refleksiv munosabat – bunda har qanday a elementi o‘ziga teng munosatda bo‘ladi va bu munosabat quyidagicha ifodalanadi: aRa (a=a)
simmetriklik xususiyati – bu xususiyat binar munosabatdagi aRb, bRa holatda ifodalanadi, ammo a>v bo‘lsa, u holda assimetriklik xususiyati vujudga keladi.
tranzitivlik xususiyati – bu xususiyat quyidagicha ifodalanadi: aRb, bRc, aRc.
Refleksivlik, simmetriklik va tranzitivlik xususiyatlari mavjud bo‘lgan binar munosabat ekvivalentlikka ega deyiladi. Ekvivalentlikning xususiy ko‘rinishi tenglikdir. Irreklefsivlik, assimetrilik va tranzitivlik mavzud bo‘lgan binar munosabatga qat’iy tartibli munosabat deyiladi. Tilshunoslik fanida paradigmaning bosh a’zosi va keyingi bo‘linishlar bosqichlilik qat’iy tartibli munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
2. Transformatsion yoki algoritmlik jihatdan til birliklarini tahlil qilish metodlari Bunday metodlar 2 xil usul bilan lingvistik modellar tizimiga asoslanadi:
1. Bevosita ishtirokchi (tuzuvchi)lar bilan bajariladigan operatsiyalar yoki qoidalar. Tilning sintaktik sathini tahlil qilishda deskreptiv lingvistikaning bevosita ishtirokchilar (BI)ga ajratish metodidan foydalaniladi. Gap strukturasi tarkibidagi bunday ishtirokchilarni aniqlash jarayoniga bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi deb yuritiladi. Bevosita ishtirokchilarga ajratish jarayoni yuqori sintaktik sath birliklaridan boshlanib, morfologiya, morfemika, fonologiya sathlarigacha davom ettiriladi. Masalan, Bizning guruh ilg‘orlikni egalladi, degan gapni quyidagicha bevosita ishtirokchilarga ajratish mumkin:
Bizning guruh ilg‘orlikni egalladi,
Bizning guruh ilg‘orlikni egalladi,
S
Bizning guruh ilg‘orlikni egalladi
S
Bizning guruh ilg‘orlikni egalladi
S
NP VP
Bizning guruh ilg‘orlikni egalladi
S
NP VP
Bevosita ishtirokchilar (BI) metodiga ko‘ra tayanch nuqta konstruksiya (qurilma) deb ataladi. Konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar (BI) ajratiladi.
Konstruksiya yoki qurilma deyilganda ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlikka aytiladi. Kattaroq konstruksiya tarkibiga kirgan so‘z yoki konstruksiya (morfema)ga ishtirokchilar deyiladi. Muayyan bir konstruksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir necha ishtirokchilar bevosita ishtirokchilar deb yuritiladi. Masalan, prof.A.Nurmonov Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini misra (jumla)sini yaxlit bir konstruksiya deb hisoblab, uni quyidagicha BIga ajratadi1:
Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini
Yoki Katta opam kecha chiroyli kuylak oldi, degan gapni bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi yordamida quyidagicha formallashtirish mumkin bo‘ladi: 1) S → NP + VP; 2) NP → A + N; 3) VP → Adv + NP + Vtr; 4) NP → A + N.
2. Transformatsion modellar tuzish qoidalari: bevosita tuzuvchilar bilan bajariladigan operatsiyalar so‘zlar yoki morfemalarda mavjud bo‘lgan sintaktik aloqalarni aniqlash qoidalaridan iborat. Bu qoidalarga ko‘ra 2 elementdan uchinchi bir yangi element hosil bo‘ladi.
Ikkita bevosita tuzuvchi sintagma hosil qiladi. Bu sintagmalardan gaplar tuziladi. Gaplar hosil qilishning bosqichli tartibi shundaki, agar kesimga ega tobelik qilsa, u holda bunday gaplarda kesim guruhi etakchi bo‘ladi. Ba’zan ayrim gaplarda ega guruhi alohida, kesim guruhi ham alohida bo‘lishi mumkin, har bir sintagma o‘z sintaktik xususiyatiga ko‘ra yadroga teng hisoblanadi. Yadrolarni ixchamlashtirish va shu asosda gapning eng kichik qolipini aniqlash mumkin. Sintagmalar 2 xil sintaktik munosabatga asoslanadi: