Kompyuter tizimlari va



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/28
tarix20.07.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#136932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Kompyuter tizimi va tarmoqlari. 
Reja: 
1.
Kompyuter tarmoqlarining kelib chiqish tarixi. 
2.
Kompyuter tarmoqlari nazariyasiga kirish. 
3.
Tarmoq servisi. 
4.
Lokal kompyuter tarmoqlari. 
5.
Lokal kompyuter tarmog‘ining asosiy turlari. 
6.
Hozirgi zamon kompyuter tarmoqlari. 
Hozirgi zamon jamiyat xayotini informatsion texnologiyalarsiz tasavvur 
qilish qiyin. Kompyuterlar na faqat bank tizimida, atom reaktorini nazorat etishda, 
quvvatni taqsimlashda, samolyot va kosmik kemalarni boshqarishda emas, balki 
maktab o‘quvchilarida, kolledj, akademik litsey va O‘zbekistonimizdagi Oliy 
o‘quv yurtlaridagi talabalarda bemalol ishlatilmoqda. Hozirda kompyuter 
sistemalari 
va 
telekommunikatsiyalar 
mamlakat 
mudofaa 
sistemasining 
ishonchliligini va havfsizligini aniqlaydi, har hil ma’lumotlarni saqlash, ishlash, 
iste’molchiga Etkazish yo‘li bilan axborot texnologiyalarni amalga oshiradi. 
Ushbu 1 – nchi bo‘limda “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” faniga tegishli 
bo‘lgan barcha mavzular bo‘yicha bakalavrlarga Davlat ta’lim standartlari asosida 
Etkazilishi shart bo‘lgan minimum bilimlar va ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan. 
Zamonaviy kompyuter tizimlarini yaratilishi va global axborot tarmoqlarini paydo 
bo‘lishi, ularning tarixi, shaxsiy kompyuterlar va ularning asosiy texnik va dasturiy 
vositalari, bir mashinali va ko‘p mashinali, hamda ko‘p protsessorli kompyuter 
tizimlari, tarmoqlarda ishlatiladigan asosiy texnikaviy va dasturiy vositalar, tarmoq 
turlari, ularning topologiya va strukturalari, xalqaro kompyuter tarmg‘i bo‘lmish 
Internet tarmog‘ining yaratilishi, unga ulanish usullari, hamda Internetdan 
foydalanish masalalarini talabalarga o‘rgatish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. 
Hozirgi kunda kompyuter tarmog‘isiz hech qanday masalalarni Echib bo‘lmaydi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarning juda tez rivojlanib borish natijasida barcha 
davlatlar elektron xujjat almashinuvi natijasida shartnomalar tuzmoqdalar va 


barcha kelishuvlarni kompyuter tarmoqlari orqali hal etmoqdalar. Xar bir 
ma’lumot, xabar yoki axborot o‘z qiymatiga ega bo‘la boshladi. Ya’ni o‘z vaqtida 
Etkazib berilmagan yoki xato va soxtalashib qabul qilingan har qanday ma’lumot 
qabul qiluvchini yoki boshqaruv tizimini no’to‘g‘ri qaror chiqarishiga olib keladi. 
Bularni to‘g‘rilash esa katta moliyaviy xarajatlarga olib kelishi mumkin. Keng 
kompyuterlashtirilgan 
va 
axborotlashtirilgan 
zamonaviy 
jamiyatda 
real 
qadriyatlarga ega bo‘lish, ularni boshqarish, qadriyatlarni uzatish va ularga 
murojaat qilish ko‘pincha nomoddiy axborotlarga, ya’ni mavjud bo‘lishi fizik 
tashuvchidagi birorta yozuv bilan bog‘lanishi majburiy bo‘lmagan axborotlarga 
asoslangandir.
Kompyuter tizimi va tarmoqlarida axborotlar almashinuvi darajasi oshib 
borayotganligi, ma’lumotlarni hilma hilligi, ularni telekommunikatsiya tarmoqlari 
orqali uzatilayotgan tezligi juda yuqori ekanligi, qabul qilayotgan 
foydalanuvchilarga o‘z vaqtida, aniq va to‘liq Etkazib berish jarayonida 
tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish vazifasi asosiy masalalardan biri bo‘lib 
qolmoqda. 
Shuning uchun bakalavrlarni va magistrlarni kompyuter tizimi va 
tarmoqlarni yaratish usullarini, ulardan to‘g‘ri foydalanish, asosiy texnik va 
dasturiy vositalarni ishlata bilish, hamda ularni tuzilishini va xarakteristikalarini 
mukammal bilgan xolda amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatishdan iboratdir. 
Kompyuter tizimi va tarmoqlarini yaratilish tarihini, lokal, koorporativ va global 
tarmoqlarning tuzilish strukturalarini, ishlash tezliklarini, asosiy texnik va dasturiy 
vositalarni, xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lmish Internet tarmog‘iga ulanish 
usullarini, Web brauzerlardan foydalanish, internet protokollarini qo‘llanishini, har 
saytlarga kirib ma’lumotlarni topib olishni, kerakli o‘zgarishlarni bajarishni
o‘rganishdan iborat. 
Ushbu bo‘limni o‘rganish uchun talabalardan kompyuterning tuzilishi
ularning asosiy texnik va dasturiy vositalarini bilish, Informatika fanida o‘tilgan 
HTML, Front Page va Web saytlar yaratishni, Etti darajali protokollarning 


tuzilishi hamda xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lmish Internetda ishlash
jarayonlarini mukammal bilishi talab etiladi. 
Fanni o‘rganish davomida talabalar kompyuter tizimi va tarmoqlarni 
yaratilish tarixini, kampus, lokal (maxalliy), metropoliten, keng va global 
tarmoqlarning tuzilishlarini, ularning har topologiyalarini, ishlash tezligiga va 
operatsion tizimiga qarab bo‘linishlarini, tarmoqda qo‘llaniladigan texnikaviy 
vositalarni turlarini va ularning xarakteristikalarini, kompyuterlarni bog‘lovchi 
koaksial, juft o‘ramli va shisha tolali kabellarni tuzilishini, parametrlarini, hozirgi 
paytlarda ishlatilayotgan simsiz bog‘lanishlar, ya’ni WI FI, WI MAX, Flesh 
modemlar, USB modemlar va mobil aloqa telefonlari orqali Internetga ulanib, 
ma’lumotlar olish va berish texnologiyalarini, elektron raqamli imzo, elektron 
xukumat va xozirgi zamonoviy intelektual texnikaviy vositalarni o‘rganadilar. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin