olish uchun albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni
tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining
eng dolzarb xal qilinadigan
muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
Ma'lumki, MB tushunchasi fanga kirib kеlgunga qadar, ma'lumotlardan turli
ko’rinnshda fondalanish juda qiyin edi. Dastur tzuvchilar ma'lumotlarni shunday
tashkil qilar edilarki u faqat karalayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Xar
bir yangi masalani xal qilishda Ma'lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu xol
yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni
qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muxim shartni xuco6ra
olmoq, zarur:
Birinchidan, Ma'lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga
bog`liq, bo’lmasligi lozim, ya'ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki
ma'lumotlar turini o`zgartirganda, dasgurlarni o`zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kеrakli ma'lumotni bilish
yoki izlash uchun biror
dastur tuzishga xojat qolmasin.
Shuning uchun xam MBni tashkil etishda ma'lum qonun va koidalarga
amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma'lumot so`zidan farqlaymiz,
ya'ni axborog so`zini umumiy
tushuncha sifatida qabul qilib, ma'lumot dеganda
aniq, bir belgilangan narsa yoki xodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Bugungi kunda ma'lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri
esa xozirgi zamon kompyutеrlaridir. Kompyutеrlarda
saqlanadigan MB - bu
maxsus formatga ega bo`lgan muayyan tuzilmali fayl dеmakdir. Kompyutеr
xotirasida xar bir fayl, yozuv dеb ataladigan bir xil
turdagi qismlardan iborat
bo`ladi. Еzuv- o`zaro boglangan ma'lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar
soni, qaralayotgan ma'lumotning ulchoviga bog`lik. Xar bir yozuv esa maydon
dеb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma'lumotlarning. imkoni
boricha, qisqa to’plamidan iborat bo`lishi lozim.
Xar bir maydon, o`zi
ifodalaydigan ma'lumotlariga ko’ra biror nomga ega bo`ladi. Fikrimizni misol
bilan ifodalashga xarakat qilamiz.
Dostları ilə paylaş: