Gorizontal va qiya lahimlarni o‘tish
Gorizontal va qiya kon lahimlari qattiq, yumshoq, bir tarkibli va ko‘p tarkibli jinslar yoki foydali qazilma yotqiziqlari orasidan o‘tilishi mumkin.
Qattiq va o‘rtacha qattiqlikka ega bo‘lgan kon massividan lahim o‘tish texnologiyasi burg‘ilab-portlatish usulini qo‘llashga asoslangan bo‘ladi. Kon lahimlarini burg‘ilab-portlatish usulida o‘tish quyidagi alohida jarayonlarni ketma-ket yoki ularning ayrimlarini parallel bajarish asosida amalga oshiriladi: shpur va skvajinalarni burg‘ilash: ularni portlovchi moddalar bilan zaryadlash va portlatish; lahim kavjoyini shamollatish; kon massasini transport vositasiga yuklash va tashish; vaqtincha mustahkamlagichlar qo‘yish; doimiy mustahkamlagichlarni o‘rnatish va yordamchi ishlarni bajarish.
Kon lahimlarini burg‘ilab-portlatish usulida o‘tishda shpur va skvajinalarni burg‘ilash juda ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon hisoblanadi va lahim o‘tish sikli davomiyligining 25—35% ini tashkil qiladi.
Gorizontal kon lahimlarini o‘tishda shpurlarni burg‘ilash BUE 1, BUE 1M, BKG 2, BUE ZT, elektr yuritgichli va BU
BU 1M, BUR 2, 1SBU 2 pnevmo yuritgichli burg‘ilash qurilmalari yordamida bajariladi. Ushbu burg‘ilash qurilmalari gorizontal va qiyaligi 10° gacha bo‘lgan lahimlarni qattiqlik koeffitsiyenti 16 dan kam bo‘lgan jins foydali qazilma yotqizig‘i orasidan o‘tishda qo‘llaniladi.
Kon lahimlari o‘tishda portlatish ishlarining samaradorligi, asosan, shpurlarning kavjoyda joylashishiga bog‘liq bo‘ladi.
Shpurlarning kavjoyda joylashish sxemasi jinslarning qattiq- ligi, tarkibi, lahimlarning ko‘ndalang kesim yuzasi, shakli va boshqa omillarni hisobga olgan holda tanlab olinadi. Kon lahimlarini o‘tishda kavjoyda burg‘ilanadigan shpurlar o‘yuvchi
o‘yma hosil qiluvchi, buzuvchi (parchalovchi) va chega- ralovchi turlarga bo‘linadi.
O‘ymaning shakli shpurlarni kavjoyda joylash sxemasini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shaxta va rudniklarda prizmasimon va ponasimon shakldagi o‘ymalardan keng foydalaniladi. Ayrim hollarda esa, zaryadlan- maydigan skvajinali prizmasimon va boshqa shakldagi o‘ymalar ham lahim o‘tishda qo‘llaniladi.
Qattiqlik koeffitsiyenti 7 gacha bo‘lgan jinslarda zaryad- langan shpurlar orasidagi masofa 0,3 m dan 7 m gacha bo‘lsa, qatorlar orasidagi masofa 0,45 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Chegaralovchi shpurlar orasidagi masofa 0,6—0,8 m bo‘lib, ular lahim chekkalaridan 10—30 sm masofada burg‘ilanadi (2.10-rasm).
Dostları ilə paylaş: |