Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix21.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#119144
1   2   3   4   5   6   7   8
kompyuterning tashkil etuvchilari va ishlash printsiplari

MONITOR. (Displey
Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqatni 
Ekranda ko`rish uchun monitor xizmat qiladi.
Monitor ikki xil rejimda: matn yoki grafik ma’- 
lumot chiqaradi. 
Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 
80 ta ustunga, 25 satrga bo`linadi. Xar bir belgi 
joyga 256 simvoldan biri mos kelishi mumkin. 
Grafik rejimda axborotlar nuqtalar to`plami- 
dan iborat bo`lib, xar bir nuqta rangga egadir.
(ranglar jilosi 16 rangdan 16,8 mln. ranggacha).
Nuqtalar soni qancha oshsa, tasvirlar sifati
shuncha oshadi. 
Monitorlar quyidagi imkoniyatli bo`lishi mumkin. 640 x 200 nuqtalardan 
1600x1280 nuqtalarni hosil qilishi mumkin. Monitorlar monaxrom (oq-qora) va 
razmerlari (14 dyumdan – 21, 24 dyumgacha) bilan farqlanadi. 
Ekrandagi minimal (nuqtaviy) tasvirning ko`rinishi piksel ( picture element) 
deyiladi. Odatda EGA adapteri to`rtburchakli piksel tashkil qilsa, 640x350 
nuqtalar hosil qila oladi. VGA – 640x480, SVGA – 640x480, 800x600, 1024x768 
– kvadratni hosil qiladi. 
Kompyuterga monitor ulash uchun videoadapter zarur. Videoadarter – tasvir 
to`g`risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks 
ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal 
(ustun )taqsimlab, shakllantirishdan iborat. 
Monitor sifati bo`yicha : ekrandagi kadrlar chastotasi – 75 Gs ni tashkil etishi 
lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar 100 kadrni o`tkazishi 
mumkin. 
Notebook kompyuterlari monitori suyuq kristalli monitorlardir. 
 
K L A V I A T U R A . 
 
Klaviaturada foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga 
mo`ljallangan qurilmadir. IBM PS XT kompyuterlarida 83 ta tugmachali klaviatura 
IBM PS AT 101 tugmachali klaviaturalar mavjud. Hozirda, asosan 101, 105 
tugmachaliklari chiqariladi. 
Klaviaturadagi tugmachalarni bajaradigan vazifaga qarab quyidagi bo`lakka 
bo`lamiz. 
1. Alfavit – raqamli , maxsus belgilar kiritiladigan klavishalar (tugmachalar) ( 
probel, 0-9 bo`lgan sonlar , lotin xarflar A - Z , kirill xarflari , A – YA , 
xizmatchi simvollar va x.k.) 
2. Funksional klavishalar F1- F12 
3. Xizmatchi klavishlar ENTER, EXC, yo`nalish tugmachalari. TAB, LEFT, 
Up , DOWN, RIGHT, PgUp, PgDn,


4 . Yordamchi klaviatura. 
Ayrim xizmatchi klavishalarni ko`rib chiqamiz. 
ENTER – satr kiritilishi tugaganligini bildiradi; 
EXC – (inglizcha qochish) buyruqni bekor qilish , dasturdan chiqish uchun 
foydalaniladi; 
HOME – kursorni qator boshiga qo`yadi. 
END - kursorni qator oxiriga qo`yadi 
PgUp – matnni orqaga varaqlaydi. 
PgDn - matnni oldinga varaqlaydi. 
Delete [ Del ] – kursor ko`rsatayotgan belgini olib tashlash. 
Ins [ Insert ] – simvol kiritayotgan vaqtida bosilsa , kursor ko`rsatayotgan 
pozitsiyadagi mavjud simvol o`rniga yangisi uriladi. Agar mazkur klavish 
bosilmasa, bor simvol bir pozitsiyaga, o`ngga surilib oraga yangi simvol kiritiladi. 
Baskspace – kursordan chapdagi belgini o`chiradi.
Print Screen – ekrandagi tasvirni qog`ozga printer orqali bosib chiqaradi, undan 
tashqari faylga va Windows buferiga nusxa ko`chirishga xizmat qiladi. 
[ Break ] – programma ishini to`xtatadi. 
[ Scroll Lock ] – blokirovka rejimi surishni saqlaydi. Kursor ekranga o`z xolatini 
mustaxkamlash ishini bajaradi. 
Tab – matnlar bilan ishlanayotganda keyingi qator navbatdagi maxsus ko`rsatilgan 
nuqtaga (pozitsiyaga) suradi (o`ngga – chapga). 
Ctrl (boshqarish) + Alt (o`zgartiruvchi) + Shift (surish ) – boshqa tugmachalarning 
vazifalarini o`zgartirish uchun ishlatiladi. 
Numlock – bosilsa raqamlar kiritish, aks holda kursorni boshqaruvini klavishlar 
vazifasini o`taydi. 
[ Caps Lock ] – bosma xarflarni kiritish yana bossangiz yozma (kichik) xarflarga 
o`tish mumkin. 
[ Shift] + [Ctrl] – alfavitni o`zgartirishimiz mumkin. 
[Ctrl]+[Alt]+[Del] – baravariga bosilsa, kompyuter qayta yuklanadi. 
[Ctrl] + [Break] – bajarilayotgan programma yoki buyruq tugatilishini ta’minlaydi. 
Kursor – bu o`chib yonib turadigan vertikal chiziqcha. Agar shu chiziqcha ekranda 
ko`rinsa, demak, siz alfavit raqamli axborotlarni kiritishingiz mumkin. Grafik 
holatda esa kursor o`z ko`rinishini o`zgartirishi mumkin. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin