1969 yilda Len Kleynrok 3 ta talaba bilan interfeys
va drayverlar ishlab
chiqib ikkita kompyuterni bir - biri bilan ulab, ma’lumot almashishga erishishi
kompyuter tarmog‘ini yaratilishiga asos bo‘lgan. Bir oy o‘tgandan so‘ng 4 ta, 1971
yilda esa ikki katta universitet kompyuterlarini birlashtirishga erishdilar.
• 1969 – ARPA net – 4 ta kompyuterni birlashtiruvchi tarmoq ishga tushdi.
• 1971 – tarmoqda 14 ta kompyuter. FTP – File Transmission Protocol (fayl
uzatish protokoli) qabul qilindi.
• 1972 – Larry Roberts tomonidan elektron pochta uchun birinchi dastur yaratildi.
• 1974 – Tarmoqdagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash uchun TCP –
Transmission Control Protocol taklif qilindi.
• 1982 – ARPA net ikkiga bo‘lindi. Milnet (Military net – harbiy tarmoq) va
Internet (tarmoqlararo tarmoq).
• 1983 – TCP/IP – Transmission Control Protocol/Internet
Protocol tarmoqlar
orasida ma’lumotlarni almashish protokoli Internet uchun asos qilib olindi.
• 1984 – Internetda domenlarni nomlash tizimi (Domain Name System) joriy
qilindi.
• 1986 – Tezligi 56 kb/s bo‘lgan birinchi internet magistrali ishga tushdi.
• 1991– Tim Berners-Lee tomonidan World Wide Web (butun olam to‘ri)ga asos
solindi. Internet hozirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi.
• 1994 – Yahoo kompaniyasiga asos solindi.
• 1995 – birinchi veb brauzer Netscape Navigator sotuvga chiqarildi.
• 1996 – Google loyihasi ish boshladi.
• 1999 – yirik shaharlarda DSL liniyalari orqali internetga ulanish ommaviylasha
boshladi.
• 2007 – Mobil internet ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila
boshlandi.
Masalan 80-yillarning boshida juda ommaviylashib ketgan APPLE 11
kompyuterlari va ular uchun qattiq magnit disklari
shunchalik qimmat ediki,
faqatgina ba’zi bir o‘quv dargoxlari ularni ta’limni tashkil etishda foydalanish
uchun sotib olish imkoniyatiga ega edilar. Kompyuterlarni vinchesterlarsiz sotib
olish esa xisoblash majmualari samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi.
Bu muammoga ilk bor ORVUS kompaniyasi jiddiy e’tibor berdi. Ular qattiq
magnit diskli to‘plagich (QMDT)ni ustalik bilan
sistemada ishlata oldilar, ya’ni
shunday loyixa yaratdilarki, bitga katta xajmli QMDT va QMDT qo‘yilmagan ko‘p
sonli kompyuterlarni o‘zaro xisoblash tarmog‘iga birlashtirdilar. Shu tariqa APPLE
foydalanuvchisi KMDTga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu shunday ajoyib g‘oya
bo‘ldiki, oqibatda ORBUSkompaniyasining obro‘si afsonaviy darajada ortib ketdi.
Bugungi kunga kelib shunday uskunalarning narxi keskin tushib ketgan
bo‘lsa ham, g‘oyaning qadri saqlanib qolmoqda. Biroq tarmoqni yaratish maqsadga
muvofiqligiga doir bir necha qo‘shimcha omillar ham paydo bo‘ldi. Bulardan
birinchisi va eng
asosiysi uning tejamkorligidir, ya’ni tarmoq resurslari (adapter,
kabel)dan birga foydalanganda, Etarli samaraga erishiladimi? Quyidagi dalillar
kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishni oqlaydi.
Birinchidan, foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir hil ma’lumot
va fayl
nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu xolat axborot
tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem (oddiy
telefon
tarmoqlaridan foydalanib, sonli axborotlarni kompyuterlararo uzatish),
lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi.
Ikkinchidan, axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda
qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va aloxida foydalanuvchilar
o‘rtasida axborot almashish Engillashtiriladi.
Uchinchidan, bugungi kunga kelib,
ayniqsa bank faoliyatida, tarmoq (ko‘p
foydalanuvchi)
dastur
maxsulotlaridan
keng
foydalanilmoqda.
Ular
foydalanuvchilar so‘rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o‘zida axborotdan
foydalanish imkonini beradi.
Shunday qilib, bundan 10-15 yil avval yakka, juda ulkan kompyuterlarning
bir o‘zi
qiladigan ishlarni, nisbatan arzon, qulay, bir-biriga ulangan mitti
kompyuterlar bir zumda bajarmoqda.