«kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari»


Kompyuter tarmoqlari va texnalogiyalari haqida



Yüklə 2 Mb.
səhifə2/7
tarix26.10.2023
ölçüsü2 Mb.
#161801
1   2   3   4   5   6   7
Adham set mustaqil ish

1.1.Kompyuter tarmoqlari va texnalogiyalari haqida


Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini komp’yuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Komp’yuter tarmog‘i – aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog‘langan komp’yuter va terminallar majmuasidir. Тarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’ektlar tarmoq ob’ektlari deyiladi. Тarmoq ob’ektlari alohida komp’yuter, komp’yuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Axborotlarning territorial joylashuviga ko‘ra komp’yuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo‘lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Global komp’yuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radioaloqa va kosmik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Mintaqaviy komp’yuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog‘langan bo‘ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin. Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko‘p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet komp’yuter tarmog‘i keng tarqalgan, ommaviylashgan global komp’yuter tarmog‘idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o‘zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O‘zining shaxsiy komp’yuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, uzoq masofada joylashgan biror kutubxonadagi adabiyotlar katalogini ko‘rib chiqishi, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy komp’yuter tarmoqlari tashkil etadi. Komp’yuterlarni mahalliy tarmoqqa ulashning uch asosiy strukturasi mavjud: – halqasimon; – shinali; – yulduzsimon. Halqasimon bog‘lanishda komp’yuterlar yopiq chiziq bo‘yicha bog‘langan bo‘ladi. Тarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo‘ladi. Axborot halqa bo‘yicha komp’yuterdan komp’yuterga o‘tadi. Тarmoqning shinali bog‘lanishida ma’lumotlar uzatuvchi komp’yuterdan shina bo’yicha har ikki tomonga uzatiladi. Yulduzsimon bog‘lanishda markaziy komp’yuter mavjud bo‘lib, unga qolgan barcha komp’yuterlar bog‘langan bo‘ladi. MS Windows ish stolida tizim ilovalarining piktogrammalari (rasmchalari) va belgilari (yorliqlar) joylashgan. Тizimning standart o‘rnatilishida bu quyidagi ilovalardir: «Мои документы» (Mening hujjatlarim), «Мой компьютер» (Mening komp’yuterim), «Сетевое окружение» (Тarmoq muhiti), «Корзина» (Savat), «Выxoд в Internet» (Internetga chiqish). Lekin, zaruriyatga qarab, ish stoliga foydalanayotgan ilovalarning yorliqlarini chiqarib olish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichini stolning ixtiyoriy bo‘sh joyiga olib borib, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish zarur. Namoyon bo‘lgan buyruqlar ro‘yxatida «Создать» (Yaratish) buyrug‘ini tanlab, navbatdagi paydo bo‘lgan ro‘yxatda «Ярлык» (Yorliq) qatorini bosing. Ekranda «Создание ярлыка» (Yorliqni yaratish) muloqot oynasi namoyon bo‘ladi, unda «Обзор» (Ko’rib chiqish) tugmachasini faollashtirish kerak va paydo bo‘lgan papkalar va fayllar ro‘yxati ichidan kerakli ilovaning buyruq faylini topish zarur.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin