Kompyuter savodxonligi


Kompyuter savodxonligi kurslari bo‘yicha yakuniy nazorat5 uchun nazariy savollar va amaliy topshiriqlar 1-topshiriq



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə77/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

Kompyuter savodxonligi kurslari bo‘yicha yakuniy nazorat5 uchun nazariy
savollar va amaliy topshiriqlar
1-topshiriq.
1) Kompyuter qanday qismlardan tashkil topgan? Ularning vazifalari.
2) Kompyuterning monitori qanday vazifani bajaradi? Ularning turlari, ishlash
prinsiplari, asosiy texnik xarakteristikalari.
3) Sistema bloki, uning tarkibi.
4) Chop etish qurilmalari, ularning turlari, ishlash prinsiplari.
5) Markaziy protsessorlar, ularning turlari, asosiy parametrlari.
6) Ichki va tashqi xotiralar, ularning turlari, xarakteristikalari.
7) Texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiena qoidalari.
2-topshiriq.
1) Kompyuterni yoqing va to‘g‘ri o‘chiring.
2) Windowsning standart dasturlaridan biri (Kalkulyator, Bloknot, Paint va
boshqalar)ni ishga tushiring va unda ishlashni tugating.
3) Ish stolida ixtiyoriy nomdagi katalog (papka, direktoriy) yarating, nomini
o‘zgartiring va o‘chiring.
4) Paint dasturi uchun ish stolida yorliq yarating, uning nusxasini ish stolining o‘ng
past burchagiga joylang, ularni qayta nomlang va o‘chiring.
5) Paint dasturini ishga tushiring. Uning oynasi ustida standart amallarni
bajaring.
6) Mening hujjatlarim katalogida ikkita: AAA va VVV yarating. AAA da AAV
katalog yarating va undan nusxa olib, VVVga joylang, hosil bo‘lgan katalogni AVA
deb qayta nomlang. AAA va VVV kataloglarni o‘chiring.
7) Moy kompyuter (Mening kompyuterim) yordamida kompyuterdagi disklarning
har biri haqidagi ma’lumotlar (ularning umumiy hajmi, ulardagi bo‘sh joy va
boshqalar) bilan tanishing.
8) Provodnik dasturini ishga tushiring; S: diskdagi kataloglar ro‘yxatini ekranga
chiqaring; kataloglardan biriga kiring, undan chiqib, ikkinchi diskka o‘ting va
uning kataloglari bo‘ylab yuring. Dastur bilan ishlashni tugating.
3-topshiriq.
1) Paint dasturini ishga tushiring. Unda deraza rasmini chizing. Undan nusxa olib,
ikkinchi derazani yasang. Rasmni Deraza nomi bilan saqlab qo‘ying.
2) Paint dasturini ishga tushiring. Unda uy rasmini chizing. Uni chop eting.
3) Paint dasturini ishga tushiring. Unda bir necha doira va oval chizing. Ularni
turli ranglar bilan bo‘yang.
4) Paint dasturini ishga tushiring. Unda Dekart koordinata sistemasini va biror
sodda funksiya grafigini chining. Rasmga " y = f (x)" degan matnni qo‘shing.
5) Paint dasturini ishga tushiring. Unga biror rasmni yuklang. Uning biror
bo‘lagini kesib olib, yangi rasm yarating. Unga matn qo‘shing va yangi nom bilan
saqlab qo‘ying.
5 Yakuniy nazorat uchun quyidagi topshiriqlardan ixtiyoriy beshtasini tanlab, ular asosida variantlar tuzish tavsiya
etiladi.
135

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin