Компютер тармоқлари 25 маъруза simsiz sensor tarmoqlari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə6/10
tarix04.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#82847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
uZ573wGPdLZdwjhZFfQTPeFIcngBXmwloaEpmGY0 (1)

Mobil SST

  • Transport vositalarining bir biri va aloqa tarmog‘i bilan o‘z aro bog‘lanishi keng ko‘lamli Internet turining yaratilishiga olib keladi. Bunning o‘zida zamonaviy avtomobil o‘zida GPS/GLONASS qabul qilgichiga, har hil sensorga va bort kompyuterga ega. Lekin, VANET ni yaratishdagi masala ancha boshqacha. VANET tarmog‘i arxitekturasi boshqa avtomobillar bilan o‘z-aro bog‘lanish bilan birga yo‘l bo‘yicha qurilgan tarmoq bilan ham bog‘lanishni ta’minlashni nazarga oladi. Bunda xizmatning uch guruhi ajratiladi:
  • 1. Xavfsizlikning ta’minlanishi- haydovchi uchun himoya (navigatsiya, so‘qlig‘ishlarning oldini olish va polosaning o‘zgartilishi), xabarlandirish ( tezlikni cheklash yoki remont ishlari zonasi haqidagi ogohlantirish), ogohlantirish (to‘siqlar yoki yo‘llarning holati haqida).
  • 2. Avtomobil trafigini boshqarish samaradorligini orttirish- yo‘lning davomiyligini qisqartirish, yoqilg‘ining sarflanishi).
  • 3. Yo‘lovchi va haydovchilarning qulaylik darajasini orttirish – avtomobilning joylashgan o‘rni haqida, yo‘llardagi harakattagi trafik haqidagi, ob-havo haqida, P2P bog‘lanishni amalga oshirish imkoniyati.

Simsiz sensor tarmoqning umumiy foydalanishdagi tarmoqlar bilan bog‘lanishi

  • Bugungi kunda SST ning umumiy foydalanishdagi tarmoqlar bilan bog‘lanishi uchun, sensor tarmoqlarini NCP/IP protokollari steki tarmoqlari oilasiga integratsiyalashni ta’minlaydigan, IETF tarafidan taqdim etilgan, 6 Lo WPAN ning energiyaning kam sarflanadigan IPv6 tarmoq protokoli bazasidagi simsiz tarmoq protokollari qo‘llaniladi. Ushbu protokol, ochiq standart talablariga javob beradigan, IEEE802.15.4 standart usulida IP-paketlarni uzatishni ta’minlaydi va bunda boshqa IP-kanallar va qurilmalar bilan o‘z-aro aloqa ta’minlanadi. 6 Lo WPAN protokoli kamquvvatli simsiz shaxsiy tarmoqlar uchun yaratilgan va RFC4919 va RFC4944 hujjatlarida berilgan. 6 Lo WPAN tarmoq arxitekturasida uch turdagi qurilma (oqirgi qurilma, marshrutizator va shlyuz) va uch turdagi tarmoqdan tashkil etilgan: «Oddiy Lo WPAN», «Kengaytirilgan Lo WPAN» va «AdhocWPAN». Rasmda ko‘rsatilganidek, «AdhocWPAN» SSOP ga ulanmagan, «Oddiy Lo WPAN» SSOP ga faqat bir shlyuz orqali ulangan, va «Kengaytirilgan Lo WPAN» SSOP va bir biri bilan aloqaning magistral liniyasi orqali bog‘langan, bir necha shlyuzga ega.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin