MPLS texnologiyasinig quyidagi afzalliklarini ko’rsatib o’tish lozim;
IP-adres analizidan alohida marshrutlash imkoni , yani paketlar IP-adreslari bo’yicha emas, balki MPLS-adreslari bo’yicha harakatlanadi. Bu keng spektrdagi xizmatlar turini yaratish imkonini yaratadi.
Tezkor kommutatsiyalah , bunda harakatlanish jadvallaridan adresni qidirish vaqti kamayadi.
Tarmoqning yadro va chegaraviy qismlarida funktsionalligining bo’linish , bunda tarmoqda havfsizlik va ishonchlilik masalalari yahshilinadi.
Marshrutlarni samarali qo’llash.
QoS(Quality of Service) xizmat ko’rsatish sifatining ortishi.
MPLS yordamida VPN tarmoqlarini qurish.
MPLS texnologiyasi tarmoqlarda qo‘llaniladigan umum standart bo‘lish arafasida, ya’ni yaqin kelajakda dunyo bo‘ylab keng tarqaladi va o‘zining keng imkoniyatlarini ochib beradi. Hozirda jahonning gigant kompaniyalari hisoblanmish Cisco Systems, Nortel Networks, Lucent Technologies va boshqalar tarmoqlarni MPLS bazasida ekspluatatsiya qilish ishlarini taklif etmoqdalar. Bu texnologiya tez orada bizning milliy tarmoqlarimizda ham qo‘llanilishi tabiiy hol, chunki O‘zbekiston ham jahon axborot integratsiyasiga yuqori suratda qo‘shilmoqda. Buni Uzbektelecom va East Telecom kompaniyalaring respublikamiz aloqa sohasida olib borayongan samarali faoliyatidan ham ko‘rish mumkin.