Kompyuter tizimlari va


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi axborot va moliyaviy telekommunikatsiya



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/28
tarix20.07.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#136932
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

2. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi axborot va moliyaviy telekommunikatsiya 
tarmoqlari 
MDHda yangi tijorat tarmoqlarini ommaviy ravishda barpo etish 1991 
yildan boshlandi va doimiy davom etmokda. Telekommunikatsiya xizmatining 
rivojlanishi xo‘jalik va tijorat faoliyatini harakatlantirishning, iqtisodiy 
rivojlanishning muhim shartlaridan biridir. Faol marketeng va texnik siyosatni olib 
boruvchi ayrim tarmoqlarni sharxlab o‘tamiz. 
Relcom tarmog‘i. 
1990 yilda Atom energiyasi institutining va bir qancha ilmiy tadqiqot 
institutlari (ITI), UNIX-kompyuterlar tizimini ishlab chiquvchi mutaxassislar va 
foydalanuvchilarni birlashtiruvchi uncha katta bo‘lmagan tarmoq tashkil etildi. 
Hozirda 
Relcom 
umumiy 
maqsadlarga 
mo‘ljallangan tarmoq sifatida 
rivojlanmokda. U ilmiy va tijorat tashkilotlarini, davlat idoralari va muassasalarini 
birlashtiradi. Relcom mintaqa ichida va EUnet, Internet, BitNet abonent 
tarmoqlarida elektron pochta xizmatini ta’minlaydi. 
SprintNet tarmog‘i. 
SprintNet ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i bo‘lib, o‘nlab mamlakatlarning 
yuzlab shaxarlariga kirish uzellariga ega. SprintNet tarmog‘i axborotlarni katta 
tezlikda almashish imkonini beradi. 
Glasnet tarmog‘i. 
Glasnet tarmog‘i 1990 yildan boshlab Rossiya aholisiga va MDHdagi bir 
qancha davlatlar uchun jahon Internet kompyuter tarmog‘iga kirish xizmatini 
ta’minlaydi. Xususiy mijozlar va tarmoq xizmatidan foydalanuvchi kichik biznes 


vakillariga e’tibor berish - Glasnetning ajralib turuvchi xususiyati sanaladi. 
Sovam Teleport tarmog‘i. 
Sovam Teleport xalqaro kompyuter axborot tarmog‘i SanFrancisco/Moscow 
Teleport (AQSh), Cable & Wireless (Buyuk Britaniya) komponiyalari hamda 
Avtomatlashtirilgan tizimlar instituti (Rossiya) tomonidan 1990 yilda tashkil 
etilgan. tarmoq joriy vaqt rejimida teleks va telefaks xalqaro axborot almashuv 
uchun mo‘ljallangan. 
Bank tarmoqlari va banklararo hisob-kitoblar tizimi. 
Naqd pulsiz aylanmaning katta ahamiyati iqtisod uchun ko‘plab banklararo 
pul o‘tkazishni o‘zaro hisobga olish tizimi yoki kliring bilan almashtirish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kliringni qo‘llashning nisbatan samarali sohalari 
quyidagicha: Markaziy Bank tizimida banklararo hisob-kitob, pul mablag‘larni 
o‘zaro o‘tkazishni doimiy takrorlovchi iqtisodiy jihatdan bir-biriga bog‘liq 
korxonalarga xizmat ko‘rsatish, bir xildagi tezkor bitimlarni amalga oshirish. 
Kelajakda aktsionerlik kliring va hisob-kitob tuzilmalarini tashkil etish va ularni 
jahon moliya tizimiga birlashtirish - bu Markaziy Bank siyosatining 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Turli mamlakatlarning davlat ichidagi banklararo tizimi. 
AQSh banklari to‘lov xabarlarini uzatish uchun quyidagi asosiy 
kommunikatsiya tarmog‘idan foydalanadi: 
FEDWARE- AQSh federal zahira tizimining kommunikatsiya tizimi; 
BANKWARE- xususiy banklar va tijorat korxonalari ehtiyojiga xizmat 
qiluvchi kommunikatsiya tizimi; 
CHIPS- hisob-kitob palatalari uchun banklararo to‘lov tizimi; 
Evropa banklarida quyidagi tizimlar keng ko‘llaniladi: 
CHAPS- Buyuk Britaniya banklararo kliring hisob-kitoblari tizimi. 
BACS- kliring tizimi. 
SIT- Frantsiya markaziy banki ko‘magida 15 ta yirik banklar asosida tashkil 
etilgan tizim. 
Elektron pochtani qo‘llash. 


Elektron pochta - kompyuterlar orasida xabar uzatishni Lokal va Global 
asosda tashkil qiladi. Elektron pochtadan faqat xabarlarni emas, balki fayllarni 
uzatish uchun ham foydalaniladi. Ular yordamida tezkor usulda bir yoki bir nechta 
manzillar bilan axborot almashish mumkin. Elektron pochta qutilari soni 1997 yil 
boshida 250 millionni tashkil etdi. Elektron ma’lumotlar manzil va ma’lumotlar 
mavzuidan iborat bo‘ladi. Manzil qismi odatda oluvchining manzilgohini
jo‘natuvchining manzilgohini, ma’lumot mavzuini, fayllar xabarlariga ilova 
qilinuvchi axborotlarni o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin