Operatsion sistema va Operatsion sistema funksiyalari Tizim programmalari kompyuterning ishlashi uchun zarur programmalar bo`lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi.
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart-programmalarning mavjudligidir.
Programma ta'minoti 2 ta guruhdan iborat:
- sistemaning ishlashi bilan bog`liq sistema tizim programmalari;
- amaliy programmalar.
Tizim programmalari kompyuterning ishlashi uchun zarur programmalar bo`lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi sistema programmalarining yadrosi operatsion sistemalardir. Operatsion sistema foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita muloqot o`rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni ta'minlovchi programmalardir.
Hozirgi paytda turli operatsion sistemalar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOCH va boshqalar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi programmalar mavjud. Ular programma utilitlarideb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini qulaylovchi programmalardir.
Amaliy programmalar predmet sohadan olingan alohida masalalar va ularning to`plamini yechish uchun qaratilgan bo`lib, amaliy masalalarni yechish uchun mo`ljallangan. Bunday programmalar majmui amaliy programmalar paketi (APP) deb ataladi.
Programmalar odatda magnit yuritgichlarda joylashgan bo`ladi. Ammo operatsion sistemalar va u bilan bog`liq programmalar ancha katta hajmga ega bo`lgani tufayli keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda.
Ba'zi bir sistemali programmalar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy sistema programmalari (ular BIOS (Basa Input Output System)) deb ataladi va to`g`ridan-to`g`ri kompyuterning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo`ladi.