Kompyuterni tashkil etilishining mantiqiy asoslari


To‘rtinchi va beshinchi sathlar



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə3/4
tarix10.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127988
1   2   3   4
2-maruza boyicha materiallar (1) (2)

To‘rtinchi va beshinchi sathlar – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi.
Kompyuter tuzilishini ko‘p sathli ko‘rinishda ifodalanishi va sathlarga oid muhokamalarni shu erda to‘xtatib, kompyuter arxitekturasini o‘rganishda muhim hisoblangan ba’zi bir xulosalarni keltirib o‘tamiz. SHunday qilib, hozirgi kompyuterlar bir-nechta sathlarning ierarxik tuzilishi shaklida loyihalanadi va ishlab chiqariladi. Har bir sath turli xil ob’ektlarning va amallarning ma’lum bir abstraksiyasini, ya’ni ma’lum darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi. Kompyuterlar tuzilishini bunday o‘rganish bilan biz, murakkab bo‘lgan jihatlarni tushunish uchun, nisbatan soddaroq ko‘rinishda ifodalash va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va tavsiflar xillarining to‘plami arxitektura deb ataladi. Arxitektura - kompyuterni qanday dasturlanishi, ishlanishi va ishlatilishi kabi jihatlariga bog‘liq tushuncha hisoblanadi. Masalan, biron-bir dasturni yozish va ishlatish uchun zarur bo‘ladigan xotiraning xajmi haqidagi ma’lumot - bu arxitekturaning bir qismidir. Ushbu xotiraning qanday ishlab chiqilganligi, ya’ni unda qo‘llanilgan texnologiya esa arxitekturaning bir qismi hisoblanmaydi.
Kompyuterning yoki kompyuter tizimining dasturiy elementlarini loyihalash usullarini o‘rganish bilan biz, kompyuter arxitekturasini o‘rganamiz. Amaliyotda kompyuter arxitekturasi va kompyuterni tashkil qilish degan iboralar sinonim iboralar sifatida qo‘llaniladi.



  1. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshirish

Kompyuterning elementi hisoblangan - raqamli sxema yordamida o‘zgaruvchilari va qiymati ikkita mantiqiy qiymatdan birini qabul qilishi mumkin bo‘lgan funksiyalar amalga oshiriladi. Bunday funksiyalar Bul funksiyalari deb ataladi. Ushbu funksiyalar va ularni qo‘llash qoidalari ingliz matematiki Djordj Bul (1815-1864) nomi bilan yuritiladigan Bul algebrasida ishlab chiqilgan. Kompyuter arxitektursasining raqamli mantiqiy sathi elementlarini loyihalashda, Bul algebrasi qoidalaridan foydalaniladi.

М = ABC + ABC + ABC + ABC






Multipleksor - bir nechta signal kirishlari, bir yoki bir nechta boshqarish kirishlari va bitta chiqishi mavjud bo'lgan qurilma. Multipleksor signalni bir nechta kirishdan bittasiga bitta chiqishga uzatishga imkon beradi; bu holda kerakli kirishni tanlash boshqarish signallarining tegishli kombinatsiyasini qo'llash orqali amalga oshiriladi.



  1. Yüklə 1,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin