Kompyuterdan oson foydalanish uchun eng muhim tezkor tugmalar kombinatsiyalari bilan tanishamiz


QWERTY klavishlar tartibi eng samarali tartib emas



Yüklə 427,42 Kb.
səhifə4/6
tarix27.05.2022
ölçüsü427,42 Kb.
#59747
1   2   3   4   5   6
Kompyuterdan oson foydalanish uchun eng muhim tezkor tugmalar kombinatsiyalari bilan tanishamiz

4. QWERTY klavishlar tartibi eng samarali tartib emas.
QWERTY klaviaturlari eng samarali klaviatura bo‘lsa kerak, deb o‘ylarsiz, chunki ular eng keng ommalashgan klaviaturadir. Ammo bu gap o‘roqdek «to‘g‘ri»ligiga ishonasizmi? Xo‘sh, nega klaviaturalar ABDEFG harflari bilan emas, balki QWERTY bilan boshlanadi? QWERTY tartibi 1872 yil Kristofer Sholz tomonidan o‘zining yangi matn terish uskunasi uchun yaratilgan (u davrlarda hali kompyuterlar yo‘q edi). Yozuv mashinasi harflari alifbo tartibida joylashtirilganda, matn teruvchi shunchalar tez matn terardiki, natijada uskunaning mexanik qismlari (ularni «bolg‘a» deb atashgan) ishdan chiqardi. Sholzga matn terish tezligini pasaytirish uchun harflar ketma-ketligini chalkashtirib tashlash g‘oyasi keladi. Shunday qilib, QWERTY klaviaturasi aslida matn QWERTY jarayonini sekinlashtirish uchun ishlab chiqilgan, ammo kompyuterlar paydo bo‘lganda ham bu klaviaturani negadir hamma birdek ijobiy qabul qildi va harflar joylashuvi ham shunday bo‘lib qoldi.
5. Mini-klaviaturalar
Bu turdagi klaviaturalarda faqatgina bir necha tugmalar yordamida oddiy klaviaturadagi barcha belgilarni hosil qilish mumkin. Ammo qaday qilib? Bitta belgini hosil qilish uchun bitta tugmani bosish o‘rniga, bunday klaviaturalarda xuddi pianinodagi kabi akkordlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham, bu klaviaturalarni akkordli klaviatura deyishadi. Akkordli klavirturalar, asosan, ko‘zi ojizlar tomonidan (Brayl versiyada) yoki oddiy klavituradan foydalanish besamar bo‘lgan vaziyatlarda ishlatiladi.
6. Kir klaviaturalar
Klaviaturalarda hojatxona unitazidagidan ko‘ra ko‘proq mikrob yig‘ilishini bilasizmi? Britaniyalik olimlar sinovdan o‘tkazgan 33 ta klaviaturadan 4 tasi salomatlik uchun xavfli darajada ko‘p mikrob to‘plagan, 1 tasida esa hojatxona unitazidagidan 5 barobar ko‘p mikrob borligi aniqlangan. Turli infeksiya va kasalliklarning oldini olish uchun klaviaturadan foydalanishdan oldin uni antiseptik vosita bilan tozalang va qo‘llaringiz yuvilganiga ishonch hosil qiling.

Yüklə 427,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin