O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org
Gorizontal kon lahimlari Shtolnyalar, kvershlaglar, shtreklar, proseklar, ortlar va tonnellar gorizontal kon lahimlari bo‘lib, ularning ba’zilari konni ochuvchi, ba’zilari esa, konni qazishga tayyorlovchi lahimlar hisoblanadi.
Shtolnya - bevosita yer yuzi bilan tutashadigan gorizontal kon lahimi. Shtolnya konlari o‘rganish yoki foydali qazilma yotqizig‘ini ochish maqsadida barpo etiladi.
Tonnel - har ikki tomoni yer yuzi bilan bevosita tutashadigan yerosti gorizontal kon lahimi bo‘lib, asosan, transport ishlarini bajarishga xizmat qiladi.
Kvershlag - kon yotqiziqlari (qatlamlari) cho‘ziqligiga perpendikulyar o‘tkaziladigan, yer yuzi bilan bevosita tutash- maydigan gorizontal kon lahimi. Kvershlaglar, odatda, ochuv- chi kon lahimlari sirasiga kiradi va qazib olingan foydali qazilmalarni, materiallarni, ishchilarni, uskunalarni tashish bilan bir qatorda shaxtani shamollatish ishlariga xizmat qiladi.
Shtrek - yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan gorizontal kon lahimi bo‘lib, shaxta maydonidagi foydali qazilma zaxirasining bir qismini qazishga tayyorlash uchun barpo etiladi.
Shtreklar kon yotqizig‘i qiya joylashgan bo‘lsa, u holda faqat yotqiziq (qatlam) cho‘ziqligi bo‘yicha, gorizontal joylashgan bo‘lsa, istalgan yo‘nalishda o‘tilishi mumkin. Shtreklar bajara- digan vazifalariga ko‘ra bosh, oraliq, tashish, shamollatish, konveyer va boshqa nomlar bilan yuritiladi.
Prosek - yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan, shtrekka parallel o‘tiladigan gorizontal kon lahimi. Prosek shtrekni shamollatish va kesma ishlarini bajarish maqsadida o‘tiladi.
Ort - qalin ko‘mir qatlamlari yoki ruda yotqiziqlarining gorizontal qalinligi bo‘yicha o‘tiladigan gorizontal kon lahimi.
Tutashtirma - bir-biriga yaqin joylashgan qiya lahimlarni o‘zaro tutashtiruvchi gorizontal kon lahimi.
Gorizontal kon lahimlarining ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak, trapetsiyasimon, qiyiq burchakli, gumbaz- simon aylana va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.