Adabiyotlar: 1. Fayzullayev O. Matematika va falsafa yoxud matematika falsafiy nuqtai nazardan qanday fan? // “Ma’rifat” gazetasi, 2005-yil 26-fevral.
2. Эшқобил Шукур. Она тилимиз “ҳужайралари” ёхуд cўз математикаси // “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, 2006 йил 24 февраль, 8 (3837)-сон.
3. Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Тошкент, 2001. – Б. 56-70.
4. Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва йўналишлари.–Андижон, 2006. – Б. 120-133.
5. Исомиддинов З. Ўзбек тилида товушлар интенсивлиги // Тил ва адабиёт таълими, 2005. № 1. - Б. 88-91.
6. Отақўзиев Д. Тилшунослик ва математиканинг алоқаси ҳақида // Ўзбек филологиясининг долзарб масалалари (республика илмий-назарий анжумани материаллари). – Наманган, 2006. – B. 349-252.
7. Yo‘ldoshev B. Matematik va kompyuter lingvistikasi (uslubiy qo‘llanma). – Samarqand: SamDU nashri. 2007. – B. 31-32.
8. Muxamedova S. Kompyuter lingvistikasi (metodik qo‘llanma). – Toshkent: ToshDPU nashri, 2007. – B. 17-21.
Mustaqil ta’lim mavzulari: 1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish
2. Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash
3. Formal grammatika yaratish nazariyasi
Glossariy Bevosita ishtirokchilar (immediate constituents) – sintaktik model hisoblanadi. Bevosita ishtirokchilar metodiga muvofiq tayanch nuqta konstruksiya hisoblanadi. Konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi.103 Konstruksiya atamasi ostida ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik tushuniladi. Ishtirokchilar deb kattaroq konstruksiya tarki- biga kirgan so‘z yoki konstruksiyaga aytiladi. Muayyan konstruksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilarga bevosita ishtirokchilar deyiladi. Masalan, A’lochi talabalar o‘z vazifalarini aniq va puxta bajaradilar. Bu jumla konstruksiya hisoblanadi, uning tarkibidagi barcha ma’noli so‘zlar («va» bog‘lovchisidan tashqari) ishtirokchilar, bevosita aloqaga kirishgan so‘zlar bevosita ishirokchilar deyiladi. Bunda a’lochi so‘zi talabalar so‘zi bilan, aniq, puxta so‘zlari bajaradilar so‘zi bilan, o‘z so‘zi vazifalarini so‘zi bilan o‘zaro zich bog‘langan. Demak, bevosita ishtirokchilar sintaktik modelda dastlab so‘z birikmalari ajratiladi, so‘ngra ular gap ichida birlashtiriladi.