Kon ishlari asoslari


-rasm. Shtrekni keng kavjoyli usulda o‘tish sxemasi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə27/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

2.12-rasm. Shtrekni keng kavjoyli usulda o‘tish sxemasi.

1 — shtrek; 2 — toshdevor; 3 — raskoska.

Shtreklarni keng kavjoyli usulda o‘tishning qator avzalliklari mavjud:



  • yo‘l-yo‘lakay foydali qazilma qazib olish hajmining kat- taligi;


  • lahimdan qazib olingan jinslarni shaxta ichida qoldirilishi natijasida tashish va ag‘darmalarga joylashtirish xarajatlarining yo‘qligi hamda ekologik sharoitiga ta’sir etmasligi.


Shu bilan birga, bu usulning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor:


  • lahim o‘tish tezligining kichikligi;


  • ishlarni tashkil qilishning murakkabligi va jinslarni bo‘shliqqa joylashtirish uchun katta mehnat talab qilinishi.




  1. Kon lahimlarini o‘tish texnologik pasporti

Lahim o‘tish texnologik pasporti texnikaviy hujjat bo‘lib, grafik va tushuntirish xatlaridan tashkil topadi. Texnologik pasportda uskunalarning joylashish sxemasi, lahimni mustah- kamlash pasporti, burg‘ilab-portlatish ishlari pasporti (agar kon massivini portlatish orqali parchalash zarur bo‘lganda), lahim kavjoyini shamollatish sxemasi, lahim o‘tish jarayonlarini tashkil qilish grafigi kabi texnikaviy hujjatlar keltiriladi.


Mustahkamlash pasporti mustahkamlagich konstruksiyasi, uning elementlari va kon lahimi o‘lchamlari, mustahkamlash materiallariga bo‘lgan talab va ehtiyoj kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Burg‘ilab-portlatish ishlari pasporti shpurlar soni va chuqur- ligini ko‘rsatgan holda ularning kavjoyda joylashish sxemasi, shpurga joylashtiriladigan portlovchi modda zaryadining miq- dori, shpurlarni portlatish navbati, portlovchi modda va port­latish vositalarining rusumlari (tipi), ularni 1 m lahim o‘tish- da sarflanishi kerak bo‘lgan me’yori, shpurlardan foydalanish koeffitsiyenti, kavjoyni bir siklda surilish masofasi va boshqa ko‘rsatkichlar yig‘indisi ko‘rinishida bo‘ladi.
Lahim o‘tish texnolgik pasportining asosiy qismlaridan biri

  • bu lahim o‘tish jarayonlarini tashkil qilish grafigidir. Bu grafikda lahim o‘tish jarayonlarining nomlari, bajarilish tartibi va ularga ajratilgan vaqt aks ettirilgan planogramma, ishchi- larning ishga chiqish grafigi va lahim o‘tish siklining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltiriladi. Planogramma lahim o‘tish siklida alohida jarayonlarni bajarish tartibi (ketma-ket


yoki parallel) har bir jarayonning bajarilish vaqti ko‘rsatilgan grafik shaklida bo‘ladi (2.13-rasm).





Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin