Kompyuter savodxonligi


ELEKTRON JADVAL DASTURLARI. 8.1



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə52/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Excel
8. ELEKTRON JADVAL DASTURLARI.
8.1.
Excel elektron jadvallar dasturining tashqi ko‘rinishi va uskunalar
paneli.
Excel elektron jadvallar muharriri Microsoft firmasining avtorlik
huquqlari bilan himoyalangan MS Office dasturlar paketining tarkibiy qismi
bo‘lib, u turli sohalarda keng qo‘llaniladi. Unda turli xil hisob-kitoblar amalga
oshiriladi va hujjatlar tayyorlanadi.
Excel matnlar, o‘zgarmaslar, formulalar va jadvallar bilan ishlashda
qulaylik yaratadi.
Excel elektron jadvallar muharriri o‘ziga xos ko‘rinishga egadir. Uning
interfeysi quyidagicha:
Excelning ishchi oynasi bir qancha qismlardan iborat bo‘lib, ular
quyidagilardir:
1. Sarlavha satri.
Sarlavha satrida Excel jadval muharririda ochilgan ishchi kitobning nomi
aks etadi.
2. Menyu satri.
Menyu satri o‘z ichiga vazifalari bo‘yicha turkumlangan buyruqlar va
xizmatlar yig‘indisini olgan.
3. Uskunalar paneli.
85
Uskunalar paneli har biri alohida funksiyani bajaruvchi tugmalar
yig‘indisidir. Uskunalar panelidagi biron-bir tugmaning bosilishi Excel
dasturining mos buyrug‘ini ishga tushiradi.
4. Formulalar satri
Bu satrga formula va funksiyalar kiritiladi. Shuningdek, ushbu satrda
joriy katakdagi ma’lumotlar (matn, formula va funksiyalar) aks ettiriladi.
5. Katak manzili.
Mazkur maydonda ochilgan joriy ishchi kitobdagi faol (aktiv) katak
(yacheyka)ning manzili aks etadi. Ushbu maydon ochilganda barcha nomlangan
kataklarning (agar mavjud bo‘lsa) va joriy ishchi kitobning diapazonlari ro‘yxati
chiqadi.
6. Holat satri.
Ushbu satr ishchi kitobda amalga oshirilayotgan amallar haqida ma’lumot
beradi, shuningdek, unda CAPS LOCK, NUM LOCK, SCROLL LOCK tugmalarining
holati aks etadi.
7. Sahifadan sahifaga o‘tkazish belgilari.
Excel
jadvallar muharririda bir necha sahifalardan iborat jadvallar
bilan ishlash imkoniyati mavjud. Mazkur panel esa bir sahifadan ikkinchisiga
o‘tish imkoniyatini beradi.
8. Menyu satri.
Menyu satri quyidagi bo‘limlardan iborat:
Fayl;
Pravka (Tahrir);
Vid (Manzara);
Vstavka (Joylash);
Format;
Servis (Xizmat);
Dannыe (Ma’lumotlar);
Okno (Oyna);
Spravka – Ko‘mak.
Yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlarning har
biri o‘z tarkibiy menyulariga ega bo‘lib, u yerda
ularda xos turli buyruqlar joylashgan.
Bosh menyuning Fayl bo‘limi quyidagi
ko‘rinishga ega:
Sozdat (Yaratish) – buyrug‘i yangi ishchi
kitobni ochadi. Bunda tayyor ishchi kitoblari
qoliplaridan ham foydalanish mumkin.
Otkrыt (Ochish) – qattiq (vinchester) yoki
yumshoq disklardagi mavjud ishchi kitoblarni ochadi.
Zakrыt (Yopmoq) – joriy (yuklangan) ishchi kitobni yopadi.
86
Soxranit (Saqlash) – joriy (yuklangan) ishchi
kitobni xotiraga saqlab qo‘yadi.
Soxranit kak... (...kabi saqlash) – joriy
(yuklangan) ishchi kitobni yangi nom ostida va (yoki)
boshqa katalogda saqlash imkonini beradi.
Shuningdek, bu buyruq ish kitobiga turli maqomlar
berishga hamda parol (password) orqali himoyalashga
imkon beradi.
Soxranit rabochuyu oblast (ishchi holatini
saqlash
) – ekranning ko‘rinishini va dasturning
sozlanish holatini saqlab qo‘yish.
Parametrы stranisы (Sahifa parametrlari)
– ish sahifasini formatlashda va kerakli sahifa
parametrlarini o‘rnatish uchun dialog oynasini
ochadi.
Oblast pechati – ma’lum bir belgilangan
kataklar diapazonini bosmaga chiqarish uchun
ma’lumotlar kiritiladi.
Predvaritelnыy prosmotr (Dastlabki ko‘rish) – tayyor ishchi kitobning qay
holda bosmaga chiqishini oldindan ko‘rish.
Pechat (chop etishi) – tayyor ishchi kitobi faylini bosmaga chiqarish.
Vыxod (Chiqish) – Excel elektron jadvallar muharriridan chiqish.
Pravka (Tahrir) menyusi quyidagi ko‘rinishga ega:
Otmenit (Bekor qilish) – jadval ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor
qilish.
Vernut (Qaytarish) – jadval ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor
qilinganidan so‘ng shu amalni qaytarish.
Vыrezat (Kesib olish) – jadvaldagi belgilangan kataklar diapazonini
kesib olib, xotira (almashtirish buferi)ga saqlab qo‘yish.
Kopirovat (Nusxa olish) – jadvaldagi belgilangan kataklar diapazonidan
nusxa olib, xotira (almashish buferi)ga saqlab qo‘yish.
Vstavit (Joylash) – ko‘rsatkich (kursor) turgan joyga xotira (almashish)
buferiga saqlab qo‘yilgan matn bo‘lagini qo‘yish.
Spesialnaya vstavka (Maxsus joylash) – Ushbu buyruq bir necha katakdan
nusxa olib qo‘yishda ishlatiladi. Bu buyruq ishga tushirilganidan so‘ng maxsus
muloqot oynasi ochiladi. Bu oynada almashish buferiga olingan malumot bo‘lagini
turli ko‘rinishda joylaydi va parametrlari tanlanadi.
Zapolnit (To‘ldirish) – ma’lum bir talablar asosida kataklar blokini
to‘ldiradi.
Ochistit (Tozalash) – belgilangan diapazonni ma’lumotlardan tozalash.
Udalit (O‘chirish) – belgilangan
diapazon kataklaridagi ma’lumotlarni
muloqot oynasidagi parametrlar asosida
olib tashlash.
Udalit list (Sahifani o‘chirish)
– Ishchi kitobidagi ishchi sahifasini
olib tashlash (o‘chirish).
87
Nayti (Topish) – ish kitobidagi biror bir ma’lumotni (uning joylashgan
o‘rnini) qidirib topish. Bu quyidagi muloqot oynasi orqali amalga oshiriladi:
Zamenit (Almashtirish) – biror bir ma’lumotni qidirib topish va
boshqasiga almashtirish.
Pereyti (O‘tish) – belgilangan, alohida ikki blokning biridan
ikkinchisiga o‘tish.
Menyuning qolgan barcha bo‘limlari farmoyishlari uskunalar panelida
joylashgan.

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin