Kompyuterdan oson foydalanish uchun eng muhim tezkor tugmalar kombinatsiyalari bilan tanishamiz



Yüklə 427,42 Kb.
səhifə5/6
tarix27.05.2022
ölçüsü427,42 Kb.
#59747
1   2   3   4   5   6
Kompyuterdan oson foydalanish uchun eng muhim tezkor tugmalar kombinatsiyalari bilan tanishamiz

7. Klaviaturalar uchun trendlar
Oxirgi bir necha yildan buyon, ayniqsa, yoshlar orasida leptop klaviaturalari va butunboshli leptopni vinil stikerlar bilan bezash urf bo‘lgan. Bu stikerlarda hozir trendda bo‘lgan moda, turli rang va shakllar aks ettiriladi. Hatto mana shunday stikerlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar ham bor. Ulardan biri Keyshorts kompaniyasi. MacBook'lar klaviaturasi uchun bezaklarga qiziqsangizbu yerga bosib ularning saytiga o‘ting.
8. Deyarli ishlatilmaydigan klavishlar
Zamonaviy klaviaturalarda to‘rtta tugma borki, ular oldingi kompyuterlardan meros bo‘lib qolgan. Ammo ko‘pchilik ulardan deyarli umuman foydalanmaydi va foydalanishga harakat qilib ham ko‘rmagan. Ular qaysi klavishlar? Quyida ularning 3 tasi haqida to‘xtalib o‘tamiz:
System Request klavishi ko‘pincha SysRq yoki SysReq qilib qisqartirib yoziladi. Bu klavishning kelib chiqishi 1980-yilga borib taqaladi. O‘sha davrdagi IBM kompyuterlari, odatda, bir necha operatsion tizimda ishlardi. System Request tugmasi bilan mana shu tizimlarning biridan ikkinchisiga o‘tish mumkin edi. Ammo keyinchalik, bu klavishga ehtiyoj sezilmay qoldi, chunki hozirgi kompyuterlar, asosan, faqat bitta tizimda ishlaydi.
Print Screen (ko‘pincha System Request bilan birga joylashgan bo‘ladi) klavishini PrtScr yoki PrntScr deb qisqartirib yozishadi. Bu tugmaning asl maqsadi ekran tasvirini olib (hozirgi smartfonlardagi skrinshot kabi), uni qog‘ozga chiqarish bo‘lgan. Hozirda esa bu klavish ekran tasvirini olib, uni buferga saqlash vazifasini bajaradi.
Pause/Break klavishi xuddi XIX asr telegraflaridagi tugma kabi vazifani bajaradi. Telegraflarda vaqti-vaqti bilan elektr toki uzib turilishi kerak bo‘lgan. Hozirda bu tugmaning amaliy ahamiyati deyarli yo‘qolgan, uni faqatgina tezkor klavishlar kombinatsiyasi yoki ba’zi o‘yinlarda ishlatishadi. Pauza funksiyasi dastur ishlamay qolganda uni o‘chirish yoki berilgan buyruq bajarilishini to‘xtatish uchun o‘ta kamdan-kam hollarda va faqat dasturchilar tomonidan ishlatiladi.

Yüklə 427,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin