Kon ishlari asoslari


-rasm. Qulash gumbazi o‘lchamlarini aniqlash sxemasi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə14/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

2.2-rasm. Qulash gumbazi o‘lchamlarini aniqlash sxemasi.

Shu sababli kon bosimining miqdori lahimning qanday chuqurlikda bo‘lishiga bog‘liq emas, degan xulosaga kelish mumkin.


Gorizontal lahimlarda, agar ularning yon devorlari mustah- kam (turg‘un) bo‘lmasa, mustahkamlagichga tushadigan vertikal yuk quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
qv= yhi
Bunda qv— mustahkamlagichga tushadigan vertikal yuk, kN/m2;
  • — jinsning solishtirma og‘irligi, kN/m3; hi— buzilish gumbazi balandligi, m.




h = L:2f
Bunda L - buzilishi gumbazining maksimal kengligi, m; f - M.M. Protodyakonov shkalasi bo‘yicha jins qattiqlik koeffitsiyenti.


L = B - 2htg(45-P)
Bunda B - lahimning kengligi, m.


H - lahimning balandligi, m.
Yuqoridagi ifodalardan ko‘rinib turibdiki, kon lahimlarini barpo etishda qo‘llanadigan usul, mexanizmlar, lahim o‘tish ishlarini tashkil qilish tartibini tanlab olish ko‘p jihatdan lahim o‘tiladigan massiv va uning tarkibidagi jinslarning texnologik hamda fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liq ekan.
Kon lahimlarini barpo etish va ularning ma’lum davr ichida saqlanib turishiga ta’sir etuvchi kon jinslarining asosiy xos- salari: kon massivining turg‘unligi (mustahkamligi), kon jinslarining tirnovchanligi (abrazivlik), qattiqligi, pishiqligi, g‘ovakdorligi, darzdorligi, qayishqoqligi, oquvchanligi va bosh- qalardir.
Ko‘mir va rudalarning massivdan ajratib olingandagi xusu­siyatlariga esa, bo‘lakdorlik, maydalanish, ko‘pchish va jips- lashish kabilar kiradi. Kon massivi va kon jinslarining yuqorida keltirilgan xossalari, birinchi navbatda, kon ishlari texnologiyasi variantlarini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi.


Jinslarning qattiqligi - bu ularni qazib olish jarayonida tashqi kuch ta’sirida buzilishga (maydalanishga) bo‘lgan nisbiy qarshiligidir. Masalan, burg‘ilash, portlatish va kon bosimi ta’sirida buzilishga ko‘rsatadigan qarshiliklari.
Kon jinslarining qattiqlik darajasi professor M.M. Pro­todyakonov tomonidan tavsiya etilgan o‘lchamsiz koef- fitsiyent orqali aniqlanadi va bu koeffitsiyent 1 dan 20 gacha o‘zgaradi.


Tirnovchanlik - bu kon jinslarini qazib olish va ularni yuklash jarayonlarida kon mashinalari detallarining jinslarga ishqalanish natijasida yemirilishiga ta’sir etish xususiyatidir.
Kon jinslari va foydali qazilmalar tirnovchanlik xususiyat- lariga ko‘ra 5 kategoriyaga ajratiladi: a) tirnovchanlik xususiyati yo‘q jinslar (tuz, marganes rudalari, ko‘mir); b) kam tirnay- digan jinslar (sulfid rudalari, qo‘ng‘ir temirtoshlar); d) o‘rtacha tirnovchan jinslar (kvars-sulfid rudalar va yertomir rudalar);

  1. tirnovchan jinslar (kvarslangan rudalar va slaneslar);


  2. yuqori tirnovchi jinslar (porfiritlar, dioritlar, granitlar).


Odatda, qattiqlik koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan jinslarning


tirnovchanlik darajasi ham yuqori bo‘lishi konchilik amaliyo- tida o‘z tasdig‘ini topgan.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin