1.4-rasm. Ruda tanalarining yotish Qatlamning uzunligi (uzunlik bo‘yicha o‘lchami) qatlam cho‘ziqligi deyiladi. Qatlamning gorizontal tekislik bilan kesishish chizig‘i esa, cho‘ziqlik chizig‘i deb ataladi.
Qatlam tekisligida cho‘ziqlik chizig‘iga tik yotgan chiziq og‘ish chizig‘i, ushbu chiziqning yo‘nalishi esa, qatlam og‘ishi deyiladi.
Og‘ish chizig‘i bilan gorizontal tekislik o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak qatlam og‘ish burchagi deb yuritiladi (1.5-rasm).
Foydali qazilmalarning yotish shakllari va qazib olish usullariga nisbatan qatlamlarini gorizontal, qiyaroq, qiya, o‘ta qiya va tik guruhlariga ajratiladi (1.1-jadval).
shakllari:
a — yertomir; b — shtok; d — linza; e — insimon. ho'mir qatlami
1.5-rasm. Qatlamning yotish elementlari.
1.1-jadval
Foydali qazilma yotqiziqlarining og‘ish burchagi bo‘yicha tasnifi