Virtual xotirani boshqarish. OS tarkibiga virtual (faraziy) xotiraga ishlov beruvchi dastur kiritiladi. Virtual xotira-bu taxmin (tasavvur) qilinadigan xotira. Virtual xotira hajmi real fizik xotira hajmidan ko`p bo`ladi. Bunday usulni tanlab olish sabablari, birinchidan xotiraning har bir manzilni tanlashi bo`lsa, ikkinchidan real operativ xotiraning tannarxi bir muncha qimmatligidandir. Shuni eslatib o`tish kerakki, albatta protsessor virtual xotiraga ishlov berishda real fizik xotiraga ishlov berishga nisbatan ko`proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-varaq tashkil qilinadi. Har bir varaqda aniqlangan xotiraning ma'lumot birligi uchun o`z manzili mavjud bo`ladi. Bu manzillar ketma-ketligi ularning ko`rinishi va yozilishi har bir varaq uchun bir xil bo`ladi. Virtual xotiraning real adresi hisoblanganda varaqdagi manzil qiymatiga varaq koeffitsiyenti qo`shiladi. Shu sababli manzillar chalkashligi oldi olinadi. Ya'ni, agarda biz bir necha nomdagi ko`chani qarasak har bir ko`chada 13-uy mavjud bo`lsa, har bir 13-uy manzili turli bo`ladi, chunki ko`chalar nomi turli.
Virtual tashqi xotirani boshqarish.Virtual tashqi xotirani boshqarish virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan bir muncha murakkabroq. Buning asosiy sababi ularning hajmidadir. Masalan: aholisi 50000 kishidan iborat bo`lgan shahardan barcha 13-chi uylarni topish, aholisi 5000000 kishidan iborat shahardagi barcha 13-chi uylarni topishga nisbatan ancha oson. Shu sababli tashqi xotiradagi real manzilni topish uchun turli usullardan foydalaniladi. Manzil bevosita varaq koeffitsiyenti qo`shilishi bilan aniqlanadi va real adresdagi berilganlar tanlanadi.