Kon ishlari asoslari


-rasm. Monolit beton mustahkamlagichi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə19/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

2.7-rasm. Monolit beton mustahkamlagichi.

yig‘ma temir-beton mustahkamlagichlardan keng foyda- laniladi.


Yig‘ma temir-beton mustahkamlagichlarning elementlari zavodlarda tayyorlanib, kon lahimlariga keltiriladi va bu yerda yig‘ib, lahim mustahkamlanadi. Yig‘ma temir-beton mustah­kamlagichlarning ishlash muddati uzoq va ular kon bosimi mo‘tadillashgan kapital kon lahimlarini mustahkamlashda qo‘llaniladi.
2.8-rasmda konchilik korxonalarida keng qo‘llanadigan trapetsiyasimon va arkasimon shakldagi temir-beton mustah­kamlagichlar ko‘rsatilgan.



2.8-rasm. Yig‘ma temir-beton mustahkamlagich:

a — trapetsiyasimon; b — sidirg‘asiga tyubinglardan yasalgan arkasimon.

Konlami yerosti usulida qazib oluvchi korxonalar ama- liyotda monolit beton mustahkamlagichlarining yana bir turidan foydalanadilar.


Mustahkamlagichning bu turi sepma beton mustahkam- lagichi deb yuritiladi.
Bu mustahkamlagich foydali qazilmani qazish zonasidan tashqarida joylashgan kapital va kon-tayyorlov lahimlarini mustahkamlashda qo‘llanadi. Lahimlar darzdorlik darajasi kichik bo‘lgan pishiq jinslardan o‘tilgan bo‘lishi kerak. Lahim o‘tilgandan so‘ng uning yon devorlari va shifti bo‘ylab, maxsus mashinalar yordamida beton qorishmasi sepiladi.
Uning qalinligi 50—300 mm bo‘lishi mumkin (to‘ldirgich materiallari bo‘laklarining o‘lchami 25 mm dan oshmasligi shart). Beton aralashmasini tayyorlashda yuqori rusumli (400 dan kam bo‘lmagan) sement, beton qotishini tezlashtiruvchi material sifatida xlorli kalsiy, suyuq oyna va boshqa material- lardan foydalaniladi.
Ankerli mustahkamlagich turli usullar orqali shpurga (skvajinaga) o‘rnatiladigan sterjen (anker) bo‘lib, lahim shifti va yon tomonlaridagi bo‘shoq (darzdor) jins qatlamlarini buzilishdan yoki deformatsiyalanishidan saqlaydi.

Ankerning diametri 20 mm va uzunligi 0,6 metrdan 3 metrgacha bo‘ladi.



a





Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin