Kon ishlari asoslari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə29/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Rs = Qf : Qr,


bunda Qf — rudaga aralashgan foydasiz kon jinsi miq- dori, t;

Qr — qazib olingan ruda massasi, t.



Rudaning metall bo‘yicha sifatsizlanishi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

Rm = (p-q):p,

bunda p — balans zaxira tarkibidagi metall miqdori, g/t yoki
0, .


'00

q — qazib olingan ruda massasidagi metall miqdori, g/t

ki 0/00

Ruda yo‘qotilishi va uning sifatsizlanishi konchilik kor- xonalarining hisobot ko‘rsatkichi hisoblanadi va bu korsat- kichlarning katta bo‘lishi rudnikka salbiy iqtisodiy ta’sir etadi. Chunki ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishi — bu metall yo‘qo- tilishi va rudani qayta ishlash xarajatlarining ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olish va rudani qayta ishlaydigan korxonalarda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishi darajasini pasaytirish ularning samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biridir.


  1. Ruda konlarini ochish va tayyorlash


Ruda konlari yotqiziqlarining katta qismi gorizontga nisba- tan o‘ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig‘iga joylashgan bo‘ladi. Bu konlar yuqoridan pastga yo‘nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo‘linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60—80 metrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa, 20—30 m, hatto 300 metrgacha bo‘lishi mumkin. Ruda yotqizig‘i cho‘ziqligi bo‘yicha qavatlar uzunligi 50—60 m bo‘lgan bloklarga ajratiladi. Blok yon chegaralari bo‘ylab tashish va shamollatish gorizontlarini tutashtiruvchi ko‘tarilmalar (BOccTaromnft) o‘tiladi. Har bir blok ruda qazib olinadigan mustaqil qazish birligi hisoblanadi. Gorizontal yotqiziqlar shtreklar orqali pollar (panellar)ga bo‘linadi.

Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobig‘ida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko‘ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o‘tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo‘llaniladi (3.1- va 3.2-rasmlar). Bosh stvol, odatda, ruda tanasi yotish yoni tomonida, yer yuzining surilishi mumkin bo‘lgan zonasidan tashqarida joylashtiriladi. Stvolni bunday joylashtirish uni saqlashga qoldiriladigan ruda seliklari bo‘lmasligi sababli ruda yo‘qotilishini kamaytirishni ta’min- laydi.





Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin