1.1-rasm. Ko‘mir shaxtasi sxemasi:
1, 2, 12 — vertikal lahimlar; 3, 4, 5, 10, 11 — gorizontal lahimlar;
6, 7, 8, 9 — qiya lahimlar; 13 — nasos kamerasi; 14 — qazish kavjoyi.
Kondan qazib olingan foydali qazilmalar ushbu lahimlar orqali yer yuziga chiqarib beriladi.
Qattiq foydali qazilmalarni qazib chiqarish uchun dastlab uning bir qismini massivdan ajratib olish (buzish) lozim. Ko'mir konlarini qazib chiqarishda massivni buzish, asosan, mexanik usulda, ruda konlarini esa portlatish usulida amalga oshiriladi.
Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda barcha kon ishlari yer yuzida, ochiq kon lahimlari orqali bajariladi (1.2-rasm).
Ochiq kon korxonalarida kon yotqiziqlarining yotish sharoitlariga ko'ra nafaqat foydali qazilma, balki katta hajmda puch (foydasiz) kon jinslari ham qazib olinadi. Bu jinslar foydali qazilma yotqizig'i ustida joylashganligi sababli ular qoplama jinslar yoki ochish jinslari deb ham yuritiladi.
1.2-rasm. Konlarni ochiq usulda qazish sxemasi:
1 — ekskavator; 2 — avtoag‘dargich; 3 — buldozer; 4 — burg‘ulash stanogi;
5 — gorizontlar; 6 — portlatilgan massa; 7 — foydali qazilma yotqizig‘i;
8 — skvajinalar; 9 — tushish transheyasi; 10 — qoplama jins ag‘darmasi.
Kon jinslarini qazishga tayyorlash, qazish-yuklash, ularni tashish va foydasiz kon jinslari ag‘darmasini hosil qilish ishlari ochiq kon ishlarining asosiy ishlab chiqarish jarayon- lari hisoblanadi.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishning yerosti usuliga nisbatan qator afzalliklari va shu bilan birga kamchiliklari ham mavjud.
Asosiy afzalliklari:
ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori darajada mexani- zatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi tufayli, mehnat unumdorligi yuqori va kon qazish ishlari xarajatlari kam bo‘lishi ta’minlanadi;
mehnat qilish sharoitlari qulay va nisbatan xavfsizroq bo‘ladi;
korxona qurilishi uchun sarflanadigan solishtirma kapital mablag‘ (ishlab chiqarish quvvatining bir-birligiga keladigan kapital mablag‘i) kichik bo‘ladi;
foydali qazilmani mumkin qadar ko‘proq qazib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Asosiy kamchiliklari:
ayrim hollarda ochiq kon ishlarining ob-havoga bog‘liqligi;
katta yer maydonlarining qishloq xo‘jalik oborotidan vaqtincha chiqarilishi;
yer qa’rida suv balansining buzilishi.
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishning geotexnologik usuli yer yuzidan yoki kon lahimlaridan foydali qazilma yotqi- zig‘igacha skvajina o‘tib, u orqali foydali qazilmaga mexanik, fizik yoki kimyoviy ta’sir ko‘rsatish va uni harakatlanuvchi holatga keltirish, skvajinalar orqali esa yer yuziga chiqarib olishga asoslangan.
Hozirgi vaqtda konchilik amaliyotida oltingugurtni eritish, ko‘mirni yer ostida yonuvchi gazga aylantirish va rangli metal- larga yer ostida bakteriya — kimyoviy ta’sir etib, tanlab eritishga asoslangan geotexnologik qazish usullari qo‘llanil- moqda.
Biroq ularning hajmi juda kichik bo‘lsa-da, iqtisodiy va ekologik nuqtayi nazardan istiqbolli usullar hisoblanadi.
Foydali qazilmalarni skvajina usulida qazib chiqarish, asosan, neft va gaz konlarida, shuningdek, yerosti suvlarini qa- zishda keng qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: |