Simsiz sensor tarmoq tugunlarining energiya ta’minoti
Simsiz sensor tarmoq tugunlarining energiya ta’minoti
Shu tariqa, tashqi muhitdan energiyani foydalanish orqali hoqlagan, tejamkor bo‘lmagan ham ilovani ozuqlantirish mumkin. Asosiy masala o‘lcham sikli chastotasining uzluksiz ishlab chiqariladigan energiyaga moslashuvi.Sensor tugunlarning energiyani sarflashi (R), bir o‘lcham sikli uchun zarur bo‘lgan energiyaning umumiy miqdorining (W), ushbu harakatning (f) chastotasiga ko‘paytirilishi bilan hisoblanadi:
R=W*f.
SST va IoT
Tugunlar qulayligi, energiyani kam sarflash, o‘rnatilgan radiointerfeys, yetarlicha hisoblash quvvati, bahoning qulay bo‘lishi, har hil texnik va tabiyiy ob’ektlarning ma’lumotlarni yig‘ishida, nazorat qilishida va nazoratga olinishida avtomatlashtirilishi SST keng qo‘llash imkonini beradi.
SST ni IoT ning quyidagi predmetlik sohalarida qo‘llash maqsadga muvofiq:
transport magistrallari (temir yo‘llar, metropolitenlar), neft va gaz o‘tkazmalarida, energiya va issiqliq ta’minotining muhandislik tarmoqlari monitoringida;
tarnsportlik yukoqimlarining nazorati va tahlilida;
ekologik, biologik va tibbiyot monitoringida;
Aqlli Uy- guruhi tizimidagi jarayonlarni avtomatizatsiyalashda;
Tasodifiy hodisalarni aniqlash va ogohlantirishda (seysmik faollik va vulkan harakati monitoringida, atmosfera va ob-havoni tahlili qilishda, tabiyi ofatlarning kirib kelishini o‘z vaqtida ogohlantirishda).