Kompyuter tarmoqlari



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə7/14
tarix21.10.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#158390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
15-18-Mavzu

«Yulduz» topologiyasi
“Yulduz” — bu markazi aniq mavjud topologiya boʻlib, bu markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat koʻrsatadi va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nisbatan keskin koʻp boʻladi. Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida soʻz ham yuritib oʻtirilmaydi. Odatda, aynan markaziy kompyuter eng koʻp quvvatga ega boʻladi, sababi axborot almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga oshiriladi. «Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat boʻlishi mumkin emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga oʻrin yoʻq. «Yulduz» topologiyasidagi tarmoq kompyuterlarining buzilishga barqaror ishlashi haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, tashqi kompyuterlardan birining buzilishi tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarga ta’sir qilmaydi, lekin markaziy kompyuterning har qanday buzilishi tarmoqning butunlay ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa toʻqnashuv roʻy bersa, «Yulduz» topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi toʻxtaydi, qolgan hamma kompyuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin.
«Shina» dan farqli «Yulduz» da har bir aloqa yoʻlida faqatgina ikkita abonent boʻladi: markaziy va tashqi kompyuterlardan bin. Koʻpincha kompyuterlarni ulash uchun ikkita aloqa yoʻli ishlatiladi, ulardan har bin axborotni faqat bir tarafgagina uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa yoʻlida faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq qurilmalarini «Shina» topologiyasiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi va qoʻshimcha tashqi terminatorlardan foydalanishga ham hojat qolmaydi. «Yulduz» da signallarning aloqa yoʻlida soʻnish muammosi ham «Shina»ga nisbatan oson hal boʻladi, chunki har bir signalni qabul qiluvchi qurilma bir xil amplitudali signalni qabul qiladi. «Yulduz» topologiyasining jiddiy kamchiligi shundan iboratki, unga ulanadigan abonentlar soni chegaralangan. Odatda, markaziy abonent 8—16 tadan koʻp boʻlmagan tashqi abonentlarga xizmat koʻrsata oladi. Koʻrsatilgan cheklanish oraligʻida qoʻshimcha abonentlarni ulash ancha oddiy boʻlsa, qoʻyilgan cheklanishdan ortiq boʻlgan hollarda abonent ulash imkoni yoʻq. Ba'zi hollarda yulduzsimon ulanishni kengaytirish imkoni mavjud, agarda, tashqi abonentlardan binning oʻrniga markaziy abonent ulansa, natijada, oʻzaro ulangan bir necha yulduzlardan tashkil topgan topologiya hosil boʻladi.

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin