O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org
Yoqilg‘i-energetika
resurslarining
turi
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish va ularning ulushi
2000-yil
2015-yil
mln.tonna shartli yoqilg‘i
%
mln.tonna shartli yoqilg‘i
%
Neft
5000
29,4
5100
27,5
Gaz
2750
16,2
4400
23,8
Ko‘mir
4800
28,2
4500
24,3
Yadro yoqilg‘isi
3000
17,6
3000
16,2
Gidroresurslar
750
4,4
760
4,2
Har xil yoqil- g‘ilar
300
1,8
250
1,35
Yangi turdagi yoqil- g‘ilar (tabiiy issiqlik manbalari)
400
2,4
500
2,7
Jami
17000
100
18500
100
Hozirgi vaqtda yer bag‘rida topilgan ko‘mir basseynlari va konlarining soni 3600 dan ko‘proqni tashkil qiladi. Ulardan yettita basseyn gigant-basseyn hisoblanadi va ularning har birining geologik zaxirasi 500 mlrd. tonnadan ko‘proqni tashkil qiladi.
Ularga quyidagilar kiradi: Lensk, Tungusk, Taymirsk, Konsko-Achinsk, Kuznetsk (Rossiya), Alma-Amazonka (Brazi- liya), Apalchansk (AQSH). To‘rtta basseyn — Nijnereynsko- Vestfalsk (GFR), Donetsk (Ukraina), Pechersk (Rossiya), Illi- noysk (AQSH) basseynlarining zaxiralari 200—500 mlrd. ton- nani tashkil qiladi. 210 ga yaqin basseyn va konlar har birining zaxiralari 0,5—200 mld. tonnani tashkil qiladi. Qolgan barcha ko‘mir basseyn va konlarining zaxiralari 0,5 mlrd. tonnadan oshmaydi.
Hozirgi kunda qit’alar bo‘yicha 600 metrgacha chuqur- likdagi hisoblangan ko‘mir zaxiralari quyidagi jadvalda keltiril- gan (4.2-jadval).
4.2-jadval
Qit’alar
Ko‘mir tiplari (rusumlari)
•Ъй%
s -S3 .!= m eoaxiU geza
O‘rganib chiqilgan zaxiralar
Hammasi
Jumladan,
ishonchliligi
mlrd.t.
%
mlrd.t.
%
mlrd.t.
%
Yevropa
Toshko‘mir
1024
11
435
18
231
24
Qo‘ng‘ir ko‘mir
326
7
144
11
87
28
Jami:
1346
9
579
16
318
23
Osiyo
Toshko‘mir
5933
63
757
32
213
22
Qo‘ng‘ir ko‘mir
2176
44
195
14
106
33
Jami:
8109
57
952
26
319
24
Shimoliy
Amerika
Toshko‘mir
1922
20
796
34
477
47
Qo‘ng‘ir ko‘mir
2238
46
888
66
72
23
Jami:
4160
29
1684
45
549
40
Janubiy
Amerika
Toshko‘mir
81
1
21
1
3
1
Qo‘ng‘ir ko‘mir
10
-
5
-
-
-
Jami:
91
1
26
1
3
0
Afrika
Toshko‘mir
244
3
177
5
66
3
Qo‘ng‘ir ko‘mir
2
-
-
-
-
-
Jami:
246
2
177
3
66
5
Avstraliya
Toshko‘mir
230
2
230
10
42
3
Qo‘ng‘ir ko‘mir
129
3
115
9
68
16
Jami:
359
2
345
9
110
8
Hammasi
Toshko‘mir
9428
100
2356
100
1033
100
Qo‘ng‘ir ko‘mir
4883
100
1348
100
334
100
Jami:
14311
100
3705
100
1367
100
Qit’alar bo‘yicha toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir zaxiralari quyidagicha taqsimlangan: Osiyo — 57%, Amerika — 30%, Yevropada — 9%, Avstraliya va Afrikaning har birida 2%.
O‘zbekiston Respublikasida ko‘mir asosiy energiya manba- laridan biri va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun muhim xomashyo hisoblanadi. Mamlakat hududida joylashgan va katta ko‘mir zaxiralariga ega bo‘lgan ko‘mir konlari kelajakda ko‘mir qazish hajmini yanada ko‘paytirishga imkon yaratadi.
Ko‘mir qazish korxonalarida (shaxta va razrezlar) shaxta maydonini ochish va uni qazishga tayyorlashda turli usullar hamda qazish tizimlari, shuningdek, mexanizatsiya vositala- ridan keng foydalaniladi. Biroq mavjud korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarining texnik darajasi va asosiy texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari MDH mamlakatlarining rivojlangan ko‘mir qazish regionlari ko‘rsatkichlaridan ancha past. Shu sababli ko‘mir qazish ishlarini muttasil takomillashtirib borish zarur.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qator ko‘mir konlari topilgan bo‘lib, o‘rganish ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. Bular jumlasiga Angren qo‘ng‘ir ko‘mir koni, Sharg‘un toshko‘mir koni, Boysun toshko‘mir koni va boshqalar kiradi.
Angren ko‘mir koni Toshkent viloyati Angren daryosi vodiysida joylashgan bo‘lib, uning maydoni 70 km2 ni tashkil qiladi va zaxirasi bo‘yicha eng katta ko‘mir havzasi hisoblanadi. Sharg‘un va Boysun ko‘mir konlari Surxondaryo viloyatining tog‘lik hududlarida joylashgan bo‘lib, geologik va kon-texnik sharoitlari ancha murakkab hisoblanadi. Bu konlar ko‘mirining sifati yuqori bo‘lganligi sababli respublika xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko‘mir konlarining zaxiralari mamlakat xalq xo‘jaligini rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi va ularning miqdori 4.3-jadvalda keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan ko‘mir konlaridan tashqari, O‘zbekiston bilan Turkmaniston chegaralarida joylashgan Kogurtong ko‘mir koni ham katta ahamiyatga egadir.
Bu kon Termiz shahridan 110 km shimolda va «Bozir» temir yo‘l stansiyasidan 50 km masofada jovlashgan.
1940-1957-yillarda ushbu konning yer yuziga yaqin joylashgan qismi mahalliy sanoat shaxtalari tomonidan qazib olingan bo‘lib, hozirgi vaqtda konservatsiya qilingan.
Konning geologik va gidrogeologik sharoitlari, ko‘mirning sifati yaxshi bo‘lganligi uning kelgusida ishlatish samara- dorligini ta’minlaydi. Respublika hududida yangi ko‘mir konlarini izlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda.
4.3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir konlarining zaxiralari