«kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari»
Kirish Internet tarmog‘i shunday bir muhitki, u o‘zida turli ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Xozirda kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi xisoblanmish Internet misolida yakkol ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali uzaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaxo asbob-uskunalar katta xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o’zgartirib yubordi, xizmat ko’rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i - elektron pochta orkali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida ma’lumotlar uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Katta xajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlar saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchi ishlashi uchun ma’lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi Yüklə 2 Mb. Dostları ilə paylaş: |