Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix21.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#119144
1   2   3   4   5   6   7   8
kompyuterning tashkil etuvchilari va ishlash printsiplari

Kesh xotira – kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U 
tezkor xotira va mikroprosessor orasiga joylashgan bo`lib, bajariladigan amallari 
tezdir.
Shuning uchun kompyuter xotirasining ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini 
KESH xotirada saqlab turadi. Pentium 2, 3 kompyuterlarida KESH xotira 512 Kb 
ni tashkil qiladi. 
Doimiy xotira - BIOS – Basic Input Output System – kiritish-chiqarishning 
asosiy sistemasi. Ulardagi ma’lumotlar mikrosxema tayyorlanayotganda kiritib 
qo`yiladi. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin . Shuning uchun ham u ROM 
(Read Only Memory - faqat o`qish uchun ) deb ataladi. Bu xotira kompyuter 
jihozlarini ishlashini tekshirish, OS ni boshlang`ich yuklanishini ta’minlash, 
qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun xizmat 
qiladi. BIOS da, shuningdek kompyuter konfiguratsiyasini saqlovchi Setup 
programmasi ham joylashgan bo`ladi. Bu programma masalan, videokontroller, 
qattiq disk va disket diskovodi, undan tashqari parollar o`rnatish va boshqa 
xizmatlar qiladi. DEL tugmasi orqali chaqiriladi. 
CMOS (yarim doimiy xotira) - konfiguratsiya parametrlarini saqlovchi yarim 
doimiy xotira. Maxsus akkumulyatorlar yordamida kichik quvvatda ishlaydi. 
Shuning uchun undagi ma’lumot o`chib ketmaydi. SETUP programmasi har gal 
kompyuter konfiguratsiyasini so`zlaganda, lozim bo`lsa, CMOS xarakteristika- 
lariga o`zgartirish kiritadi.

Videoxotira - u monitor ekraniga
chiqariladigan tasvirni saqlashga xizmat 
qiladi. Videokontroller tarkibiga kiradi. 
Kompyuterdagi eng katta plata –
sistema platasidir. Bu plata tekis plastinka 
va unga joylashgan mikrosxemalar,
kondensator, razyomlar va boshqalardan
iborat, ular o’zaro o`tkazgichlar bilan
bog`langan bo`ladi. Ona platada 
mikroprosessor, xotiralar, shinalar,
kontrollerlar mavjud bo`ladi. 
Kontrollerlar - kompyuterning turli vositalari , qurilmalarini boshqaruvchi 
elektron sxemalardir. Barcha kompyuterlarda klaviatura, monitor, qattiq va 
egiluvchan disk qurilmalari va hokazo kontrollerlar mavjud. Hozirgi zamon
kompyuterlarining barchasida kontrollerlar ona plataga joylashgan bo`ladi.
Bularni integrallashgan kontrollerlar deb ataladi. 
Amalda har bir kontroller o`zi uchun alohida yasalgan platada joylashadi. Bu 
platalar sistemali plataning maxsus razyomlariga ulanadi. Natijada iste’molchi o`z 


kompyuteriga qo`shimcha qurilmalar qo`yishi mumkin. (Masalan, faks-modem
tovush kartasi yoki teleko`rsatuv ulash mumkin). 
Shinalar – operativ xotira va kontroller orasida o`zaro ma’lumot uzatish 
uchun xizmat qiladi. Shuning uchun kontroller platasi ona plata razyomiga 
kiritilganda shinaga ulanadi. Zamonaviy kompyuterlarda 2 turdagi shinalar 
mavjud. ISA va RCI 
ISA – turdagi shinalar, tezligi sustroq bo`lgan kontrollerlar uchun 
(klaviatura, sichqon, disket qurilmalari, modem tovush kartasi va boshqalar). 
RCI - turdagi shina tezligi yuqori bo`lgan qurilmalar orqali ma’lumot 
uzatishga xizmat qiladi (vinchestor, videokontroller va boshqalar). 
Kiritish-chiqarish portlari kontrollerlari kompyuterning orqa panelidagi 
razyomiga kabellar orqali ulanadi. Kiritish – chiqarish portlari quyidagi turlarga 
bo`linadi: 
- parallel ( ZE1 – ZE4), 25 uyali printer ulanadi; 
- ketma-ket ( SOM1 – SOM3 belgili) 9 va 25 bigizli sichqon, modem va 
boshqalar ulanadi; 
o`yin porti , 1.5 uyali razyomiga djoystik ulanadi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin