Kon ishlari asoslari


-rasm. O‘yma tipidagi shpurlarning joylashish sxemasi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə22/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

2.10-rasm. O‘yma tipidagi shpurlarning joylashish sxemasi:

a — to‘g‘ri aylanasimon; b — prizmasimon; d — tik ponasimon; e — gorizontal pastki; f — qo‘shaloq ponasimon; g — zaryadlanmagan o‘zdirma skvajinali prizmasimon.

Shpurlar burg‘ilangandan so‘ng tasdiqlangan portlatish ishlari pasporti bo‘yicha ularni zaryadlashga kirishiladi. Shu bilan bir qatorda mustahkamlagichning holati, shamollatish vositalarining ishonchliligi, inert changi va tiqin materialining mavjudligi tekshiriladi.


Portlatish natijasida ma’lum hajmdagi massiv parchalanib, parchalangan jinslar yoyilmasi va lahim kavjoyida portlash mahsuli (zaharli gazlar) hosil bo‘ladi. Shu sababli shpurlar portlatilganidan so‘ng o‘tilayotgan lahim kavjoyini shamollatish zarurati tug‘iladi. Ishchilarning lahim kavjoyiga kirishiga faqat shamollatish tugagandan so‘nggina ruxsat beriladi. Lahimlarni o‘tish davrida shamollatish mahalliy (местный) shamollatish ventilyatorlari yordamida yoki umumshaxta shamollatish havo oqimi bilan bajarilishi mumkin.
Umumshaxta havo oqimi orqali lahim kavjoylarini shamol­latish faqat bir-biriga yaqin qo‘shaloq lahimlarni, masalan, shtrek va prosekni o‘tishda yoki qisqa lahimlarni o‘tishda qo‘llaniladi. Bunda havo oqimi kavjoylarga to‘siqlar, shamol­latish eshiklari va boshqa vositalar yordamida yo‘naltiriladi. Boshi berk uzun lahimlar kavjoylarini lahim og‘ziga yaqin o‘rnatilgan mahalliy shamollatish ventilyatorlari yordamida shamollatiladi. Bunda puflama, so‘rma va aralash shamollatish usullaridan foydalaniladi (2.11-rasm).

Puflama va so‘rma shamollatish usullari uzunligi 200—300 m bo‘lgan lahimlarni shamollatish uchun qo‘llaniladi. Agar lahim juda uzun bo‘lsa, uni shamollatish uchun aralash usuldan foydalaniladi. Bunda bitta ventilyator havoni kavjoyga puflab bersa, ikkinchisi ishlatilgan havoni so‘rib, tegishli shamollatish lahimiga chiqarib yuboradi.







Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin