Kon ishlari asoslari


BOB KONCHILIK SANOATI KOMPLEKSINING ASOSIY ELEMENTLARI 1.1. Konchilik sanoati va konchilik korxonalari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə3/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

BOB


KONCHILIK SANOATI KOMPLEKSINING ASOSIY ELEMENTLARI 1.1. Konchilik sanoati va konchilik korxonalari
Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada beradi- gan, organik yoki anorganik kelib chiqishga ega bo‘lgan tabiiy minerallar foydali qazilma hisoblanadi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni Yer qobig‘idan chiqarib olish tushu- niladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon ko‘rinishlarda uchraydi.
Foydali qazilmalarni qazib olishning yerosti, ochiq, geotex- nologik, skvajina va aralash usullari mavjud bo‘lib, ularni qazib olish konchilik korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Konchilik korxonasi konlarni izlab topish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaradi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqa- ruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi.
Shaxta — foydali qazilmalarni (asosan, ko‘mirni) yerosti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Rudnik — asosan, metall rudalari, kon-kimyoviy xomashyo va qurilish materiallarini yerosti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Karyer — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqa- ruvchi konchilik korxonasi.
Razrez — ko‘mir qazuvchi karyer.
Priysk — qimmatbaho metallarga ega bo‘lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
Promisel — suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli).
Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish bilan bog‘liq barcha ishlar majmuyi konni qazib chiqarish deyiladi.
Bu ishlar kon qazib chiqarishning bo'g'inlari hisoblanadi. Masalan, dastlab konni ochish, so'ng uning bir qismini qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlari birin-ketin bajariladi.

Konlarni yerosti usulida qazib chiqarish uchun yerosti kon lahimlari to'rini barpo etish zarur (1.1-rasm).







Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin