Kon ishlari asoslari


-rasm. Qazish bo‘shlig‘ini to‘ldirib, ruda yotqizig‘ini gorizontal qatlamlarga ajratib qazish tizimi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə39/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

3.12-rasm. Qazish bo‘shlig‘ini to‘ldirib, ruda yotqizig‘ini gorizontal qatlamlarga ajratib qazish tizimi:

1tashish shtreki; 2 — ko‘tarilmaning yurish bo‘lmasi; 3 — to‘ldirma materiallarini bo‘shliqqa joylashtirish bo‘lmasi; 4 — skreper; 5 — skreper chig‘iri;

6 — ko‘tarilmaning ruda tushirish bo‘lmasi; 7 — yopqich; 8 — to‘ldirma massivi;

9 — shamollatish shtreki.
bo‘shlig‘ining yon tomonlarining saqlanishini ta’minlaydi, uning sathi esa uskunalar va ishchilar uchun platforma vazi- fasini o‘taydi.

Blokning ko‘tarilish yo‘nalishida gorizontal qatlamlarga ajratib qazib olish tizimining o‘lchamlari: qavat balandligi 35—40 m dan 50—70 m gacha; qatlam balandligi 2—3 m; ruda yotqizig‘ini cho‘ziqlik bo‘yicha qazib olishda blokning uzunligi 30—60 m, mustahkam va o‘rtacha mustahkam jinslarda esa, 100—150 m bo‘lishi mumkin.

Ruda yotqizig‘i juda qalin bo‘lsa, blok cho‘ziqlikka tik yo‘nalishda qazib olinadi. Bunda kameraning kengligi 6 m dan 10—12 m gacha, selikning kengligi esa, 5 m dan 10 m gacha bo‘lishi mumkin. Seliklar ikkinchi bosqichda, ya’ni blokdagi ruda qazib olingandan so‘ng qazib olinadi. Agar to‘ldirma sifatida tez qotib mustahkamlanadigan materiallar qo‘llanilsa, u holda blokni selik qoldirmasdan qazib olinadi.

Rudani massivdan burg‘ilab-portlatish usulida ajratib olinadi. Massivdan ajratib olingan rudani yuklash va tashish gorizontiga yetkazib berish jarayonlarida burg‘ilash aravachasi, o‘ziyurar yuklab-tashish uskunalaridan foydalaniladi. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat unumdorligi yuqori (60—80 t/smena), ruda yo‘qotilishi kam (5% gacha) va qazib olingan ruda massasining sifatsizlanishi kichik (3 dan 10% gacha) bo‘lishini ta’minlaydi.

Ruda konlarini yerosti usulida qazib chiqarishda qazilgan bo‘shliqni tez qotib mustahkamlanadigan to‘ldirmali blokni yuqoridan pastga yo‘nalishda qazib olish deb ataluvchi, qazilgan bo‘shliqni sun’iy saqlash sinfiga mansub qazish tizimi ham qo‘llaniladi.

Bu tizim ruda va atrof kon jinslari turg‘un yoki noturg‘un, o‘z-o‘zidan yonish va jipslashish xususiyatlariga, shuningdek, turli qalinlik va og‘ish burchagiga ega bo‘lgan, qimmatbaho ruda konlarini qazib chiqarishda qo‘llaniladi. Bunda bloklar yuqoridan pastga yo‘nalishda kichik qiyalikka ega bo‘lgan qatlamlar bo‘yicha, qazilgan bo‘shliqni tez qotib mustah­kamlanadigan to‘ldirma bilan to‘ldirib qazib olinadi. Ruda massividan qatlamlarni to‘ldirma massividan hosil bo‘lgan yaxlit sun’iy shift ostida kirmalar (zaxodkalar) orqali qazib olinadi.

Tizimning o‘lchamlari qazib olinayotgan ruda tanasining shakli va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib, bloklarni qazishga tayyorlashda blok chekkalari va o‘rtasidan ko‘tarilmalar o‘tiladi, ko‘tarilmalardan har bir qatlam uchun markaziy va chekka ortlar o‘tiladi. Chekka ortlardan 4—12° nishablikda markaziy ortgacha qazish kirmalari o‘tiladi. Kirmalarning uzunligi, odatda, 20 m, balandligi 2—3 m, kengligi esa, 4—7 m bo‘lishi mumkin. Kirmalarni qazib olish navbati tez qotib mustah­kamlanadigan to‘ldirmaning qotish vaqti bo‘yicha belgilanadi.

Kirma o‘tishda ruda massivdan shpurlar orqali ajratib olinadi. Ajratib olingan ruda skreperlar yoki yengil o‘ziyurar yuk tashish vositalarida tashish gorizontiga yetkazib beriladi.

To‘ldirma aralashmasi quvurlar orqali markaziy ortga tushi- riladi va to‘siq ustidan kirmaga yuboriladi. Kirma qiya bo‘l- ganligi sababli to‘ldirma aralashmasi qazishdan hosil bo‘lgan bo‘shliqqa oqib, uni sekin-asta to‘ldirib boradi.

Bu tizim qo‘llanilganda blokning oylik unumdorligi


  1. 8 dan 1,5 ming tonnagacha (rudani skreper bilan tashish lahimga yetkazib berilganda) va 3 dan 5 tonnagacha (o‘ziyurar uskunalar bilan yetkazib berilganda) bo‘lishi mumkin. Kavjoy ishchisining mehnat unumdorligi 5—10 dan 20—30 tonna/kishi smenani tashkil qiladi.


Ushbu qazish tizimi orqali rudani qazib chiqarilganda ruda tannarxi boshqa tizimlardagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shu sababli blokni yuqoridan pastga yo‘nalishda qiyaroq qatlam­larga ajratib, qazilgan bo‘shliqni to‘ldirib qazib olish tizimi boshqa tizimlar qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan konlarni qazib chiqarishda qo‘llaniladi.



  1. Yüklə 1,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin