniqlovchilar bo‘lmaydi.

  3. Gaplarning standart tiplari ko‘rib chiqiladi (darak gap (ega+kes+to‘ld+hol), so‘roq, inkor va so‘roq-inkor gaplar).

  4. Fe’lning quyidagi tuslanishli shakllarini qamrab oluvchi kesimli gap­lar ko‘rib chiqiladi:

  1. shaxs (1,11, III shaxs);

  2. son (birlik va ko‘plik);

v) zamon (o‘tgan, hozirgi, kelasi);
g) harakat tipiga ko‘ra (Simple)

  1. maylga ko‘ra (Indicative)

  2. nisbatga ko‘ra (Active)

  1. Tarjimada gaplar ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘giriladi.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin