Kompyuter tarmoqlari fanidan yakuniy nazorat ishi. Solijonov Qodirjon Qobiljon o’g’li 713-18-guruh 13-variant


Transport tarmoqlarida qo’llaniladigan asosiy texnologiyalar : PDH, SDH, SONET,DWDM xaqida malumot bering



Yüklə 497,58 Kb.
səhifə6/7
tarix02.01.2022
ölçüsü497,58 Kb.
#38121
1   2   3   4   5   6   7
Solijonov 713-18-guruh 13-variant

Transport tarmoqlarida qo’llaniladigan asosiy texnologiyalar : PDH, SDH, SONET,DWDM xaqida malumot bering.
Axborot texnologiyalari barcha rivojlangan mamlakatlar kabi respublikamizda ham yuqori suratda rivojlanmoqda. Yangidan yangi texnologiyalar mamlakatimizga kirib kelmoqda va ularni ekspluatatsiya qilish choralari davlatimizda aloqa sohasida ish olib boruvchi kompaniyalar (UZBEKTELECOM, EAST TELECOM va boshqalar) zimmasiga katta mas’uliyatni yuklamoqda.

NGN ning transport tarmog’ini qurishning ikki hil tamoyili mavjud;

  • IP/MPLS texnologiyasi asosida.

  • SDH texnologiyasi asosida.

MPLS texnologiyasi yaratilmasdan oldin X.25, ATM (Asynchronous Transfer Mode) texnologiyalari qo‘llanilar edi (hozir ham qo‘llaniladi). Bu texnologiyalarning kamchiligini bartaraf qilish uchun yuqori sifatga ega bo‘lgan texnologiya ishlab chiqish zaruriyati tug‘ildi. 1996 yilda Ipsilon, Cisco, IBM va boshqa kompaniyalar o‘zlarining loyihalarini birlashtirib, yangi ko‘p bayonnomali metka kommutatsiyali MPLS (Multiprotocol Label Switching mnogoprotokolnoy kommutatsii na osnove metok) texnologiyasini ishlab chiqishdi. Bu texnologiyani yaratishdan asosiy maqsad IP-tarmoqlaridagi eng kam yuklangan marshrutlar orqali ma’lumotlarni sifatli uzatishni amalga oshirish va VPN(Virtual Private Network- Virtual Xususiy Tarmoq) tarmoqlarida ma’lumotlarni osonlik bilan almasinishini ta’minlashdir. MPLS texnologiyasi integrallashgan IETF xizmatini yaratish uchun ishchi guruh tomonidan ishlab chiqildi. Bu yangi arxitektura magistral (shaharlararo) tarmoqlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda tarmoq masshtabini keraklicha kengaytirish, trafikni qayta ishlash tezligini oshirish, organizatsiyaning qo‘shimcha xizmatlari uchun katta imkoniyatlarni yaratish mumkin. MPLS texnologiyasi trafikni boshqarishni o‘ziga oladi, bunda OSI modelining kanal pog‘onasiga mos keladigan masshtablashtirish va kerakli bo‘lgan protokollari tarmoq pog‘onasiga ham xarakterli bo‘ladi. MPLS o‘ziga ishonchli texnologiya hisoblangan ATM, IP tarmoqlarida vositalarni qulay va aniq manziliga yetkazish, sifatli xizmat ko‘rsatish kafolatini ta’minlashni birlashtiradi. Tarmoqlarning bunday integratsiyasi IP va ATM protokollarini birgalikda ishlatilishidan qo‘shimcha daromadlarni olish imkoniyatini beradi.

MPLS texnologiyasining asosiy hususiyati paketli kommutatsiya jarajonini IP adres sarlavhasidan ajratish, paketlarini kommutatsiyalashni tez amalga oshiradi. MPLS protocoli bilan mos ravishda marshrutizatorlar va kommutatorlar kirishning xar bir nuqtasida marshrutizatsiya jadvalidan alohida belgini o‘zlashtiradi va qo‘shni qurilmalarga bu belgi haqida habar qiladi. Bunday belgining borligi MPLS texnologiyasini qo‘llab — quvvatlovchi marshrutizator va kommutatorlarga paket marshrutining keyingi qadamini adres qidirish prosedurasini bajarmasdan aniqlashga imkon beradi. Hozirgi kunda MPLS qo‘llashning uchta asosiy sohasi mavjud: • trafik boshqaruvi • xizmat turlarini taminoti (CoS) • virtual xususiy tarmoqlar (VPN) MPLS texnologiyasining OSI modelida joylashishi quyidagi rasmda ko‘rsatilagan: Tarmoq sathi-bu kompleks sath bo‘lib, u ikkita oxirgi tizimlarni marshrutini aniqlaydi va bog‘lanish imkoniyatini ta’minlaydi, bunda ikkita har xil geografik punktlarada bo‘lgan har xil tarmoqostilarni ulaydi. Bu holatda tarmoqosti-tarmoq kabeliga bog‘liq bo‘lmaydi. Agar ikki oxirgi tizim bir-biri bilan aloqa o‘rnatmoqchi bo‘lsa, tarmoq sathida domen marshrutlash amalaga oshiriladi. Marshrutlash protokollari bir-biri bilan bog‘langan ketma-ket tarmoqostilar orqali eng optimal marshrutni tanlaydi. Tarmoq sathining marshrutlari shu marshrutlar bo‘yicha axborot uzatadi. Kanal sathi-fizik kanal orqaliishonchli ma’lumotlar tranzitini ta’minlaydi. Bu vazifani bajarishda kanal sathi fizik adresatsiya, tarmoq topologiyasi, liniyaning holati(bo‘sh yoki band), buzilishlar haqida habar berish va axborot oqimini boshqarish kabi savollarni hal qilishi kerak. Fizik sath-ikki ohirgi timim o‘rtasiadagi eliktrik, mexanik, faollashtirish protseduralari va funktsiyalarni aniqalaydi. Fizik sath kanaldagi kuchlanish, sinxronizatsiya kuchlanishining o‘zgarishi, fizik axborotlarni uzatish tezligi, fizik bog‘lanish va boshqa analog xarakteristikalarni aniqlaydi. Bu texnologiyani ko‘p protokolli deb bejizga aytilamagan, chunki u tarmoq sathidagi ihtiyoriy protokollar uchun qo‘llanilishi mumkin. U OSI modelining yuqori sathidagi protokollar orqali ihtiyoriy axborotni transportirovka qilish imkoniyatiga egadir. IETF kommiteti MPLS texnologiyasining negizini 3 ta asosiy element tashkil etadi. Ular quyidagilardir: • Metka (4 bayt); (Metka o‘zbek tilida belgi ma’nosini bildiradi, lekin fanda ham metka tushunchasi mavjud.)

• FEC(Forwarding Equivalence Class)-`Metkalarni munosib uzatish sinfi;



• LSP(Label Switched Path)-Ma’lumotlar oqimini metkalar asosida kommutatsiyalash. MPLS texnologiyasida bog‘lanish LSR (Label Switch Router) metkalarni kommutatsiyalash marshrutizatori yordamida amalga oshiriladi. Bu qurilma xuddi IP-marshrutizatoriga o‘xshab kanallarni virtual kommutatsiyalash vazifasini bajaradi. IP va MPLS bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, IP tarmog‘idan paketlar MPLS tarmog‘iga kelganda ularga 20 bit hajmga ega metka birlashtiriladi. Bu metka paketlarni MPLS tarmog‘i bo‘ylab harakatlanish imkoni beradi. Bu jarayonni LER (Label Switch Edge Router) chegaraviy LSR amalga oshiradi. U MPLS tarmog‘ining chegarasida joylashadi. MPLS tarmog‘ining ichida bir nechta LSP bo‘lishi mumkin. Ular metkalarni kerakli yo‘nalishda harakatlanishini ta’minlaydi. Bir yo‘nalishdan kirib kelgan oqim tarmoqning chiqishidagi LER orqali yana standart IP paket ko‘rinishida uzatiladi. Oxirgi LER dan bitta oldingi marshrutizator metkalarni ochirib tashlaydi. Haqiqatdan ham, oxirgi LER metkaning keyingi qadamdagi joyini aniqlaydi, MPLS kadridagi metkalar allaqachon IP ko‘rinishiga keltirilgan bo‘ladi. Bu marshrutizatorlar 256 Mbayt operativ xotira va protsessor asosida qurilgan bo‘lib, ular kerakli vazifani bajarishga yetarli bo‘ladi. U sifatli kommutatsiyalashni amalga oshira oladi.


Yüklə 497,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin