Dunyo yoqilg‘i-energetika balansining holati va O‘zbekiston ko‘mir konlari to‘g‘risida ma’lumotlar
Energiya bilan ta’minlanish muammosi doimo insoniyat- ning nazarida bo‘lib, har bir tarixiy davrda uning oziga xos masalalari namoyon bo‘lib kelgan.
XX asr boshlarida dunyo balansida keng miqyosda ko‘mir (65%), o‘tin (16%), o‘simlik va hayvonot chiqindilari (16%) ishlatilgan. Yoqilg‘i balansidagi neftning ulushi atigi 3% ni tashkil qilgan. Tabiiy gaz umuman ishlatilmagan.
XX asrning 30-yillariga kelib energobalansdagi ko‘mirning ulushi kamayib (55%), neftning ulushi ko‘paydi (15%) va yonuvchi gazlardan foydalanila boshlandi (3%).
Keyinchalik (1960—1980-yillar) yoqilg‘i-energetika resurs- laridan foydalanish miqdori oshib borishi natijasida energo- balans strukturasi keskin o‘zgardi.
Oqibatda neft ulushi 1,35 va gazning ulushi 1,56 marta ko‘paydi, qattiq yoqilg‘ining ulushi esa 1,7 marta kamaydi. Bu davrda barcha turdagi yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish 2,4 barobar oshdi va taxminan 10,5 mld. t shartli yoqilg‘ini tashkil qildi.
Keyingi yillarda jahon miqyosida ko‘mirdan foydalanish, umuman, energiyadan foydalanishga nisbatan tezroq o‘sib bor- moqda. 1980-yillarda, umuman, energiyadan foydalanish (1970-yilga nisbatan) 17% ga ko‘paygan bo‘lsa, ko‘mirdan foydalanish 26%ni tashkil qilgan.
Hozirgi vaqtda jahon energobalansidagi ko‘mir va neftning ulushi (qazib chiqarish va ishlatilishi bo‘yicha) bir-biriga tenglashib qolgan (4.1-jadval).
Kelajakda qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, yonuvchi slaneslar, torf) konlarini qazib chiqarishni ko‘paytirib borish ko‘zda tutil- moqda. Chunki ular dunyo miqyosida zaxiralari hajmi bo‘yicha 90% ni, neft va gazniki esa faqat 7% ni tashkil qiladi. Agarda ularning yonish issiqligini hisobga olinadigan bo‘lsa, u holda qattiq yoqilg‘ilar ulushi 74% ni, gaz va neftning ulushi 26% ni tashkil qiladi.